Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 10:41

2022 - Tarmoqlar: “jiplik” imomlar, muhtasham uchlik, “Otrabotayem!” 


2022 - тармоқларда баҳс бўлган 5 воқеа
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:20:05 0:00

O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar jamoatchilik fikrini ko‘rsatuvchi barometrga aylanib ulgurdi.

Keng omma maishiy muammolardan jiddiy siyosiy hodisalarga qadar – katta-kichik masalalarga faol munosabat bildirmoqda. Hukumat ham kezi kelganda jamoatchilik kayfiyati bilan hisoblashishga majbur bo‘lmoqda.

Ozodlik 2022-yil davomida ijtimoiy tarmoqlarda tilga tushgan, shov-shuv va keng muhokamalarga sabab bo‘lgan 5 hodisani yodga oladi.

Gaz-svet muammosi: Zulmatdagi O‘zbekiston

25-yanvar kuni Markaziy Osiyoning uch davlati – O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda elektr ta’minotida misli ko‘rilmagan avariya ro‘y berdi.

Blekaut sabab O‘zbekistondagi elektr stansiyalar, gaz konlari, aeroportlar, vokzallar, yoqilg‘i quyish shoxobchalari va boshqa infratuzilma obyektlari yopildi, svetoforlar ishlamay qoldi, issiqlik, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimida uzilishlar yuzaga keldi.

Toshkentda esa metro poyezdlari to‘xtab, yuzlab yo‘lovchi evakuatsiya qilindi.

O‘zbekiston energetika vazirligiga ko‘ra, elektr ta’minotini to‘liq qayta tiklash uchun ikki sutkadan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi.

Markaziy Osiyo davlatlari texnogen avariya borasida dastlab bir-birini ayblab bayonotlar berdi. Hodisani o‘rganib chiqqan davlatlararo komissiya mart oyida e’lon qilgan xulosada blekaut O‘zbekiston energiya tizimidagi uzilish oqibatida yuz bergani ko‘rsatilgan.

ZIMISTON-UZ. 6-qism: Андижон ҳокими камбағалларга қуёш панели бермоқчи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:38 0:00

Joriy yilning ilk oyi kabi, so‘nggi oyida ham 36 millionli O‘zbekiston energetik inqiroz bilan yuzma-yuz keldi. Birinchi qordan keyinoq mamlakat bo‘hron domida qoldi.

Korxona va tashkilotlar, maktab va shifoxonalar, xonadon va uylar elektr ta’minotidan uzildi. Gaz ta’minoti ham izdan chiqdi. Metan gaz quyish shoxobchalari yopilgach esa, mamlakat bo‘ylab avtomobillarning bir necha kilometrga cho‘zilgan navbatlari paydo bo‘ldi.

Hatto Toshkentda ham ilk bor gaz “zapravka”lar yopildi. O‘tin, ko‘mir va tezak nimaligini bilmagan poytaxtliklar bu yil energetik bo‘hronni o‘z tanasida yaxshigina his qildi.

Korxonalar gazdan uzilgach, o‘n minglab odam ishsiz qoldi. Viloyatlar va poytaxtda gaz va elektr taqchilligiga qarshi kichik ko‘lamda norozilik namoyishlari ham o‘tkazildi.

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov uzilishlarni iste’mol oshib ketgani bilan izohlar ekan, cheklov kiritilmasa, yanvardagi kabi blekaut takrorlanishini aytdi.

Rasmiylar tegishli choralar ko‘rilayotgani haqida bayonotlar berayotgan bir paytda gaz va elektr muammosi sabab odamlar hayotdan bevaqt ko‘z yumayotgani haqidagi xabarlar oqimi tinmayotir.

Millionlab o‘zbekistonlik uchun chiroq va gaz hayot-mamot masalasi bo‘lib qolmoqda. Energiya resurslariga boy mamlakat nega bu muammoni hozirga qadar hal qila olmayapti? Jamoatchilik bu savolga jo‘yali javob ololganicha yo‘q.

Norboyeva: “Ordona qolgur” orden

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva 2021-yil oktabr oyida O‘zbekistonda chiroq o‘chishi tarixda qolgani haqida iddaosi bilan ijtimoiy tarmoqlarini, ta’bir joiz bo‘lsa, portlatgan edi.

Tasodifmi yoki taqdir hazili, Norboyeva xonim 2022-yilning aynan oktabr oyida yana mojarolar markazida qoldi.

