Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:19

Ukraina urushi: Moskva markaziy osiyolik migrantlarga bosimni kuchaytirmoqda


Mehnat muhojirlari. Illyustrativ surat.
Mehnat muhojirlari. Illyustrativ surat.

Rossiya politsiyasi yaqinda Moskva yaqinidagi savdo markazida mehnat muhojirlarini nishonga olingan reyd o‘tkazdi.

Obyekt qarashli bo‘lgan Wildberries kompaniyasi darhol butun dunyo bo‘ylab yuz minglab tovarlarni yetkazish kechikishi haqida ogohlantirdi.

Jamoatchilikning Ukrainadagi urush yo‘nalishidan noroziligi va mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari yaqinlashayotgan bir paytda, ekspertlarning fikriga ko‘ra, Kreml katta va himoyasiz muhojirlar evaziga urushni davom ettirishni ko‘zlamoqda.

«Hukumat jamiyatning g‘alabasi yoki muvaffaqiyati sifatida ko‘rsata oladigan ko‘p narsa yo‘qligini hisobga olsak, hozir Rossiya siyosiy mashinasi uchun murakkab davr», - deydi Moskvadagi Karnegi jamg‘armasi xodimi Temur Umarov.

Украина. Ўзбек мигрантлари Украинадаги урушга ёлланмоқдами?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:08 0:00

Urushga yollanishni targ‘ib qiluvchi varaqa

“Rossiya hukumati ishlari yaxshi ketmayotgan vaqtda har doim «millatchilik kartasi»dan foydalanib kelgan. Saylov arafasida muhojirlarga bosim ortishi mumkin.

Ayniqsa, ikki fuqarolikka ega bo‘lganlar uchun Rossiyada bo‘lish tobora qiyinlashib boradi”, deydi Umarov.

Buning sababi, Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlaridan norozilikni «gibrid safarbarlik» bilan bartaraf etishga intilayotgani bilan izohlanadi, deydi tahlilchi.

Masjidlardagi reydlar

Rossiya matbuoti xabarlariga ko‘ra, 24-noyabr kuni Moskvadan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan Elektrostal shahridagi Wildberries omboriga uyushtirilgan reydda 100 dan ortiq odam qo‘lga olingan va yaqinda rus pasportini olgan bir qator Rossiya fuqarolari majburan harbiy xizmatga chaqirish markazlariga olib borilgan.

18-noyabr kuni Latviyada joylashgan surgundagi rus nashri «Novaya gazeta - Yevropa» politsiya, Federal xavfsizlik xizmati (FSB) va Bosh prokuratura xodimlari ishtirokida Balashixadagi masjidda reyd o‘tkazilgani haqida xabar berdi.

Ikki kun avval politsiya millatchi ko‘ngillilar bilan Balashixa yaqinidagi Reutov posyolkasidagi bozor va zavodda ham yirik reyd uyushtirgan.

O‘tgan oy Xabarovsk viloyati politsiyasi sport klubiga bostirib kirib, MMA turnirini to‘xtatib, musobaqada qatnashayotgan bir necha muhojirni hibsga olgan.

Urush sababli Rossiya pasportini olgan muhojirlar majburan harbiy xizmatga tortilishi borasida tahdidlar kuchaydi.

Muhojirlarni yollash harakati tobora kuchayib bormoqda. Negaki, Kreml 2022-yil sentabrida harbiy safarbarlik e’lon qilinganidan keyingi norozilik harakatlari takrorlanishidan ehtiyot bo‘lmoqda.

Қамоқ ёки “Вагнер”: Мигрантлар Украина урушига мажбуран ёлланмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:52 0:00

Dushmanona ritorika

Muhojirlar o‘z vatanlariga tobutda jo‘natilgani haqidagi xabarlar oqimi ko‘plab markaziy osiyoliklar allaqachon Rossiyaning Ukrainadagi urushida qatnashayotganidan dalolat beradi.

O‘tgan oy Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin Rossiya fuqaroligini olgan muhojirlar, agar Ukrainada jang qilishdan bosh tortsa, undan mahrum qilinishi kerakligini aytgan.

Avvalroq Bastrikin muhojirlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ko‘payganini da’vo qilib, shunday degan:

«Ruslar frontda vaqti, muhojirlar bizning orqamizdan hujum qilmoqda, deyapti odamlar»

Shu oy boshida Duma raisi o‘rinbosari Pyotr Tolstoy Rossiyaning «muhojirlarga nisbatan passiv pozitsiyasidan» noroziligini bildirib, ayrim sobiq sovet davlatlaridan kelgan migrantlarning kuryer, taksi haydovchisi va sotuvchi bo‘lib ishlashini taqiqlashni taklif qildi.

U, shuningdek, muhojirlar vataniga yuborgan puldan rusiyzabon maktablar qurish uchun soliq undirishni taklif qildi.

«O‘zbekiston deputat Pyotr Tolstoyning mulki emas. U o‘z mamlakati va fuqarolarining muammolari bilan shug‘ullansin», - deb javob qaytardi o‘zbekistonlik deputat Bobur Bekmurodov.

Bekmurodov O‘zbekistonda rus tilida erkin so‘zlashilayotganini, qo‘shimcha qildi.

Rossiyada eng ko‘p muhojir O‘zbeksitondan. U yerda bir necha million o‘zbeklar istiqomat qiladi.

Ishchi kuchi yetishmasligi

Rossiyaning uzoq muddatli demografik muammolaridan kelib chiqqan va urush tufayli kuchaygan ishchi kuchi tanqisligi sabab Rossiya iqtisodiyoti muhojirlarga har doimgidanda muhtoj.

Moskvadagi Gaydar Iqtisodiy siyosat instituti tomonidan olib borilgan va Rossiyaning RBK axborot sayti tomonidan tahlil qilingan monitoring shuni ko‘rsatdiki, kadrlar yetishmasligi haqida bildirgan sanoat korxonalari soni iyul oyida 42 foizga yetgan, bu ko‘rsatkich 2022-yil yanvarida taxminan 25 foiz bo‘lgan.

Mehnat migrantlari
Mehnat migrantlari

Moskva davlat universiteti qoshidagi Iqtisodiy siyosatni o‘rganish markazi direktori Oleg Buklemishev o‘tgan hafta «Moskovskiy komsomolets» (MK) gazetasiga bergan intervyusida Rossiya rublning zaiflashuvi sababli hozirda mavjud bo‘lgan muhojirlar mehnatini yo‘qotish xavfi borligini bildirdi.

«Ularda har doim tanlov bor - Rossiyaga yoki boshqa joyga borish. Valyuta kursi ularga yoqmasa, bormaydi. Hech kim rublda "kopeyka" evaziga ishlashga qiziqmaydi.”

Rossiya hukumati ham bu muammoni yaxshi biladi, shunga qaramay, migratsiya siyosati «juda bahsli». Chunki hukumatlar «migrantlarga qarshi qonunchilikni aholini jamiyatdagi boshqa muammolardan chalg‘itish uchun populistik vosita» sifatida ishlatmoqda, deydi Yevroosiyo migratsiyasi bo‘yicha mustaqil ekspert Yan Matusevich.

«Rossiya deputatlari muhojirlarni faqat resurs sifatida, ya’ni, kamayib borayotgan ishchi kuchi va armiyaga chaqiriluvchilar o‘rnini to‘ldirish uchun bir vosita o‘laroq ko‘radi», - deydi Matusevich.

XS
SM
MD
LG