Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 16:23

Xufiya muzokaralar: Tolibon Toshkentga "shart qo‘ygani"ni rad etmoqda


O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov Tolibon Tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy bilan.
O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov Tolibon Tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy bilan.

Tolibon hukumati O‘zbekiston ilgari surayotgan transafg‘on loyihalarini o‘zining rasman tan olinishi bilan bog‘layotganini rad etdi.

Tolibon so‘zchisi Zabihullo Mujohid Ozodlikka bergan bayonotida O‘zbekiston hukumati bilan muloqotlar borayotganini tasdiqladi, ammo rasmiy Toshkentga o‘zlarini tan olishni so‘rab maxsus murojaat qilmaganliklarini aytdi.

Avvalroq mustaqil Eltuz nashri toliblarning O‘zbekiston hukumatidan kutishlari bayon qilingan "maxfiy" hujjatni chop etgan edi. Unda toliblar Kobulda e’lon qilgan Afg‘oniston Islom amirligini rasman tan olish va Tolibonga iqtisodiy hamda texnik ko‘mak ko‘rsatish haqida so‘z boradi.

Ozodlik manbalari ushbu hujjatning mavjudligini tasdiqlamoqda.

"Maxfiy"

Raqami 5275s-deb belgilangan, “maxfiy” tamg‘asi bosilgan hujjatni O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov 2021 - yilning 10 - dekabrida imzolagan.

Mustaqil Eltuz.com nashirga sizdirilgan hujjatdan nusxa
Mustaqil Eltuz.com nashirga sizdirilgan hujjatdan nusxa

Mustaqil Eltuz nashri 29 - yanvar kuni e’lon qilgan hujjatda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov, Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan, toliblarning murojaatlari hamda O‘zbekiston hukumatining bu murojaatlarni bajara olish imkoniyatidan kelib chiqib, reja hozirlagan.

Rasman tasdiqlanmagan, ammo Ozodlikning hukumatdagi manbasi haqiqiyligini tasdiqlagan hujjatda toliblar tomonining O‘zbekistonga murojaatlari asosida, 31 banddan iborat vazifalar ro‘yxati tuzilgani aytiladi.

Bular jumladan qo‘yidagilar:

  • Tolibon Kobulda e’lon qilgan Islom amirligini rasman tan olish;
  • Afg‘onistonga arzon narxda elektr energiyasi sotish va yig‘ilgan qarzni yengillashtirib, bosqichma-bosqich uzish imkonini berish;
  • Afg‘onistondan O‘zbekistonga kiradigan tovarlar uchun import bojini bekor qilish;
  • Tranzit yuklar uchun bojni kamaytirish;
  • “Termiz-Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” temir yo‘lini tezroq qurib bitkazish;
  • Afg‘onistondan O‘zbekistonga kiradigan avtomobillarga solinadigan 400 dollarlik bojni umuman olib tashlash;
  • Tolibon xavfsizlik kuchlariga uniforma, sport kiyimi va texnik yordam berish.
Mustaqil Eltuz.com nashirga sizdirilgan hujjatdan nusxa
Mustaqil Eltuz.com nashirga sizdirilgan hujjatdan nusxa

Ozodlikning hukumatdagi manbasi iddaosicha, Viktor Mahmudov kiritgan “rejani o‘sha zahotiyoq prezident Mirziyoyev qabul qilgan”.

Manbaga ko‘ra, Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov imzolagan maktub hujjatning qabul qilingani va ijroga yuborilganining isbotidir.

Bu maktub ham Eltuz nashriga sizdirildi. Ozodlik manbasiga ko‘ra, u jamoatchilikka oshkor bo‘lgach, "vazir Umurzoqov jiddiy tanbeh eshitgan”.

Hozircha bu maktub hamda maxfiy topshiriqlar ro‘yxati haqida Ozodlik savollariga rasmiylardan javob olishning imkoni bo‘lmadi.

