Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:35

Vodilda chegarachilar ikki kishini otib o‘ldirdi. Yaqinlari harbiylarni jazoga tortishni talab qilmoqda


Vodilliklar hamqishloqliklarining chegarachilar tomonidan o‘ldirilganiga norozilik bildirmoqda.
Vodilliklar hamqishloqliklarining chegarachilar tomonidan o‘ldirilganiga norozilik bildirmoqda.

Shu yilning 16-oktabr kuni O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlari askarlari Farg‘ona tumanining Qirg‘izistonga chegaradosh Vodil qishlog‘i Bo‘ston mahallasida ikki qurolsiz mahalliy aholi vakilini otib o‘ldirdi.

Hodisa yuzasidan tezkor tarqatilgan rasmiy bayonotda “huquqbuzarlar chegarachilarga nisbatan kuch ishlatib, to‘siqdan o‘tib ketishga uringani” ta’kidlanadi. Ammo o‘ldirilganlar yaqinlarining guvohligi rasmiy farazdan butkul farq qiladi.

Chegarachilar tomonidan otib o‘ldirilgan Abdulhay Muqaddasov va Otabek Yo‘ldoshevning otalari farzandlarining qotillari jazoga tortilishini talab qilmoqda.

Hodisa 16-oktabrga o‘tar kechasi Bo‘ston mahalla punktiga o‘zbekistonlik chegarachilar qo‘ygan postda sodir bo‘lgan.

Guvohlarning aytishicha, o‘sha kuni kechqurun qishloq yaqinidagi, ya’ni O‘zbekiston hududidagi choyxonada o‘rtoqlarining tug‘ilgan kunini nishonlab avtomobilda qaytayotgan sinfdoshlar 30 yashar Abdulhay Muqaddasov, Alisher Tursunov va Sardorbek Sobirovlarni chegarachilar postda to‘xtatib, mahallaga o‘tgani qo‘ymagan. Orada janjal chiqqan.

Пoгонлиларнинг қоронғу қилмиши: Солиқчи ўлимида айбланган ИИБ ходимлари ҳибсга олинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:31 0:00

Bu janjalda boshidan o‘q yeb halok bo‘lgan ikkinchi yigit 34 yashar Otabek Yo‘ldoshevning otasi Bahodir Yo‘ldoshevning aytishicha, o‘g‘li postga tasodifan borib qolib, janjalning ustidan chiqqan:

“Kuni bilan fermamizda otlarga joy qildik. Kechqurun meni uyga tashlab qo‘ydi, uyiga ketdi. Uyiga kelganda bir o‘rtog‘i oldiga kelib, "meni uyga tashlab qo‘y" degan. O‘shani tashlab qaytayotgan bo‘lgan. O‘sha kuni kichik o‘g‘lim Sardorbek ham o‘rtoqlari bilan oshdan qaytayotgan bo‘lgan. U Abdulhayning o‘rtog‘i. O‘sha postga kelganda qarasa janjal bo‘lyapti. O‘g‘limni bir soldat bosib olib miltiqning qo‘ndog‘i bilan basharasiga urayotgan bo‘lgan. Aka jigar-da, bunga chidab turolmay borib askarni urgan. O‘sha paytda harbiy qismdan gruppa yetib kelgan. Katta o‘g‘lim Sardorbekni o‘sha yerda otib qo‘yishadi. O‘q jag‘idan kirib miyasidan chiqqan”.

Ozodlikka yuborilgan videolardan birida hodisa guvohi Sardorbek Sobirov akasining jasadi olib ketilganidan so‘ng, chegarachilariga yuzlanib, "mana bu aka otdi", desa, askarlardan biri “yaxshi qipti, otadi mana shunday”, deb javob beradi.

Guvohlarning aytishicha, chegarachilar go‘yoki mashinada kontrabanda yuk borligini iddao qilishgan. Lekin mahalla odamlari olgan videoda mashina tekshirilganda hech qanday yuk topilmagani ko‘rinadi.

Marhum Otabek Yo‘ldoshevga tegishli bo‘lgan avtomobildan hech qanday kontrabanda yuki topilmaganini voqea sodir bo‘lgan kechada olingan video ham tasdiqlaydi.