28-oktabr kuni Samarqandda o‘tkazilgan MDH Parlamentlararo assambleyasining 54-sessiyasi chog‘i Norboevaga Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan berilgan mukofot topshirildi.

Senat raisi rossiyalik hamkasbi Valentina Matviyenko qo‘lidan “Do‘stlik” ordenini qabul qilar ekan, bu mukofotga sazovor bo‘lish “ulkan sharaf” ekanini aytdi.

“Rossiya prezidenti Vladimir Putinga samimiy minnatdorlik so‘zlarimni bildirmoqchiman. Ushbu ordenni, albatta, oqlaymiz”, dedi u.

OzodNazar: Истеъфоси талаб қилинаётган Танзила Норбаева ва иссиқсиз қолган иссиқхоналар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:39:13 0:00
Lavozimi bo‘yicha O‘zbekistonda ikkinchi shaxs hisoblangan Senat raisining Kremldan orden olishi, boz ustiga, uni “albatta oqlash”ga (asliyatda “obyazatelno otrabotayem”) so‘z bergani tarmoq faollarini darg‘azab qildi.

XIX asrning so‘nggi choragidan XX asr boshlariga qadar avval Rusiya imperiyasi, keyinroq Sho‘ro davlati hukmfarmoligi ostida bo‘lgan zamonaviy O‘zbekistonda Moskva bilan oldi-berdilar hamisha hassos qabul qilingan. Ayniqsa, Ukraina bosqini davom etayotgan bir paytda millat zehniyatini qullik tuyg‘usi, postkolonial tafakkurdan tozalash lozimligi bot-bot aytilmoqda.

Norboyevaning, blogerlar ta’biricha, “o‘zini tobedek tutishi” ham jamoatchilik tomonidan aynan postkolonial tafakkur prizmasidan baholandi.

  • “Siyosatchi!.. Bo‘lganda ham mustaqil bir davlatning yirik amaldor siyosatchisi!.. Og‘zining so‘lagini oqizib, kechagi xo‘jayiniga yaltoqilanib, “...oqlayman!” deb tursa, mustaqillikka xiyonat, millatga xiyonat, xalqqa xiyonat, vatanga xiyonat, davlatga xiyonat bo‘ladi!” taniqli yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxon

Siyosiy tahlilchi Sardor Salimning “Adolatsiz urush olib borayotgan shovinist neoimperchi oqposhshodan orden-medallarni bular oladi, uyatdan esa biz qizaramiz” degan fikri ham e’tiroz ko‘lami katta ekanini ko‘rsatadi.

Bir guruh faollar Senat raisidan iste’fo talab qilib petitsiya ham imzoladi.

Ayrim blogerlar “ochiqlik farishtasi” deya ta’riflagan Norboyeva esa jamoatchilikda chuqur xavotir va kuchli g‘azab uyg‘otgan masalada sukut saqlamoqni ma’qul ko‘rdi. “O‘raga sichqon tushdi – guldurgup” qabilida ish tutilishi esa savollarni yanada ko‘paytirdi, xolos.​

Allamjonovؘ–Mirziyoyeva: Tandemning katta siyosatga qaytishi

Uch yildan buyon turli idoralarda birgalikda faoliyat yuritib kelgan Komil Allamjonov hamda Saida Mirziyoyeva tandemi bir muddat tanaffusdan keyin yana katta siyosatga qaytdi.

Joriy yil 16-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov Prezident administratsiyasining rahbari etib tayinlandi. Oradan o‘n kun o‘tib, Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Prezident administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari sifatida tanishtirildi.

Bu lavozim yangi ta’sis etilgan bo‘lib, Allamjonov jamoatchilik fikrini o‘rganish va axborot siyosatiga javob beradi.

Алламжоновнинг қайтиши: Матбуот эмас, 'мафкура котиби'
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:03 0:00

Oliy hokimiyatdagi navbatdagi tayinlov ham ko‘p kuttirmadi. 14-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri lavozimiga tayinlandi.

Yangi tashkil qilingan sho‘’ba mudiri axborot siyosati bilan birga ijtimoiy soha, madaniyat va ta’lim sohalaridagi islohotlar ijrosini nazorat qilishi ma’lum qilindi.

Bir muddat Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori hamda o‘rinbosari lavozimida ishlagan Komil Allamjonov va Saida Mirziyoeva nodavlat sektorda ishlash istagi bilan 2020-yil yanvar oyida davlat xizmatini tark etgan edi.

Jamoatchilik uchun ularning rasmiy lavozimdan ketishi qanchalik kutilmagan bo‘lsa, yana qayta katta siyosatga qaytishi ham shunday kutilmagan bo‘ldi.

