Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:51

Suvsizlikning tubi: Kichik Oroldan suv qochmoqda. Baliqlar ham


 Mukang‘ozi Ibayev (chapda) sherigi bilan motorli qayiqni suvning chuqurroq joyiga sudrab bormoqda. Kichik orol, Qizilo‘rda viloyati, 22-avgust, 2023.
Mukang‘ozi Ibayev (chapda) sherigi bilan motorli qayiqni suvning chuqurroq joyiga sudrab bormoqda. Kichik orol, Qizilo‘rda viloyati, 22-avgust, 2023.

Kichik Orol sohilidagi baliqchilar joyi. Bu faqat past bo‘yli butalar o‘sadigan qaqragan ochiq maydon. Bu yerda bir paytlar dengiz bo‘lgan, hozir esa tuz chang shunchalik baland ko‘tarilganki, mashina oynasini ochish ilojsiz. Faqat dengizga yaqinlashganda salqin havo dimoqqa uriladi, chuqur nafas olasiz.

Kichik Orolda 18 baliqchilik uchastkasi ijaraga berildi. Shulardan yettinchi uchastkaga Ozodlik muxbiri bordi. Baliqchilar ertalabki ovdan so‘ng dam olishdi – ba’zilar yotibdi, ba’zilari qishloqdagi hayotni muhokama qiladi. Ularning barchasi “yettinchi uchastka”dan, 130 kilometr uzoqlikda joylashgan Shomishko‘l qishlog‘idan kelgan.

51 yoshli Abilbay Abildayev o‘n bolaning otasi: to‘qqiz qiz va bir o‘g‘il. Bolalarini Orol dengizida baliqchilik qilib ulg‘aytirganini aytadi.

“Baliqchilik ota-bobolarim kasbi. Xudo xohlasa, men ham bu ishni tashlamayman. Ellikdan oshgan odamga boshqa ish topish qiyin”, deydi baliqchi qirg‘oqdan uzoqlashayotgan moviy dengizga qarab.

Orol dengiziga olib boruvchi yo‘lning katta qismi tap-taqir cho‘ldan iborat. Qizilo‘rda viloyati, 22-avgust, 2023.
Orol dengiziga olib boruvchi yo‘lning katta qismi tap-taqir cho‘ldan iborat. Qizilo‘rda viloyati, 22-avgust, 2023.

Abilbayning o‘g‘li baliqchi bo‘lishni istamaydi, otasi ham uni tushunadi: keyingi yillarda Sirdaryodan kelayotgan suv kamayib, dengiz suvi yanada sho‘rlashib bormoqda. Natijada Orolda baliq zahiralari tugab, baliqchilarining daromadi ham kamaygan.

“Daryodan dengizga suv oqmay qo‘ydi, baliqlar sezilarli darajada ozaydi. Daromadimiz 50-70 foizga kamaydi. Hozir ahvol unchalik yaxshi emas... Dengiz suvga muhtoj. Suv bo‘ladi, ovlar ko‘payadi. Ammo hozir ahvol shuki, doim ham xarajatlarni oqlay olmaymiz. Bu bahorda baliq umuman bo‘lmadi”, -deydi Abilbay Abildayev.

Baliqchilar bu joyda 10-15 kun yashaydi. Bu yerga baliq ovlash uskunalari, qayiq uchun yoqilg‘i va oziq-ovqat olib kelishadi. So‘nggi paytlarda bularni qarzga olishyapti. Agar ov baroridan kelsa, qarzlar uzilib, oilaga ham nimadir qoladi.

Baliqchilar aytishicha, har bir qayiq ish yurishgan kunlarda kuniga 20-30 kilo baliq olib keladi. Ov qayiqdagi ikki baliqchi o‘rtasida teng taqsimlanadi. Har kuni ertalab mahalliy tadbirkor yangi baliq sotib oladi va uni baliq zavodiga olib boradi.

Orol baliqchilari voblani 200 tangadan, sazanni 500 tangadan, kulbaning kilosini 1300 tangadan sotyapti. Talabga qarab baliq narxi ko‘tariladi yoki tushadi.

