Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:50

Xalqaro Jinoyat sudi Isroil rahbariyatini hibsga olishga order berishi mumkin


Isroil-Falastin mojarosi.
Isroil-Falastin mojarosi.

G‘azodagi urush yuzasidan xalqaro hamjamiyatning bosimi kuchayib borar ekan, Xalqaro jinoyat sudi Isroil rahbariyatini hibsga olish uchun order berishi mumkinligi borasida xavotirlar paydo bo‘ldi.

Dushanbaga o‘tar kechasi Rafah shahridagi kasalxonaga uyushtirilgan havo hujumlarida 25 kishi halok bo‘ldi.

"Assoshieyted Press" agentligining xabar berishicha, o‘lganlar orasida to‘qqiz ayol va besh nafar bola bor, ulardan biri atigi 5 kunlik chaqaloq bo‘lgan. Isroil shaharga bostirib kirishni rejalashtirmoqda. Biroq Isroilning AQSH dohil yaqin ittifoqchilari hujum harakatlari Rafahdan boshpana topgan bir milliondan ortiq falastinliklar uchun falokatga olib kelishini aytib, hujum qilmaslik haqida bir necha bor ogohlantirgan.

Ayni damda XJS 2014-yilgi Isroil-Falastin urushida sodir etilgan harbiy jinoyatlarni, shuningdek Isroilning bosib olingan Falastin hududida turar-joylar qurganini ham tekshirmoqda.

Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kas agar XJS order bergudek bo‘lsa, bu HAMAS va boshqa jangari guruhlarga «ma’naviy quvvat beradi», deya iddao qildi.

АҚШ Исроилни Ғазонинг тинч аҳолисини ҳимоя қилишга чақирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:59 0:00


Bosh vazir Benyamin Netanyaxu Isroil "Xalqaro jinoyat sudining o‘zini himoya qilish huquqini buzish» ayblovini hech qachon qabul qilmasligini" aytdi.

"Yaqin Sharqdagi yagona demokratik davlat va dunyodagi yagona yahudiy davlatining askarlari va amaldorlarini qo‘lga olish tahdidi g‘oyatda g‘alati. Biz buni qabul qilmaymiz", — deb yozdi Netanyaxu o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

So‘nggi kunlarda Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini ko‘proq kiritishga ruxsat berishi qisman XJSning ehtimoliy harakatlarini to‘xtatishga qaratilgan bo‘lishi mumkin.

Na Isroil, na Qo‘shma Shtatlar XJS yurisdiksiyasini qabul qilgan, ammo hibsga olish orderi Isroil rasmiylarini boshqa mamlakatlarda hibsga olish xavfi ostida qoldirishi tayin.

Alohida organ hisoblanmish Xalqaro Adliya Sudi Isroil G‘azoda davom etayotgan urushda genotsid harakatlarini sodir etgan yoki yo‘qligini tekshirmoqda. Isroil qonunbuzarlik haqidagi ayblovlarni rad etib, har ikki xalqaro sudni ham noxolislikda aybladi.

Isroil HAMASni urushga sabab bo‘lgan 7-oktyabrdagi hujumda genotsid sodir etganlikda aybladi. O‘shanda jangarilar Isroil janubidagi harbiy bazalar va uylarga bostirib kirib, 1200 ga yaqin odamni, asosan tinch aholini o‘ldirgan, 250 ga yaqin odamni garovga olgan edi.

Bunga javoban Isroil havodan, dengizdan va quruqlikdan yirik hujum boshladi. Isroilning shafqatsiz bombardimonlari oqibatida 34 488 falastinlik, asosan ayollar va bolalar halok bo‘ldi. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, tinch aholi va jangchilar o‘rtasida farq qilmaydi.

Hamas jangarilari zich aholi turar joylaridan turib jang qilar ekan, Isroil tinch aholi orasidagi o‘limni HAMASga to‘nkaydi. Isroil 12 000 dan ortiq jangarilarni yo‘q qilganini da’vo qilmoqda, ammo bunga hech qanday dalil keltirmagan.

Уруш анатомияси: Араб-Исроил урушлари, Исроил-Фаластин зиддияти тарихи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:29:23 0:00


Urush 2,3 millionlik G‘azo aholisining qariyb 80 foizini uylarini tashlab chiqishga majbur qildi, bir qancha shaharlar vayron bo‘ldi va G‘azo shimolidagi aholi ocharchilik yoqasida qoldi.

Isroil Rafahda minglab jangarilar joylashganini aytib, 1 milliondan ortiq falastinliklar boshpana topgan shaharga hujum qilishni ko‘zlamoqda.

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati bu harakat yirik insoniy falokatga olib kelishi mumkinligini aytib, Isroilni Rafahga bostirib kirmaslikka chaqirdi.

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Saudiya Arabistonida boshlangan mintaqaga safari doirasida Isroilga ham tashrif buyurishi kutilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil G‘azoga ko‘proq insonparvarlik yordami kirishiga ruxsat berishi kerak, ammo gumanitar inqirozni yumshatishning eng yaxshi yo‘li ikki tomonning o‘t ochishni to‘xtatish bo‘ladi.


AQSH, Misr va Qatar Isroil va HAMASni garovga olinganlarning bir qismini ozod qilish va hech bo‘lmaganda vaqtinchalik sulhni qabul qilishga undamoqda. So‘nggi mahbuslar almashinuvidan so‘ng, Hamas 100 ga yaqin asir va yana 30 ga yaqin odamni garovda ushlab turgan deb ishoniladi.

HAMAS urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv bo‘lmasa, qolgan garovdagilarni ozod qilmasligini bildirdi. Netanyaxu bu talabni rad etib, Isroil HAMAS yo‘q qilinmaguncha va barcha garovga olinganlar qaytarilmaguncha hujumlarini davom ettirishini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG