Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 22:35

Yevropa Ittifoqi Ukraina mojarosi va qochqinlardan "charchadi"mi?


Ukraina bayrog‘iga o‘rangan qochqinlar Polshaga yetib kelmoqda.
Ukraina bayrog‘iga o‘rangan qochqinlar Polshaga yetib kelmoqda.

Yevropa Ikkinchi Jahon urushidan beri eng yirik qochqinlar oqimiga duch keldi. Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan beri 6 milliondan ortiq odam – asosan ayollar, bolalar va qariyalar Yevropaning turli davlatlariga ko‘chib o‘tdi.

Bryussel Ukrainaga yordam davom etishini aytayotgan bo‘lsa-da, siyosatchilar va Yevroittifoq aholisi “Ukraina mojarosidan charchagani” haqida gapira boshladi. Ularning aksariyati COVID-19 pandemiyasidan keyin iqtisodiy tiklanishning sustligi sharoitida qiynalayotganini aytmoqda.

Ukrainani qo‘llab-quvvatlash tobora susayib borayotganidan xavotirlar kuchaydi. Kiyev o‘zining qarshi hujumida boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.

Biroq, ko‘plab ekspertlar “Ukraina inqirozidan bezish" haqidagi xabarlarga skeptik qaraydi va buni Rossiya dezinformatsiyasi sifatida ko‘rmoqda.

Qochqinlar inqirozi

BMT qochqinlar agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 21-noyabr holatiga ko‘ra, 2022- yil fevralidan beri 6,3 milliondan ortiq odam Ukrainani tark etgan. Birgina Yevropa 5,9 million ukrainalik qochqinni qabul qilgan.

Yevropa Ittifoqi Rossiya bosqinidan 10 kun o‘tib, ukrainalik qochqinlarni himoya qilish to‘g‘risida qonunni qabul qildi hamda 2001-yilda qabul qilingan Vaqtinchalik Himoya Direktivini ilk bor ishga tushirdi. Ushbu tizim bo‘yicha ukrainalik qochqinlar ro‘yxatdan o‘tish uchun faqat shaxsiy guvohnoma yoki pasportni ko‘rsatishi yetarli bo‘ladi. Kuzda Yevropa Ittifoqi ichki ishlar vazirlari 2024-yil martda tugaydigan yengillashtirilgan tartibni yana bir yilga uzaytirdi.

Evakuatsiya qilinganlar 2022-yil 7-mart kuni.
Evakuatsiya qilinganlar 2022-yil 7-mart kuni.

Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinni boshlaganidan beri hozirda 6 milliondan ortiq odam Ukrainani tark etgan.

So‘nggi o‘n yil ichida migratsiya masalasi YIda munozarali va bo‘linuvchi masalaga aylandi. Bu 2016-yildagi Brexit referendumining hal qiluvchi omili bo‘ldi, natijada Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqib ketdi va Yevropa siyosiy o‘ng qanotining yasharishiga sabab bo‘ldi.

2015-yilda rekord darajada, 1,3 million odam quruqlik va dengiz orqali xavfli yo‘llarni bosib o‘tib Yevropaga kirgan va boshpana so‘ragan. Yevropaga kelgan qochqinlarning aksariyati Suriyadagi fuqarolar urushi va «ISHID» ekstremistik guruhidan qochganlar. Qochqinlarni qabul qilish borasida Yevropa Ittifoqi 2 qutbga bo‘lindi: blokning ba’zi davlatlari qochqinlarni qabul qilish blokning ma’naviy burchi ekanligini bildirdi, boshqalar esa aksincha o‘z chegaralarini yopishni afzal ko‘rdi.

Hatto barcha qiyinchilik va noaniqliklarga qaramay, ukrainaliklar boshqa qochqin guruhlari bilan solishtirganda yaxshi moslashyapti, deydi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot bo‘yicha hukumatlararo tashkilot (OECD) xalqaro migratsiya bo‘limi rahbari Jan-Kristof Dyumont.

