Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 22:38

Xorazmda DXX xodimi halok bo‘ldi. Uning 'bexosdan o‘zini otib qo‘ygani' aytilmoqda


DXXning Xorazm viloyati bo‘limi xodimi Nurillajon Ahmedov(marhum) "Burgut" qurolli bo‘linmasida xizmat qilgani aytiladi.
DXXning Xorazm viloyati bo‘limi xodimi Nurillajon Ahmedov(marhum) "Burgut" qurolli bo‘linmasida xizmat qilgani aytiladi.

9-mart kuni O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Xorazm viloyat boshqarmasi binosida DXX "Burgut" brigadasi xodimi Nurillajon Ahmedov xizmat vazifasini o‘tayotgan paytda halok bo‘lgani aytilmoqda.

Yaqinlariga ko‘ra, rasmiylar 26 yashar Ahmedovning "bexosdan o‘zini otib qo‘ygani"ni aytishgan. Ammo yaqinlari u o‘zini otganiga shubha qilmoqda.

Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas. Ozodlikning DXX va Bosh prokuraturadan izoh olish urinishlari hozircha natija bermadi.

Marhum jasadi tushirilgan videoda uning peshonasida o‘q izi ekani aytilgan jarohatni ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Xorazm viloyat bo‘limi xodimi Nurillajon Ahmedovning peshonasining qoq o‘rtasida o‘q izi bor jasadi 10-mart kuni tong soat 4 larda sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilganidan so‘ng yaqinlariga topshirilgan.

Video skrinshoti.
Video skrinshoti.

Shu kunning o‘zida uning jasadi o‘zi tug‘ilib o‘sgan Qo‘shko‘pir tumani Qatog‘on qishlog‘idagi qabristonda dafn etilgan.

Nurillajon Ahmedovning ismi sir qolishini so‘ragan yaqinlaridan birining aytishicha, hodisa 9-mart kuni kech soat 5-6 o‘rtasida sodir bo‘lgan:

“Nurillajon odatda shu payt smena almashib ishdan chiqardi. Lekin chiqmagan, kechasi otasiga telefon qilishib, sud-ekspertiza binosiga, morgga yetib kelishlarini so‘rashgan. Jasadni topshirayotganda, Nurillajon o‘ziga-o‘zi qildi, bexosdan o‘zini otib qo‘ydi, deyishgan. Lekin bu gapga biz umuman ishonmadik. Masalan, siz o‘zingizning peshonangizga avtomatni tirab ota bilasizmi? Kim ishonadi bu gapga? Bexosdan hech kim o‘zini peshonasining qoq o‘rtasiga to‘g‘rilab otmaydi! Uni DXX binosining ichida kimdir peshonasiga to‘pponcha tirab, otib tashlagan. Kim qilgan bo‘lsa, javob berishi kerak”, deydi Ozodlik bilan anonim tarzda suhbatlashgan marhumning yaqinlaridan biri.

Ismi sir qolishini so‘ragan Qatog‘on qishlog‘i faollaridan birining aytishicha, marhum janozasida odamlar orasida har-xil gap tarqagan:

“Ba’zilar kimdir peshonasidan to‘pponcha tirab otgan deydi, kimdir o‘zini o‘zi otib qo‘ygan, deydi. Aniq bir gap yo‘q. Marhumning sud-tibbiy ekspertizasi xulosasini hali berishmagan. Nurillajon o‘zi sportchi bola edi. Sport kollejini bitirganidan so‘ng armiyada xizmat qilib keldi, keyin DXXga ishga o‘tdi. Hali uylanmagan edi. Oilada ikkinchi farzand, akasi Rossiyada mehnat muhojiri. Otasi chuqur g‘amda qolgan, onasi kasalxonada”.

Ozodlikning O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati bilan bog‘lanish urinishlari natija bermadi. DXX matbuotga yopiqligicha qolmoqda.

Ozodlik hodisa yuzasidan rasmiy izoh olish maqsadida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning Telegram raqamiga savollar yo‘lladi. Savollar Shamsutdinov tomonidan o‘qilgani ko‘rindi, ammo matbuot xizmati rahbaridan javob bo‘lmadi.

Bundan to‘rt yil muqaddam, 2018-yil 4-avgust kuni Ichki ishlar vazirligi Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Akramov o‘z xizmat xonasida "qotillik alomatlari bilan topilgan" edi.

Toshkent shahar IIBB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi katta inspektori qotillikda gumonlanib hibsga olingan. Gumondor ustidan olib borilgan tergov va sud tafsilotlari, shuningdek, jinoyat motivlari borasida rasmiy faraz ochiqlanmagan.

XS
SM
MD
LG