Tolibon bayonoti

Ammo Tolibon matbuot kotibi Zabihullo Mujohid Ozodlik so‘roviga javoban O‘zbekiston hukumati bilan temir yo‘l, elektr energiyasi ta’minoti borasida so‘zlashuvlar borayotganini tasdiqladi.

Ayni paytda Tolibon vakili Toshkentga rasman tan olish haqida maxsus so‘rov yubormaganini ta’kidladi.

Mujohid o‘z banotida hozir O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi hamkorlikning tashabbuskori ko‘proq Toshkent ekaniga urg‘u berdi:

“Ularning o‘zlari O‘zbekiston-To‘rham yo‘nalishida temir yo‘lni qurmoqda hamda hamkorlik va sarmoya va’dalarini berishmoqda. Bizni tan olishlarini biz butun dunyodan so‘raganmiz. Ta’kidlab aytamanki, alohida davlatdan maxsus so‘ralmagan. Albatta, tan olinishimizda yordam berishlarini istaymiz. Biroq yaqin orada biror davlat va shu jumladan, O‘zbekistondan buni so‘raganimiz yo‘q”.

Толибон билан бизнес: Халқ қўрқуви ва ҳукумат манфаати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:20 0:00

“Kobul yo‘lagi”

Matbuotga sizdirilgan va rasmiy Toshkent izohlamayotgan hujjat hamda Tolibon matbuot kotibi bergan bayonot mazmuni tomonlar o‘rtasidagi borayotgan muloqot ruhiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston 2021 - yilning avgustida Kobul Tolibon nazoratiga o‘tganidan beri ular bilan “do‘stona qo‘shnichilik” aloqalari o‘rnatish niyatini bot-bot takrorlab keladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘zi hanuz ko‘pgina mamlakatlarning terrorchi tashkilotlar ro‘yxatida qolayotgan Tolibon bilan bunday qo‘shnichilik uchun ularning "O‘zbekiston tomoniga o‘q otmasligi” kifoya ekanini bildirgan.

Dengizga chiqish yo‘li bo‘lmagan O‘zbekiston toliblar bilan hamkorlikdan asl maqsadi - Afg‘oniston orqali Pokiston va Hindiston bandargohlari, shuningdek, Fors ko‘rfaziga chiqish rejasini amalga oshirish ekanini yashirmayapti.

O‘zbekistonning Termiz shahridan boshlanib, Afg‘onistonning Mozori Sharif, Kobul shaharlari orqali Pokistonning Peshovar shahriga tutashadigan yangi temir yo‘l - “Kobul yo‘lagi” ochilsa, yiliga 20 million tonna yuk tashish mumkin bo‘lgan arzon logistika tarmog‘i paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Мирзиёев ҳукумати ва Толибон мулоқоти. Ўзбекистон эртаси таҳликадами?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:18 0:00

O‘zgarmagan rejalar

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil aprelida “Termiz-Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” yo‘lining ahamiyati haqida gapira turib, haligacha O‘zbekiston mahsulotlarini Rossiya va Qozog‘iston orqali eksport qilishga to‘g‘ri kelayotganidan noligan edi.

Uning ishontirishicha, Afg‘oniston orqali temir ochilsa, O‘zbekiston o‘zining eksport bozorlarini diversifikatsiya qilishi, qo‘shni davlatlar esa o‘zbek mahsulotlariga tranzit tariflarini pasaytirishini mumkin.

O‘tgan yili fevral oyida Toshkentda o‘tgan O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston muzokaralarida temir yo‘lni qurish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” qabul qilingan, qurilishni 2021 - yil sentabrida boshlash rejalangandi.

Ammo avgustda Kobulni bosib olgan toliblarning hokimiyatga kelishi bilan vaziyat tamoman o‘zgargan bo‘lsa-da, rasmiy Toshkentning Afg‘oniston bilan bog‘liq rejalari o‘zgarmadi.

XS
SM
MD
LG