Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:55

"Yo quyosh energiyasiga o‘tish kerak yoki tappiga”. Energetik bo‘hron yana bo‘y ko‘rsatdi


O‘zbekiston qishloqlari aholisi qishda gaz va elektrning davlat tomonidan yetkazib berilishidan ko‘ra, tezak terish ishonchliroq, deb biladi.
O‘zbekiston qishloqlari aholisi qishda gaz va elektrning davlat tomonidan yetkazib berilishidan ko‘ra, tezak terish ishonchliroq, deb biladi.

O‘tgan 2 yil davomida qishda kuzatilgan kuchli energetik bo‘hron bu yil ham davom etishi mumkin.

Joylardan olingan ma’lumotga ko‘ra, prezident saylovi arafasida yaxshilangan elektr energiyasi ta’minotida yana uzilishlar ko‘paygan.

Taxminan 1 trillion kubometr tabiiy gaz zaxiralariga ega bo‘lgan O‘zbekistonda aholi qishga ko‘mir, o‘tin va tappi g‘amlash bilan ovora.

Ozodlik mamlakatning turli xududlarida yashovchi aholi bilan bog‘lanib, qishga tayyorgarlik masalasini o‘rgandi.

“Saylovdan keyin chiroq o‘chishi boshlandi”

Surxondaryoning Angor tumanida yashovchi 32 yashar Diloromga ko‘ra, prezident saylovi o‘tgach, tumanda yana svet o‘chishi boshlangan:

“Saylovdan oldin svet yaxshi edi. Hozir svet 1 kunda atigi 10- 12 soat beriladi xolos. Bugun ertalab soat 7da o‘chgandi, soat 10da yondi. Tushdan keyin soat 2da yana o‘chdi, hozir soat 6 bo‘lyapti, haliyam yongani yo‘q. Gaz umuman yo‘q. Uylarni g‘o‘zapoya bilan isityapmiz. Bog‘dagi qurigan daraxtlarni kesib o‘tin qilganmiz. Hali bu yilga o‘tin sotib olmadik. Bir mashina g‘o‘zapoya 1, 5 million so‘m. Hozircha olishga pul yo‘q. Boshida bir mashinasi 1 million edi, ishqilib yana qimmatlamasin. Ko‘mir olishga pulimiz yo‘q”.

“Ko‘mir qimmat bo‘lgani uchun faqat o‘tin ishlatamiz”

Xorazmlik 44 yashar Anvar esa elektrda muammo yo‘qligini, biroq o‘tin va ko‘mir narxi qimmatligini aytadi:

Xorazmda uyni isitish uchun ishlatiladigan pechka.
Xorazmda uyni isitish uchun ishlatiladigan pechka.

“Xorazmda sovuq oktabrning o‘rtalarida boshlandi. Shundan beri uylarni isitish uchun o‘tin yoqamiz. Svet hozir avvalgiday o‘chmaydi. Lekin o‘tin muammo. Gaz umuman yo‘q. Bir oyga uyni isitish uchun oyiga 200 ming so‘m ketadi. Uyda 3 kishi yashaymiz, faqat 1ta uyni isitamiz. Ko‘mir qimmat bo‘lgani uchun olmayman. Ko‘mirni bir kilosi 1350 so‘m. Qishdan chiqish uchun 3-4 tonna ko‘mir kerak. O‘tinni bir mashinasi 1, 5 milllion so‘m. O‘tinni ham tejab ishlatamiz, svetni ham ko‘p pul chiqib ketmasin deb, tejab ishlatamiz”.

“Tappi ishlab chiqarishni rivojlantirish kerak”

Farg‘onalik bloger va pechka sotuvchi Dima Qayum sovuq tushishi bilan pechka bozori ham jonlanganini aytadi.

Farg‘onalik bloger Dima Qayum
Farg‘onalik bloger Dima Qayum

“Bu yil nafaqat temir pechkalar, balki elektr bilan ishlaydigan pechkalarning ham bozori chaqqon. Elektrda uzilishlar avvalgiga qaraganda kamroq bo‘layotgani uchun elektr pechkalarning xaridi yaxshi. Tabiiy gaz yo‘q, odamlar gaz balloni ishlatyapti. Shunday xonadonlar albatta pechka olyapti. “Daraxt kesish mumkinmas” deganiga o‘tinning narxi qimmat. Bitta “motorola muravey”ga ortilgan o‘tinning narxi 400-500 ming so‘m. 2-3 bolali bir oilaning qishdan chiqish harajati 500-600 dollarga tushadi. Bu mablag‘ uyni isitishning 3 oylik qishdagi harajati".

Dima Qayumning aytishicha, arzon ko‘mir 310 so‘mdan, ammo uni ishlatmagan ma’qul.

"Sifatli ko‘mir 1200 so‘mdan 1500 so‘mgacha. Men pechkani yaxshi tushunganim uchun aytishim mumkinki, arzon ko‘mir sifatsiz va u is gazining haqiqiy “enasi” desam ham bo‘ladi. Shuning uchun sifatsiz ko‘mir ishlatmagan ma’qul. Bizga sifatli ko‘mir Angrendan keladi. Lekin hozir import ko‘mir ham kelyapti. Eng qizig‘i, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan kelayotgan import ko‘mir mahalliy ko‘mirdan ham arzon sotilyapti. Masalan, qozoq ko‘mirining bir kilosi 1000 so‘m, Angrenniki 1200 so‘m. Lekin mahalliy ko‘mir sifatliroq”.