Bahodir Yo‘ldoshevning aytishicha, qurolsiz yigitlar chegarachilar tomonidan otib o‘ldirilganini ko‘rgan guvohlar bor. Bundan tashqari, postda kecha-yu kunduz ishlaydigan kamera bor va u olib ko‘rilganda ham voqea qanday bo‘lgani yuzaga chiqadi.

Vodil aholisi va chegarachilar o‘rtasidagi munosabat, vodilliklarning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi besh-olti yilda juda ham taranglashgan.

Vodilliklarning iddaosicha, chegarachilar aholining uylariga ruxsatsiz bostirib kirmoqda, odamlarning shaxsiy daxlsizligiga daxl qilmoqda.

O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlarining Telegramdagi rasmiy kanalida 16- oktabr kuni ushbu voqea haqida rasmiy bayonot berildi. 19-avgust kuni esa bu kanalda sodir bo‘lgan hodisa videosi tarqatildi.

“Joriy yilning 16-oktabrga o‘tar kechasi Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumani “Vodil” aholi punktida o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan harakatlanib kelayotgan mahalliy fuqarolar A.M. va O.Y. ismli shaxslar boshqaruvidagi avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazilganida mazkur avtotransport vositasining salon qismida mamlakat hududiga noqonuniy ravishda olib kirilgan tovar-moddiy boyliklari borligi aniqlangan.

Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida Chegara qo‘shinlari bo‘linmasiga borish taklif etilganida, fuqarolar A.M. va O.Yu. hamda voqea sodir bo‘lgan hudud yaqinida yig‘ilgan ularning o‘n nafarga yaqin sheriklari, spirtli ichimlik ta’sirida harbiy xizmatchilarning qonuniy talablariga bo‘ysunmaganlar va chegarachilarga faol qarshilik ko‘rsatib, ularga nisbatan kuch ishlatishgan.

Natijada harbiy xizmatchilar turli ko‘rinishdagi tan jarohatlarini olgan. Qarshilik ko‘rsatayotgan kuchlar teng kelmaganligi bois, chegarachilar fuqarolarning noqonuniy harakatlarini to‘xtatish maqsadida ogohlantiruvchi o‘q uzishiga qaramasdan, ular g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarini davom ettirganlar.

Ogohlantirishdan to‘g‘ri xulosa qilmay, harbiy xizmatchilarga faol qarshilik ko‘rsatishda davom etgan fuqarolarning ikki nafari qurol qo‘llanilishi natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha tegishli huquq-tartibot idoralari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Ammo otilgan yigitlarning yaqinlari ushbu bayonot va videoda bo‘lib o‘tgan voqea noto‘g‘ri talqin qilinganini iddao qiladilar.

Сув жанжали ортидан ўнлаб йигит қийноққа тутилгани иддао қилинмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:35 0:00

Mana ularning rasmiylarga berayotgan asosiy savollari:

Agar farzandlarimiz mashinasidan noqonuniy olib kirilgan tovar-moddiy boyliklari topilgan bo‘lsa, nega o‘sha kuni bu videoga olib ko‘rsatilmadi? Qani o‘sha moddiy boyliklar?

Nega farzandlarimiz faqat boshi va yuz qismidan otilgan? Uch kishiga o‘ndan ortiq chegarachining kuchi yetmadimi? Nega ularni ushlab, kishanlab, ichki ishlar bo‘limiga topshirilmadi?

Bayonotda o‘n nafarga yaqin yig‘ilgan sheriklari deyilyapti? Qani videoda to‘rt kishidan boshqa odam yo‘q-ku?

Nega videoda farzandlarimiz qanday otilgani holati kesib tashlanib, ko‘rsatildi?

Agar ular haq bo‘lsa nega videoni to‘liq shaklda jamoatchilikka ko‘rsatmaydi?

Bu kabi savollar hozir nafaqat otilgan yigitlar ota-onalarini, balki o‘zbekistonlik chegarachilar huquqbuzarligidan zada bo‘lgan vodilliklarni ham qiynamoqda.

O‘ttiz yashar Abdulhay Muqaddasovning uch farzandi yetim qoldi. Xotini to‘rtinchi farzandga homilador. U dehqonchilik bilan shug‘ullangan.

O‘ttiz to‘rt yashar Otabek Yo‘ldoshevning esa bir nafar qizi bor. U bog‘bon va chorvador. Dadasi va ukalari bilan “Vodil komission" MCHJni yuritar edi.

XS
SM
MD
LG