“2005-yilda Ko‘karal to‘g‘oni qurilganidan beri baliqchilik bilan shug‘ullanaman. Avvaliga dengiz suvi sho‘r edi. Hamma baliqlar daryoning quyilish joyida bo‘lardi. Biz faqat o‘sha yerda baliq tutardik. Suv kelishi bilan dengiz asta-sekin yangilanib, baliqlar ko‘payib, Oqbastaga yetib keldik. So‘nggi ikki-uch yil ichida dengizga suv quyilishi to‘xtadi, yana baliq yo‘q. Ilgari bitta qayiqda kuniga 100 kilo baliq ovlash imkoni bor edi, hozir 20-30 kilodan ham xursandmiz. Ba’zida quruq qo‘l bilan qolamiz”, - deydi baliqchi Mukang‘ozi Iboev.

Tushdan keyin baliqchilar navbatdagi safarga tayyorgarlik ko‘ra boshladilar. Avval biz eski mototsiklga to‘rlarni yukladik. Mototsiklda bir kishi ularni qirg‘oqqa olib chiqdi. To‘rlar bilan suvga chiqish alohida bir vazifa. O‘tgan yilning o‘zida dengiz qirg‘oqdan taxminan bir yarim kilometr uzoqlashdi.

Mukang‘ozi Iboyevning yordamchisi Asxat qayiqqa elliklik to‘rni (to‘r katagi 55 mm) yukladi. Baliq ovlash an’anasiga ko‘ra, ularga “Moylansin!” ("Ov baroridan kelsin!") deb tilak aytishadi. "Ha, shunday bo‘lsin!" deb javob beradi baliqchilar baland ovozda.

Mahalliy baliqchilarning qayiqlari. Ko‘pincha baliqchilar o‘ljasi yonilg‘i xarajatini ham qoplamaydi.
Mahalliy baliqchilarning qayiqlari. Ko‘pincha baliqchilar o‘ljasi yonilg‘i xarajatini ham qoplamaydi.

Qayiqni suvga tushirgandan so‘ng, baliqchilar uni tom ma’noda yana 500-600 metrga sudrab borishadi, motorli qayiq sayoz suvda sirpanadi.

“Biz qirg‘oqdan bir yarim-ikki kilometrcha yo‘l yurdik. Hali ham dvigatelni sudrab ketyapmiz. Bu yerda juda sayoz, faqat yarim metr suv bor. 20-30-kilometrda to‘rni tashlaymiz. Kechqurun qaytamiz. Bu vaqt ichida 50 litr yoqilg‘i ketadi. Hech vaqosiz qaytib, yonilg‘i xarajatini qoplay olmay qolgan paytlarimiz ham bo‘ladi”,- deydi baliqchi Mukang‘ozi Iboyev.

“TUMAN HAYOTI DENGIZ BILAN BOG‘LIQ”

Suv kamligi sababli, ko‘proq odamlar baliqchilikni tashlab, boshqa sohalarda ish izlab yoki boshqa joylarlarga ketmoqda. Buni qirg‘oqda tashlab ketilgan ko‘plab qayiqlar ham tasdiqlaydi.

“Baliqchilar navbatchilik asosida ishga, yozda esa qurilishga boradi. Bularning bari ularning qayiqlari. Bu qayiqlarni sotmoqchi bo‘lsa ham kim sotib oladi? Hech kimga kerakmas. Bu yerda hamma baliqchi. Bir tomondan, ular dengizning qaytishidan, suv kelishidan umid uzishni istashmaydi. Hamma narsa oxir-oqibat baribir suvga bog‘liq. Agar suv kelsa, vaziyat o‘nglanadi. To‘g‘onda suv ko‘p bo‘lgan yillarda Kichik Oroldan suv Katta Orolga oqib o‘tardi. O‘sha yillarda bu qayiqlarning hech biri hozirgidek yotmagan. Ularning hammasi suvda edi, odamlar yaxshi ishlab, yaxshi yashardi”, - deydi Orollik baliqchi tadbirkor Jetkergen Akmirzayev.

Orol shahri va uning atrofidagi 15 aholi punkti hayoti baliqchilik bilan chambarchas bog‘liq. Ulardan biri Orol shahridan 170 kilometr uzoqlikda, Sirdaryoning og‘zida joylashgan Qorashalon qishlog‘idir.