38 yoshli Saida Mirziyoyeva o‘zini bloger va jurnalistlar himoyachisi, xotin-qizlar huquqlari va o‘zbek madaniyati targ‘ibotchisi sifatida taqdim etib keladi. Shavkat Mirziyoyev 2016-yil sentabr oyida oliy iqtidorga kelgunga qadar uning oilasi, jumladan, qizi haqida ham ko‘p narsa ma’lum emas edi.

Rasmiy tarjimai holga ko‘ra, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil ko‘rgan Saida Mirziyoyeva Moskva davlat universitetida iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

U 2019-yildan davlat mulozimi sifatida jamoatchilik nigohiga tushdi. Ijtimoiy tarmoqlarda faolligi, turli yo‘nalishdagi loyihalarga bosh-qosh bo‘layotgani sabab Saida Mirziyoyeva marhum prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova bilan ko‘p bora muqoyasa etilgan.

Komil Allamjonov BBC’ga bergan intervyusida bu boradagi savolga javob berar ekan, Gulnora Karimovaning xatolari o‘ziga xos saboq ekanini ta’kidlagan.

Aslida, Mass-media fondining nodavlat tashkilot maqomi ham Mirziyoyevaning O‘zbekistonga tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlar bilan muzokaralar o‘tkazishiga to‘sqinlik qilmagan. Endilikda esa u ham birinchi oila vakili, ham prezident devoni mulozimi sifatida yanada faol bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

So‘nggi tayinlovlarga munosabat bildirgan “Kun.uz” nashri Allamjonov va Mirziyoyevani “so‘z erkinligining hukumat ichidagi asosiy targ‘ibotchilari va himoyachilari” deb atagan.

9-dekabr kuni ikki mulozim AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi Jonatan Henik bilan uchrashdi. Rasmiy xabarda aytilishicha, uchrashuvda ochiqlik va so‘z erkinligini ta’minlash masalasi muhokama qilingan.

Отасининг қизи. Саида Мирзиёева ким?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:43:20 0:00

Komilov: Saratonda gumburlagan momaqaldiroq

Rossiyaning Ukrainaga tajovuzi borasida o‘zbek jamiyatida qorishiq munosabatni kuzatish mumkin. Ziyoli qatlam Putin armiyasining suveren Ukrainaga tajovuzini ochiq qoralayotir. Hukumat va rasmiy matbuot esa betaraflik, aniqrog‘i, ehtiyotkorlik pozitsiyasini tanlagan.

17-mart kuni Senatning yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida nutq so‘zlagan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov xiyla keskin ohangdagi bayonoti bilan ehtiyotkorlik tutumini buzgandek bo‘ldi.

Mamlakat bosh diplomati O‘zbekiston Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetini hurmat qilishi, o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Luganck xalq respublikalarini tan olmasligini ma’lum qildi.

U, shuningdek, mojaroni siyosiy vositalar yordamida hal qilish uchun zo‘ravonliklarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.

Komilovning bu bayonoti saratonda gumburlagan momaqaldiroqdek taassurot uyg‘otdi. Ijtimoiy tarmoqlarda vazir “qat’iy va dadil pozitsiyasi uchun” olqishlarga ko‘mildi.

Parlament minbaridan yangragan fikrlar Toshkentning rasman neytral, amalda esa tushunarsiz pozitsiyasiga oydinlik kiritgandek edi. Qo‘shni Qozog‘istonning Ukraina bosqini bo‘yicha nisbatan qat’iy pozitsiyasiga havas qilib kelgan faollar ham Komilovning chiqishini xush qarshiladilar.

Ammo eyforiya kayfiyati ikki kunga bormay tumandek tarqadi. Kreml matbuot xizmati Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari telefonda suhbatlashgani, Shavkat Mirziyoyev Ukraina urushi borasida “tushunish izhor qilgan” haqida xabar yoyinladi.

“Tushunish izhor qilish” nimani anglatishi borasida bahs-munozara qizigan bir paytda O‘zbekiston tashqi siyosat mahkamasi vazir Komilov “xastalanib qolgani” to‘g‘risida axborot berdi. Boz ustiga, O‘zbekistondan Ukrainaga yo‘llangan gumanitar ko‘mak yuki manzilga yetmay ortga qaytarilgani ham o‘rtaga chiqdi.

