Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:35

Sobiq siyosiy mahkum va inson huquqlari faoli Bobomurod Razzoqov vafot etdi


Bobomurod Razzoqov qamoqdan ozod etilganidan so‘ng, 25-oktabr 2016-yil.
Bobomurod Razzoqov qamoqdan ozod etilganidan so‘ng, 25-oktabr 2016-yil.

Buxorolik muxolifat faoli, huquq himoyachisi Bobomurod Razzoqov og‘ir kasallikdan so‘ng 23-yanvar kuni 69 yoshida vafot etdi.

Bu haqdagi xabarni uning o‘g‘li Shuhrat Razzoqov Feysbukdagi sahifasida e’lon qildi.

Ҳуқуқ фаоли Бобомурод Раззоқов озод этилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:26 0:00

Muxolifat faoli bo‘lgan Bobomurod Razzoqov Buxoro viloyatining Jondor tumanida fermerlik bilan shug‘ullangan hamda inson huquqlarini himoya qilish “Ezgulik” jamiyatining Buxoro viloyati bo‘limiga rahbarlik qilgan.

Islom Karimov prezidentligi paytida muxolifat va erkin so‘zga nisbatan keskin ta’qib va tazyiqlar bo‘lishiga qaramay, Bobomurod Razzoqov bolalar mehnati, fermerlar huquqlari poymol qilinayotgani, jamiyatdagi korrupsiya va mahalliy hokimlarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari haqida xorijiy OAVda muntazam chiqishlar qilgan.

Bobomurod Razzoqovning Ozodlikda qilgan chiqishlari.
Bobomurod Razzoqovning Ozodlikda qilgan chiqishlari.

Bobomurod Razzoqov 2013-yilning 24-sentabr kuni Buxoro viloyatining Jinoyat ishlari bo‘yicha Jondor tuman sudi hukmi bilan “odam savdosi”da ayblanib to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Razzoqov sud jarayonida o‘ziga qo‘yilgan ayblov tuhmat ekani, uni qamashdan maqsad ovozini o‘chirish ekanligini aytgan.

Muxolifatchi va inson huquqlari faoli qamoqxonada uch yilu uch oy o‘tirganidan so‘ng ozodlikka chiqarilgan.

Hyuman Rayts Uotch xalqaro inson huquqlari tashkiloti 2013-yil sentabrida e’lon qilgan bayonotida Bobomurod Razzoqovga qarshi odam savdosi bilan bog‘liq ayblovlar uning inson haqlarini himoya qilish bilan bog‘liq faoliyati uchun o‘ch olish ekanini aytgan.

Bobomurod Razzoqov o‘zi yashagan Buxoro viloyatida bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi chiqishlari bilan tanilgandi.

Аъзам Фармонов: Жаслиқдан омон чиққанимга ишонмаяпман!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:35 0:00

O‘zbekiston hukumati uzoq yillar davomida mamlakatda siyosiy mahkumlar borligini inkor etib kelgan, ammo Mirziyoyev hokimiyatga kelishi ortidan siyosiy sabablar bilan qamalgan o‘nlab faollarni ozodlikka chiqargan.

Ayni paytda Mirziyoyev hukumati Yevropa Ittifoqi hamda xalqaro inson haqlari tashkilotlarining qamoqdan ozod etilgan siyosiy faollarni reabilitatsiya qilish haqidagi chaqiriqlarini javobsiz qoldirib kelmoqda.

O‘tgan vaqt mobaynida bir qator faollarning o‘zlarini reabilitatsiya qilishni so‘rab O‘zbekiston sud organlariga qilgan murojaatlari rad etilgan.

XS
SM
MD
LG