Qorashalonda mahalliy aholi "to‘qal tom" deb ataydigan uylar saqlanib qolgan – ular qamishdan qurilgan, tomsiz, tashqarisi esa loy bilan suvalgan. “Bunday uylarda baliqchilar yashar edi. Keyinchalik Ko‘karal to‘g‘oni qurildi, suv dengizga oqib tushdi, baliqchilar qishloqlarida hayot yaxshilana boshladi”, deydi mahalliy turg‘unlar.

An’anaviy qozoq qishloqlarida katta uylar yaxshi hayot nishonasidir. Qorashalonda esa ular soni oz emas. Olis qishloqlarda kottej qurganlar ham bor. Bu yerda qadimdan baliqchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanishgan. Ammo dengiz ularga yaqinroq – u hayot manbai.

“Mart oyidan beri dengizga suv tushmadi. Bu yerda 124 oila istiqomat qiladi, hamma suv tashvishida. Qishlog‘imizda 70-80 nafar baliqchi bor. Oilalarining farovonligi dengiz bilan bog‘liq”,- deydi Qorashalon qishlog‘ida yashovchi O‘razbay Ospanov.

“TUZ MIQDORI BALIQLAR UCHUN XAVFLI DARAJAGA YAQINLASHGAN”

Suv tizimiga texnogen bosim kuchaymoqda, dengizning biologik resurslari kamaymoqda.

Mahalliy ixtiolog Zaualxon Ermaxanov Kichik Orol ham o‘lik dengizga aylanishi mumkinligidan xavotirda. Zero, Sirdaryodan suv oqimi kamaygani sayin dengizning sho‘rligi ham ortaveradi. Hozirgi vaqtda dengiz suvi litri uchun tuz miqdori 13 grammni tashkil qiladi. Agar suv sho‘rligi 16 grammdan oshsa, baliqlar nobud bo‘ladi.

“Orolning mahalliy baliqlari o‘rtacha 10 gramm suv sho‘rligida tuxum qo‘ygan. Agar bir litr dengiz suvida 10 grammdan ortiq tuz bo‘lsa, baliqning urug‘lanishi qiyin bo‘ladi. Urug‘lansa ham, tuxum o‘ladi. Oxirgi paytlar buni payqadik. Hozir dengiz suvi sho‘rligi 13 gramm. Shuning uchun baliqchilar xavotirda. Kichik Orolning 30 foizini egallagan akvatoriyada Sirdaryodan suv etishmayotgani uchun baliq omon qolmaydi”, - deydi Zaualxon.

Mutaxassisning ogohlantirishicha, Kichik Orol muammosiga zudlik bilan echim topilmasa, bu tabiat va insoniyatga tuzatib bo‘lmas zarar yetkazadi.

“Ilgari, Ko‘karal to‘g‘oni qurilgunga qadar Kichik Orol sho‘rligi 35 grammni tashkil qilgan. Ya’ni, okean sho‘rligi bilan bir xil edi. O‘sha og‘ir yillarda Kichik Orolda Azov dengizidan olib kelingan kambaladan boshqa baliq yo‘q edi. Shoshilinch choralar ko‘rilmasa, Kichik Orol odamlarning boquvchisi bo‘lmay qoladi, -deydi Zaualxon Ermaxonov.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Qizilo‘rda viloyatiga har yili kirib kelayotgan 12 kub kilometr suvning atigi uch kub kilometri Kichik Orolga quyiladi. Ixtiolog Ermaxanov hujjatda ko‘rsatilgan suv dengizga quyilganiga shubha qiladi.

Zaualxan Ermaxanovning aytishicha, Qozog‘iston daryo suvidan samarasiz foydalanmoqda. Uning hisob-kitobiga ko‘ra, Kichik Orol yiliga kamida olti kub kilometr suv olsagina, besh-olti yil ichida avvalgi holiga qaytadi.