Ozodlikning tashqi ishlar vazirligiga yaqin manbasiga ko‘ra, Ukraina borasidagi bayonot ortidan Kreml Toshkentga kuchli bosim o‘tkazgan. 40 kun o‘tib, Abdulaziz Komilovning vazir lavozimidan bo‘shatilishi ham Ozodlik manbasi ma’lumotini tasdiqlaydi.

Мирзиёев ташқи сиёсатни 19 йил бошқарган А. Комиловни нега ишдан олди?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:23 0:00

Chorak asrdan beri O‘zbekiston oliy boshqaruvida ot surib kelgan 75 yoshli Abdulaziz Komilov ko‘chada qolgani yo‘q.

U 27-aprel kuni Prezident huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari etib tayinlangan bo‘lsa, 16-iyun kuni bunga qo‘shimcha ravishda Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimini ham egalladi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, ushbu diplomatik taranglikdan keyin rasmiy Toshkent Ukraina bosqini borasida yanada ehtiyotkor bo‘lib qoldi. ​

Xalqni sabrga chorlagan “jiplik” imomlar

Shu kunda, ijtimoiy tarmoqlarda faollar va oddiy o‘zbekistonliklarning bu yil yanada keskinlashgan svet-gaz muammosidan noroziligi keskin ortib bormoqda.

Bu norozilikni bostirish uchun, hukumat rasmiylari ketma-ket bayonotlar berdi, hatto yillar davomida rasmiy murojaatlariga javob bermagan Energetika vazirligi rahbarining Ozodlikka eksklyuziv ma’lumot berdi.​

Bundan tashqari, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tayinlagan masjid imomlari ham o‘z ma’ruzalarida asosiy e’tiborni aholining noroziligi bostirish va ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda norozilikni ifoda qilishdan qaytarishga qaratmoqda.

Ijtimoiy kayfiyat tarang bo‘lib turgan bir vaqtda Toshkent shahri bosh imom-xatibi Rahmatulloh Sayfiddinov aholini shukr va sabrga chorlab ma’ruza qildi. U “ota-bobolar ham chiroq va gazsiz yashagani”ni ta’kidlar ekan, musulmonlarni ijtimoiy tarmoqlarda bu muammoni ko‘tarib, “mamlakatni butun dunyoga sharmanda qilmaslik”ka da’vat etdi. Ayni choqda, vahima, to‘polon, qo‘zg‘olon bilan ish bitmasligini uqtirdi.

ZIMISTON-UZ XABARLARI. 4-qism: “Ҳукуматнинг жазо кампанияси хўжакўрсинга қилинмоқда”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:49 0:00
Rasmiy bayonotlaru imomlar va’z-nasihatlari aholini tinchlantirish o‘rniga, ayrim hududlarda yangi bahslarni uyg‘otayotgani kuzatilmoqda.

Imom-xatibning ma’ruzasiga ijtimoiy tarmoqda ko‘p ming sonli auditoriyaga ega Aqida Xonim ham munosabat bildirdi.

  • “Noshukr va besabr ekanmiz o‘ylab qarasam. 2007-2008-yil edi adashmasam. Qattiq sovuq bo‘lgan. Kechasi xarorat -28C* ga tushib ketar, gaz past, svet xira, elektr pech yoqsa, schyotchik otvorardi. Uxlaydigan xonamizni derazalari muz bilan qoplangan, ovqatni o‘choqda qilardik. Kechasi yaxlab qolmaslik uchun baklashkalarga issiq suv qilib, o‘shani quchoqlab yotardik. Xozir duxovkani yoqib, og‘zini ochib oyog‘imni miltillab turgan olovida isitib o‘tirib shu postni yozyapman. Biz besabr va noshukrlarni kechiringlar, domla!”
  • “Bobolarimiz elektrsiz, gazsiz yashadi, o‘lmadi”, degan ma’ruzani o‘qidi. Keyin jipga minib ketdi. Tuya yoki otga emas!” deya kinoya qildi boshqa bir bloger Sanjar Xo‘ja.

2022-yilining 26-iyunida O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yilgandi.

100dan ortiq o‘zgarishlar orasida, Bosh qomusning Qoraqalpog‘istonga oid 5 modda ham borligi, noroziliklar asnosida jamoatchilikka ma’lum bo‘ldi.

Aksar tahlilchilar, hukumat Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishga oid referendumni avvaliga Nukus voqealari sabab qoldirgan bo‘lsa, keyinchalik aynan energetik taqchillik bois aholida favqulodda kuchaygan norozilik kayfiyati sabab yana surishga majbur bo‘ldi, degan xulosada.

XS
SM
MD
LG