Ayni paytda Dima Qayum tappi ishlab chiqarishni ham rivojlantirishni taklif qiladi:

“Tappi ota-bobomiz qilib kelgan narsa, bundan uyalmaslik kerak. Endi shu sohani ham innovatsion texnologiyalar qilib, rivojlantirish kerak. Boshqa iloj yo‘q. Ko‘mir tugaydi, o‘tin tugaydi. Lekin bio yoqilg‘i- tappi tugamaydi. Yoki quyosh energiyasiga o‘tish kerak yoki tappiga”.

“Ижара уйимиз илонхона”. Қашқадарёлик ёлғиз она ва ёлғиз бола ҳикояси
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:34 0:00

Energetika vazirligi: Elektr kamroq o‘chyapti

15 - noyabr kuni Energetika vazirligining Ozodlik bog‘langan mulozimi “Mirziyoyevning Yangi O‘zbekistonidagi energetik vaziyat Karimov davriga nisbatan yaxshilanganini” ta’kidladi.

Mulozim so‘zlariga isbot sifatidagi faktlarni vazirlik saytidagi maxsus maqoladan topishimizni ta’kidladi.

12 - noyabr kuni vazirlik saytida chop qilingan o‘sha maqolada oxirgi besh yil va Karimov davri taqqoslangan:

  • "1991-2016 - yillarda yoki 25 yil ichida respublika bo‘yicha 9 300 km elektr uzatish tarmoqlari va 4 800 ta transformatorlar yangilangan.
  • 2017-2021 - yillar davomida (oxirgi besh yilda) 40 600 km bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari va 12 900 ta transformatorlar yangilanmoqda. 4 600 MVtdan ziyod yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda”.

Ayni paytda maqolada Karimov davridagi elektr taqchilligi Yangi O‘zbekistonda ham kuzatilayotgani tan olingan:

“Haqiqatan ham elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar hali ham uchrab turibdi. Biroq ko‘p hollarda, bu 10 daqiqadan 2 soatgacha bo‘lgan qisqa muddatli uzilishlarni tashkil qiladi”.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mulozimi vazirlikning bu ma’lumotini “bekor gap” deb atadi.

Mulozim mamlakatdagi energetik bo‘hron bo‘yicha federatsiya maxsus hisobot tayyorlayotgani, yaqin kunlarda u matbuotda e’lon qilinishini aytdi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, federatsiyaga joriy yilning to‘qqiz oyida aholidan jami 8 686 ta murojaat kelgan bo‘lib, ularning 1188 tasi (13,7%) gaz ta’minoti, 915 tasi (10,5%) elektr ta’minoti, 437 tasi (5 %) suv ta’minoti bo‘yicha shikoyatlarni tashkil qiladi.

Ayni paytda Sizdan Telegram loyihasiga kelayotgan xabarlarda ham mamlakatdagi energetik bo‘hron manzarasini ko‘rish mumkin:

Tarmoqlar Norboyevani 5 yil oldingi zulmatga "qaytardi"

O‘zbekiston energotizimi jiddiy islohotlarga muhtoj ekani tan olindi, sohaga jiddiy investitsiyalar kiritilgani aytildi. Vaziyatni o‘nglash va’da qilindi. Biroq vaziyat hanuz o‘nglanmagani O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyevaning elektr bilan bog‘liq munozarali chiqishidan so‘ng yanayam oydinlashdi.

Norboyevaning "svet o‘chishi tarixda qolgani" to‘g‘risidagi so‘zlaridan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonliklar elektr energiyasi bilan bog‘liq haqiqiy manzarani ijtimoiy tarmoqlarga olib chiqishdi. Ular o‘zlarining elektr energiyasisiz, zulmatda o‘tirgan surat va videolarini tarmoqlarga joyladilar.

Poytaxt Toshkent doxil yirik shaharlar va qishloq joylarida elektr tarmog‘idagi uzilishlardan aziyat chekayotgan oddiy fuqarolar Senat raisini xalqning turmushidan bexabarlik va "yolg‘onchilik"da ayblashdi.

O‘tgan qishdagi vaziyat

Taxminan 1 trillion kubometr tabiiy gaz zaxiralariga ega bo‘lgan O‘zbekiston o‘z fuqarolarini gaz bilan ta’minlashda muammoga duch kelmasligi kerak.

Ammo o‘tgan yilgi qishda ko‘plab odamlar, jumladan, poytaxt Toshkentdagi mahallalar turg‘unlari gaz ta’minotidan vaqtincha uzib qo‘yildi.

Bir necha shaharda gaz ta’minotidagi uzilishlardan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Dekabr oyi o‘rtalarida prezident Shavkat Mirziyoyev gaz eksportini to‘xtatishni buyurdi.

O‘zbekiston bu qish gaz muammosini bartaraf etish maqsadida import qilinadigan gaz tariflarni ozaytirdi hamda qo‘shni Turkmaniston bilan ko‘proq gaz sotib olish uchun yangi shartnoma imzoladi.

O‘tgan qishda amaldorlar elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi uzilishlar davomida ko‘rgan yagona chora gaz ballonlari, o‘tin va ko‘mir miqdorini ko‘paytirishdan iborat bo‘ldi.

O‘zbekiston Hisob palatasining 2022 - yil uchun davlat byudjeti yuzasidan bergan xulosalariga ko‘ra, elektr energiyasi va tabiiy gazni ichki iste’molchilarga sotish narxi oshishi mumkin.

XS
SM
MD
LG