“Sirdaryo bo‘yida Ko‘ksaray to‘g‘oni bor. Undan ko‘zlangan maqsad suv ko‘p bo‘lganda uni to‘plab, yozda Qizilo‘rda viloyatiga jo‘natish. Hozir qarasangiz, Ko‘ksarayda suv bor. Baliq ko‘payib bormoqda. Bunday bo‘lmasligi kerak. Suv pastga yo‘naltirilishi kerak. Ko‘ksaray – bu kontrregulyator, boshqa narsa emas. Chordara suv havzasining maqsadi baliqchilik emas. Shunday ekan, Ko‘ksaray suvi daryoga yo‘naltirilishi shart. Bu Kichik Orolni saqlab qolish yo‘llaridan biri", -deydi Zaualxon Ermaxonov.

INSONIYAT TARIXIDAGI ENG DAXSHATLI OFATLARDAN BIRI

Orol dengizidagi suv sathi 1960-yillardan buyon tez pastlay boshladi. Buning sababi, bir qancha qirg‘oqbo‘yi davlatlari Orol dengiziga quyiladigan ikkita asosiy daryo – Amudaryo va Sirdaryoni dalalarga yo‘naltirib, ekologik halokatga olib kelganidir. Oxir-oqibat dengiz Kichik Orol (Shimoliy dengiz) va Katta Orolga bo‘lindi. Endi Katta Orol yo‘q – bu o‘lik dengiz. Mutaxassislar Kichik Orolning ham boshiga Katta Orolning kuni tushishidan xavotirda.

“Falokat oldini olish uchun daryodan dengizga oqadigan suv hajmini oshirish kerak. Sirdaryo suvidan to‘rt davlat foydalanadi. To‘rtta davlat aholisi va suvga bo‘lgan ehtiyoj yil sayin ortib bormoqda. Qizilo‘rda viloyatiga kirib kelayotgan daryo suvining kamida 50 foizi dengizga yetib bormaydi. Sababi isrofgarchilik. Kam odam suvga yetarlicha e’tibor beradi, uni hisoblaydi yoki qayerga ketayotgani haqida qayg‘uradi. Masalan, O‘zbekistonda suv hisoblagichlari o‘rnatildi. Suv yo‘llari to‘liq betonlangan. U yerda isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Ammo bizda unday emas. Nazorat sustligi tufayli Kichik Orolga boradigan suv tobora kamaymoqda, dengiz esa yil sayin sayozlashyapti”, - deydi “Orol dengizi” jamoat birlashmasi direktori Aynagul Baymaxonova.

Mahalliy baliqchilar baliq ovlash uchun haftalab kutadigan baliq ovlash stansiyasidagi uy.
Mahalliy baliqchilar baliq ovlash uchun haftalab kutadigan baliq ovlash stansiyasidagi uy.

Orol dengizining sayozlashishi insoniyat tarixidagi eng dahshatli ekologik ofatlardan biridir. Dengizni qayta tiklash bilan bog‘liq birinchi tadqiqotlar 1975-1976-yillarda boshlangan. Ko‘karalda ikkita to‘g‘on qurish rejalashtirilgan edi.

Qozog‘iston ushbu ikki to‘g‘ondan biri – Ko‘karal to‘g‘onini 2005-yilda qurib bitkazdi. O‘shandan beri 18 yil o‘tdi. Orol dengizini qutqarishning ikkinchi bosqichi amalga oshmadi.

Mutaxassislar fikricha, so‘nggi besh yil ichida dengiz sathi ikki yarim metrga pasaygan. Bir paytlar Kichik Orolning hajmi 27 kub kilometr bo‘lgan bo‘lsa, hozir 10 kub kilometr yo‘qoldi. Ya’ni Kichik Orol suvining uchdan bir qismidan ko‘prog‘i yo‘qolgan.

Толибоннинг "ҳалокатли канали". Ўзбекистон нега жим?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:28:42 0:00

“MINTAQA DAVLATLARI O‘ZARO KELISHMASA OROL MUAMMOSI HAL BO‘LMAYDI”

15-sentabr kuni Tojikistonda davlat rahbarlari – Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda quriyotgan dengizni tiklash, unga oqib o‘tadigan daryolar suvini tejash masalasi muhokama qilindi. Yig‘ilishda ishtirok etgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonda qurilayotgan Qo‘shtepa kanali Amudaryodagi suvning kamayishiga olib kelishidan xavotir bildirdi. Mirziyoyev Afg‘onistonda hokimiyat tepasida turgan “Tolibon” harakati bilan muloqot o‘tkazishni taklif qildi. Oq O‘rda xabar berishicha, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Orol dengiziga quyiladigan ikki daryoning holati va suvdan samarasiz foydalanish muammosiga e’tibor qaratgan.