Mart oyidagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, allaqachon mustahkam ukrain hamjamiyatiga ega bo‘lgan Polshada qo‘shni Ukrainadan kelgan qochqinlarning 71 foizi ish topib ulgurgan. Germaniyada ish bilan bandlik darajasi pastroq bo‘lgan, iyun oyida so‘rovda qatnashgan qochqinlarning faqat 24 foizi ish topganini bildirgan.

"Ukrainaliklarning ish bilan bandlik ko‘rsatkichlari ajoyib, ularning aksariyati bir yil oldin kelgan. Buning sabablari ko‘p. Masalan, birinchi kundan boshlab ularga mehnat bozoriga kirish imkoni berildi; qolaversa ularning ko‘pi yuqori malakali. Ishchi kuchining tanqisligi va ular tayanishi mumkin bo‘lgan ukrain jamoalarining mavjudligi ham asosiy omillardan hisoblanadi” deydi Dyumont.

2022-yilgi bosqindan keyingi dastlabki oylarda Polsha boshqa mamlakatlarga qaraganda ko‘proq ukrainalik qochqinlarni qabul qildi. Yaqinlik, tashkil etilgan muhojirlar jamoalarining mavjudligi, til va madaniyat o‘xshashligi Polshani ukrainaliklar uchun eng maqbul manzilga aylantirdi. Hozir esa ko‘plab qochqinlar Germaniyani tanlamoqda.

Yevropa Ittifoqi statistik ma’lumotlariga ko‘ra, sentabr oyi oxirida Germaniyada deyarli 1,2 million ukrainalik ro‘yxatga olingan, Polshada bu ko‘rsatkich 958 mingga yaqin.

Nega Germaniya? Varshava universiteti qoshidagi Yevropa markazi bilan tadqiqot olib borgan Polshada joylashgan bandlik agentligi EWLning yaqinda e’lon qilgan hisobotida ukrainaliklar polshaliklarga qaraganda nemis jamiyatiga yaxshiroq integratsiyalashgan degan xulosaga keldi.

Hisobotga ko‘ra, bunda Germaniyada yangi o‘rnashgan ukrain jamiyati asosiy omil bo‘lgan. Ular yangi kelgan do‘stlari va tanishlariga moslashishda ko‘mak berib kelmoqda.

Germaniya yuqori ish haqi, majburiy til kurslari, qochqinlar uchun imtiyozlar va sifatli sog‘liqni saqlash tizimi bilan jozibali ko‘rinadi.

Ukrainaliklar yangi davlatda muvaffaqiyatli moslasha olgan bo‘lsada, iqtisodning qisqarishi o‘sib borayotgan inflyatsiya va iqtisodiy turg‘unlik, koronavirus pandemiyasining uzoq davom etayotgan oqibatlari bilan kurashayotgan Yevropa Ittifoqi bo‘ylab namoyon bo‘la boshladi.

Ukrainalik qochqin Kishinyovda o‘g‘li bilan Germaniyaga ketayotgan avtobusni kutmoqda. 2022-yil 13-aprel.
Ukrainalik qochqin Kishinyovda o‘g‘li bilan Germaniyaga ketayotgan avtobusni kutmoqda. 2022-yil 13-aprel.

Inflyatsiya rekord darajaga yetgan va 27 milliondan ortiq ishsiz mavjud Yevropa Ittifoqida migrantlar uchun imtiyozlar, uy-joy va yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash tobora qiyinlashib bormoqda. Yevropa Ittifoqining yaqinda e’lon qilingan hisobotida ukrainalik qochqinlarga nisbatan «birdamlikning susayishi» blokdagi iqtisodiy tushkunlikning natijasi ekanligi aytiladi.

Yevropa Komissiyasining Ukraina bo‘yicha maslahatchisi Lodeveyk Assher shunday yozadi:

«Yashash narxining oshishi mezbon jamiyatlardagi kam va o‘rta daromadli oilalarni qamrab oldi.»

