Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:46

YUNЕSKO: O‘zbekiston Chotqol va Ugom daryolari o‘zanini vayron qilgan


Ugom daryosi. “Chegarasiz daryolar” fondi saytidan olingan surat.
Ugom daryosi. “Chegarasiz daryolar” fondi saytidan olingan surat.

YUNЕSKO O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning G‘arbiy Tyan-Shan tabiiy hududini o‘zlashtirishni boshlashga doir rejalaridan xavotirda ekanini bildirdi. YUNЕSKO missiyasi va Xalqaro tabiatni qo‘riqlash ittifoqi (XTQI)ning ushbu mamlakatlarga tashrifi yakunlari bo‘yicha “Chegarasiz daryolar” fondi e’lon qilgan xabarnomada shu haqda so‘z boradi.

Fond ma’lumotiga ko‘ra, missiya bu uch mamlakat rejalariga javoban hamda “G‘arbiy Tyan Shan” Jahon tabiiy merosi transchegaraviy obyektining joriy holatini aniqlashtirish maqsadida tashkil qilingan.

Xabarnomada aytilishicha, Qirg‘izistonning Chotqol tumanida noqonuniy tarzda oltin qazib olinmoqda, Chotqol daryosida esa GES qurib daryo qayirini suvga bostirish hamda suv ombori yoqalab Talas – Chotqol – Toshkent tranzit avtoyo‘lini qurish rejalanmoqda.

Шоввозсойни фош қилган фаол АҚШда бошпана изламоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:23 0:00

Qozog‘istonda hukumat Ugom daryosida qurilajak GES kaskadi hamda suv omborlari loyihasini taqdimot qilgan, bunda daryo oqimining bir qismi 210 kilometrli quvurga burilib, Turkiston viloyatining boshqa hududlariga yo‘llanadi. “Chegarasiz daryolar” fondi direktori Aleksandr Kolotov “To‘g‘onlar kaskadi va suv omborlari massivini yaratish bilan daryo ekotizimini yo‘q qilish va oqimning bir qismini qaytarilmaydigan qilib tortib olishdan ham yomonroq nima bor?” deya savol qo‘ygan.

“O‘zbekistonda Jahon merosi hududidan oqib chiquvchi ikkala daryo, ya’ni Chotqol va Ugom allaqachon to‘g‘onlar bilan to‘sib qo‘yilgan. “Chegarasiz daryolar” JF ekspertlari buldozer va ekskavatorlar Ugom daryosini sun’iy kanalga qamab va unga betondan ko‘ylak kiydirib, o‘zanni vayron qilayotganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi. Jami quvvati 5 megavattga ham bormaydigan uchta kichik GES qurish uchun bo‘layotgan bu vahshiyliklar natijasida yaqin-yaqinlargacha ushbu tog‘ daryosida yashab kelgan noyob baliqlar qirilib ketishi mumkin”, deyiladi fond xabarnomasida.

Xabarnomada “Chegarasiz daryolar” fondi bosh mutaxassisi Yevgeniy Simonovning “Jahon merosi obyektlaridan quyi oqimda to‘g‘onlar qurish loyihalari YUNЕSKO bilan kelishilgan holda baholanishi lozim edi, biroq Chotqol va Ugomdagi biron bir loyihada ushbu qoidaga rioya qilinganiga gumonim bor”, degan so‘zlari keltirilgan.

Мирзиëев Шоввозсойнинг “мартабали меҳмон”лар учун қурилганини тан олди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:55 0:00

YUNЕSKO ma’lumotiga ko‘ra, G‘arbiy Tyan-Shan transchegaraviy obyekt bo‘lib, dunyoning yetti eng yirik tog‘ tizmalaridan biri bo‘lmish Tyan-Shan tog‘lar tizimining bir qismidir. U 2016-yildan beri YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatida turadi. Hudud qator mevali daraxtlar vatani bo‘lgani, o‘rmon turlarining xilma-xilligi hamda nodir nabotot olami bilan dunyo darajasida ahamiyatga ega.

XS
SM
MD
LG