“Mintaqamizning ikki asosiy daryosi – Sirdaryo va Amudaryo oqimini tartibga solish darajasi nihoyatda yuqori. Ularning havzalarida 80 dan ortiq suv omborlari qurilgan bo‘lib, ularning umumiy hajmi qariyb 65 kub kilometrga yetadi. Shunday qilib, antropogen ta’sirning ortishi, tabiatdan ekstensiv foydalanish va turli xil ijtimoiy-ekologik muammolarning keskinlashishi kutilmoqda. Bularning barchasi mintaqa uchun jiddiy xavf tug‘diradi”, - dedi Toqayev.

Bu yil Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi tashkil etilganiga 30 yil to‘ldi. Jamg‘armaga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston a’zodir. Prezidentlar sammiti har uch yilda bir marta o‘tkaziladi. Bu yig‘ilishda xalqaro jamg‘armada hozirda qancha mablag‘ borligi, ular qayerga va qanday sarflangani aytilmagan. Avvalroq mutaxassislar Orolni qutqarish jamg‘armasi mablag‘lari mintaqadagi suv tanqisligi va ekologik muammolarni hal qilish uchun yetarli emasligini ta’kidlagan edi.

Ҳокимият чанқоғи ва сув. Саида БМТда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:59 0:00

Niderlandiyaning Delft shahridagi Suv fanlari instituti xodimi, transchegaraviy suv hamkorligi va diplomatiya bo‘yicha maslahatchi Bo‘ta Sharipovaning aytishicha, Markaziy Osiyoda suv tanqisligi muammolari yildan-yilga murakkablashib, siyosiylashib bormoqda.

“Bu paradoks, lekin nizo va mojarolar oldini olish uchun hukumat amaldorlari mutaxassislar bilan suv masalalarini to‘liq muhokama qilmay, faqat yuqori siyosiy darajada qog‘ozda qoldirib, muammoni yanada murakkablashtirdi. Xalqaro jamg‘arma uning asosiy organi bo‘lmish ijroiya qo‘mitasi qayerda joylashishi borasida hanuz kelisha olmayapti. Shuning uchun har uch-to‘rt yilda bir yangi muassasa keyingi mamlakatda ochiladi. Kelgusi yil yanvarida Qozog‘istonda ochilishi rejalashtirilgan. Bu jamg‘armaga a’zo davlatlar fond loyihalari uchun pul ajratmaydi. Ular faqat o‘z tomorqasida biror loyihani amalga oshiradida, bu ularning jamg‘armaga qo‘shgan hissasi ekanini aytishadi”, deydi mutaxassis.

Sharipovaning aytishicha, ko‘pchilik Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi tashkil etilishidan umidvor bo‘lgan, biroq uning hozirgi holatida samarali ishlashi juda shubhali.

“Birinchi sabab, barcha davlatlar tomonidan eng yuqori siyosiy darajada qo‘llab-quvvatlanayotgan bo‘lsa ham, suv bo‘yicha mutaxassislar va boshqa ekspertlar suvni qanday samarali taqsimlashni o‘tirib muhokama qilishmayapti. Fikrimcha, barcha mamlakatlarning suv, energetika, ekologiya va iqtisod bo‘yicha ekspertlari bir joyga to‘planib, bir yechimga kelsa, mintaqadagi yagona birlashtiruvchi omilga aylanishi mumkin. Hozirda davlatlar bir-birini tinglashi dargumon. Har bir davlat faqat o‘z pozitsiyasini va taklifini bildiradi va bir-birini qo‘llab-quvvatlamaydi. Iqlim o‘zgarishi ham suv toshqinlariga, ham qurg‘oqchilikka sabab bo‘lmoqda. Shu bois suv resurslari bo‘yicha muloqot va hamkorlik doimiy muzokaralarni talab qiladi. Markaziy Osiyoda suv muammosini tez va oson hal qilib bo‘lmaydi",- deydi Bo‘ta Sharipova.

XS
SM
MD
LG