Birgina Berlinda shu yilning o‘zida boshpana so‘rab murojaat qilgan 10 mingdan ortiq muhojir uchun boshpana yetarli emas. «Hozirda vaziyat unchalik yaxshi emas», dedi Berlindagi qochqinlar bo‘yicha davlat idorasi matbuot kotibi Sasha Langenbax sentabr oyi oxirida APga bergan intervyusida.

«Bu biz o‘tgan yil kutganimizdan ancha yuqori». Yil oxirigacha Berlin qabul qilgan 11 ming ukrainalik qochqindan tashqari yana 5500 muhojirni qabul qilishni kutmoqda.

Germaniyaning boshqa shaharlari ham qochqinlarni pul va uy-joy bilan ta’minlashda qiynalmoqda. Joriy yilning yanvar va avgust oylarida Germaniyadan boshpana so‘rab 220 mingdan ortiq odam murojaat qilgan, ularning aksariyati Suriya, Afg‘oniston, Turkiya, Moldova va Gruziyadan, bir yil avval esa 240 mingga yaqin odam murojaat qilgan. Biroq, bu raqam 2015-16- yillar oralig‘ida Germaniyaga kelgan 1 million qochqin bilan solishtirganda past ko‘rsatkich.

Yevropa Ittifoqidagi iqtisodiy vaziyat a’zo davlatlarni ukrainalik qochqinlar uchun ajratadigan davlat mablag‘larini qisqartirishga olib keldi. Reyters Germaniya Moliya vazirligi rasmiysidan iqtibos keltirgan holda Berlin kelasi yili qochqinlarni qabul qilish va integratsiya qilish bilan bog‘liq federal xarajatlarni ikki baravar kamaytirishni rejalashtirayotganini yozdi.

Muhojirlar uchun Germaniyadan ko‘proq pul sarflagan yagona mamlakat Polsha bo‘lib turibdi. Polsha ta’lim, sog‘liqni saqlash va oilaviy imtiyozlardan bepul foydalanish uchun 15,4 milliard yevro (16,6 milliard dollar) ajratgan.

Ammo Germaniya singari, Polsha ham kelasi yili ukrainalik qochqinlar uchun xarajatlarni qisqartirishi mumkinligini e’lon qildi. Polsha hukumati matbuot kotibi Pyotr Myuller qochqinlarga yordam 2024-yilgacha uzaytirilmasligi va kamida hozirgi darajada saqlanib qolishi mumkinligini aytdi.

«Qonun va adolat» partiyasidan saylangan Polshaning yangi bosh vaziri Donald Tusk bilan vaziyat o‘zgarishi mumkin. Tusk parlamentga murojaatida «G‘arb dunyosidan Ukrainaga bu urushda to‘liq yordam berishni qat’iy talab qilishini» aytdi.

Ukrainalik qochqinlar Pragada ruxsatnoma uchun navbatda turibdi. 2022 -yil 2 -mart.
Ukrainalik qochqinlar Pragada ruxsatnoma uchun navbatda turibdi. 2022 -yil 2 -mart.

Chexiya ukrainalik qochqinlarga 3,9 milliard yevro sarfladi.

2022-yil iyun oyida chex parlamenti yangi kelganlar uchun ijtimoiy nafaqalarni qisqartirdi Iyul oyida esa Chexiyadagi ukrainalik qochqinlar uchun uy-joy imtiyozlari keskin qisqartirildi.

Ajablanarlisi shundaki, qochqinlarga yordamning qisqarishi Yevropa Ittifoqiga kelayotgan ukrainaliklar soni sezilarli kamayishi bilan bir vaqtda yuzaga kelmoqda, deydi OECD vakili Dyumon.

Yevrostat tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida oylik vaqtinchalik himoya grantlari 2022-yil iyul va sentabr oylari orasida 200,000 dan 2023-yilning xuddi shu davri uchun 80,000 gacha kamaygan.

«So‘nggi 12 oyda Ukrainadan Yevropaga migratsiya oqimi nolga yaqin bo‘ldi. Demak, ukrainaliklarning katta guruhlarini qo‘llab-quvvatlash zarurati aktualligini yo‘qotdi », deydi Dyumont.

