Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 09:30

Telegram'ning qorong‘i tomoni


Telegram asoschisi va ijrochi direktori Pavel Durov.
Telegram asoschisi va ijrochi direktori Pavel Durov.

Belarusda 2020-yildagi natijalari soxtalashtirilgan prezidentlik saylovlaridan so‘ng norozi olomon namoyishlar joyi va vaqtini aynan Telegram guruhlari orqali muvofiqlashtirgandi.

Shu bilan bir qatorda narkodilerlar, pedofillardan tortib, Ukrainada jang qilayotgan Rossiya harbiylari va dezinformatsiya tarqatayotgan urush targ‘ibotchilarigacha shifrlash xususiyatlari va moderatsiyaning yo‘qligi sabab Telegram'dan keng foydalanib kelmoqda.

24-avgust kuni Parijda Telegram asoschisi Pavel Durov hibsga olinganidan keyin Telegram yana muhokama mavzusiga aylandi.

Fransiya OAVlari Durov Fransiya Ichki ishlar vazirligi qoshidagi voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha maxsus bo‘linma talabiga binoan hibs etilgani haqida yozdi. Durovga hozircha rasman ayblov e’lon qilingan emas.

Telegram 25-avgust kuni Durovning qo‘lga olinishiga munosabat bildirar ekan, Durovning yashiradigan hech narsasi yo‘qligi, ijtimoiy tarmoqdagi qonun buzilishlari uchun uning egasini javobgarlikka tortish bema’nilik ekanini ta’kidladi.


2011 va 2012-yillarda Moskvani larzaga keltirgan ommaviy norozilik namoyishlari bostirilishi ortidan Durov va uning akasi 2013-yilda Telegram'ga asos soldi. Ilovaning asosiy afzalliklaridan biri xabarlarning shifrlangan bo‘lishi va foydalanuvchilarning anonimligidir. Guruhlarda foydalanuvchining telefon raqami ko‘rinmaydi.


Telegram foydalanuchilari soni 900 milliondan ortiq. Ularning aksariyati Rossiya, Ukraina va boshqa sobiq Ittifoq respublikalari aholisi. Ilova dunyo bo‘ylab Whatsapp va Messenger'dan keyin uchinchi yirik platforma bo‘lib turibdi.

Eronda Telegram'dan 40 millionga yaqin odam foydalanadi.
2018-yilda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari paytida Telegram asosiy ma’lumot manbai bo‘lgan. Ko‘pgina eronliklar oila va do‘stlar bilan muloqotda shuningdek, davlat OAVlarida mavjud bo‘lmagan yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun Telegram'dan foydalanishadi.

Mutaxassislar boshqa messenjerlar bilan taqqoslaganda, Telegram “noqonuniy kontentni aniqlash nuqtayi nazaridan kamchiliklarga ega"ligini aytishadi.
Mutaxassislar boshqa messenjerlar bilan taqqoslaganda, Telegram “noqonuniy kontentni aniqlash nuqtayi nazaridan kamchiliklarga ega"ligini aytishadi.


Telegram'ning shifrlash xususiyati, bolalar pornografiyasi va o‘g‘irlangan kredit karta ma’lumotlari tarqatuvchilarini o‘ziga jalb qildi. BBC 2019-yilda o‘tkazgan tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, Telegram va Discord, politsiyaning «qorong‘i tarmoq» deb nomlanuvchi jinoiy bozorlarga qarshi muvaffaqiyatli operatsiyalaridan so‘ng ommalashib ketgan.

BBC surishtiruvi davomida pedofillar aynan Telegram va Discord orqali boshqalarga noqonuniy materiallarga kirish uchun havolalar yuborib kelgani, qolaversa, YouTube'dagi videolarning sharhlar bo‘limida ham turli telegram guruhlariga havolalar qoldirganiga oid dalillar topdi.

Telegram dezinformatsiya tarqatishda ham kuchli vosita ekanligini isbotladi. 2023-yil o‘tkazilgan jurnalistik tadqiqotda telegram Markaziy va Sharqiy Yevropadagi dezinformatsiya uchun eng asosiy platforma bo‘lib xizmat qilgani qayd etilgan. Tadqiqotda shuningdek, nemis tilidagi telegram kanallari «Markaziy va Sharqiy Yevropaning qolgan qismiga ta’sir etuvchi ekstremal fikr markazi sifatida muhim rol o‘ynashi» ta’kidlangan.

Bu Germaniya hukumati bilan ziddiyatga sabab bo‘ldi. 2022-yilda Berlin Telegram'ni Germaniya qonunchiligiga rioya qilmagani uchun 5,1 million yevro miqdorida jarimaga tortdi.

2022-yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan beri Kreml Telegram'dan ko‘proq foydalanmoqda.

DFRLab agentligi Rossiyaning xususiy harbiy kompaniyalari Telegram'dan mablag‘ yig‘ish, harbiylarni yollash va ma’lumot almashish uchun foydalanganini aniqladi. Agentlikka ko‘ra, Vagner yollanma guruhi hududiy qabul bo‘limlarining kamida 30 ta alohida kanali bo‘lgan. Biroq, Roskomnadzor 2023-yil iyun oyida Vagner isyoni paytida unga oid kanallarni bloklab qo‘ydi.

Нукус воқеаларини ёритган Телеграм-канал ортида ким турибди?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:19:02 0:00


Telegram'dan muloqot va tashviqot vositasi sifatida keng foydalanib kelayotgan rossiyalik blogerlar, rasmiylar va boshqalar Durov ishini diqqat bilan kuzatmoqda.

Rossiya xavfsizlik apparatiga aloqador Baza telegram kanali Mudofaa vazirligi xodimlari, taniqli biznesmenlar va bir qancha xavfsizlik agentliklari xodimlariga ilovadagi ish bilan bog‘liq yozishmalarni o‘chirish buyurilganini bildirdi.

«Durovning hibs qilinishi Rossiyadagi Z-blogerlar uchun, uchun haqiqatdan qo‘rqinchli, chunki ularning butun faoliyati Telegram'dagi anonim va yarim anonim kanallarga bog‘liq», deb tushuntiradi Latviyada chiqadigan «Novaya gazeta-Europe» nashri bosh muharriri Kirill Martinov.

XS
SM
MD
LG