Ukrainaliklar Yevropada yangi hayotga moslashayotgan bir paytda, ko‘pchilik qochqinlar boshidan kechiradigan ekzistensial muammo bilan kurashmoqda: uyga qaytish istagi.

Urushning oxiri ko‘rinmasa ham, ko‘plab qochqinlar qachondir Ukrainaga qaytishlariga qat’iy ishonmoqda.

BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligining yaqinda o‘tkazgan so‘rovi shuni ko‘rsatdiki, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va YIga nomzod Moldovadagi qochqinlarning 67 foizi Ukrainaga qaytishga umid qilmoqda, ulardan 14 foizi keyingi uch oy ichida qaytishni rejalashtirmoqda.

Ukrainalik qochqinlar Moldova bilan chegaradagi Mayakiy-Udobne chegara punktida.
Ukrainalik qochqinlar Moldova bilan chegaradagi Mayakiy-Udobne chegara punktida.

"Bizning 2021-yilgi tadqiqotimiz shuni ko‘rsatdiki, 1980-yildan beri dunyo bo‘ylab barcha qochqinlarning atigi uchdan bir qismi harbiy harakatlar tugaganidan keyin o‘n yil o‘tib o‘z vatanlariga qaytgan. Ukrainaga qaytish darajasi ham past bo‘lishi mumkin deydi AQSHda joylashgan REND instituti tahlilchilari

Yevropa Ittifoqi bo‘ylab jamoatchilik fikrini kuzatuvchi Yevrobarometer tomonidan yaqinda o‘tkazilgan so‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, yevropaliklarning 86 foizi urushdan jabr ko‘rgan odamlarga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etishni ma’qullaydi; 77 foizi urushdan qochganlarni kutib olishga tayyor; 71 foizi esa Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Kreml dezinformatsiyasi

Yeropa Ittifoqi rasmiylari Kremlni Ittifoq ichida, xususan, ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainaga qarshi kayfiyatni avj oldirganlikda aybladi.

«Rossiya dezinformatsiyasi Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardagi jamoatchilik kayfiyatida shubhalar, chalkashliklar, noroziliklarni uyg‘otish va mahalliy hokimiyatlarga ishonchni yo‘qotish harakat qilmoqda», dedi Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar bo‘yicha vakili Piter Stano.

Mazakning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik qochqinlarga har qanday yordam ko‘rsatishga qarshi bo‘lgan 40 foizdan «taxminan 15 foizi» rossiyaparast qarashlarga ega. «Ular urushni NATO qo‘zg‘atmoqda va Rossiya shunchaki javob qaytarmoqda. Ukraina esa dushman” deb hisoblaydi.»,

Rossiyaning dunyo bo‘ylab diplomatik vakolatxonalari o‘sha mamlakatlaridagi ijtimoiy tarmoqlarni yolg‘on xabarlar bilan to‘ldirmoqda, deya qo‘shimcha qildi u.

«Ukrainaga keng miqyosli bosqin boshlanganidan beri Rossiya va kremlparast insonlar Ukrainadan kelgan qochqinlarga qarshi ko‘plab yolg‘on va chalg‘ituvchi ma’lumotlarni tarqatishmoqda», dedi Strategik muloqot institute tahlilchisi Yuliya Smirnova.

Institut Telegramda qochqinlar haqidagi rus tilidagi bahs-munozaralarni ko‘rib chiqdi va dezinformatsiyalar maqsadli guruhga qarab farqlanishini aniqladi.

Kreml rossiyaliklar orasida ukrainalik qochqinlar mamlakatni boshqarayotgan «natsistlar»dan qochib ketmoqda, deya ma’lumot tarqatgan bo‘lsa, yevropalik va rossiyalik bo‘lmagan qatlam orasida qochqinlar xavfli, noshukur, zo‘ravonlik va jinoyatga moyil ekani haqida dezinformatsiya tarqatilgan deydi Smirnova.

XS
SM
MD
LG