Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:54

Sardor Umurzoqov videoselektorida qamoqqa olingan mulozim ozodlikka chiqarildi


Mahalliy matbuotga ko‘ra, 11-dekabr kungi selektor yig‘ilishida Sardor Umurzoqov "xulosa chiqarmagan" mulozimlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atish bilan tahdid qilgan.
Mahalliy matbuotga ko‘ra, 11-dekabr kungi selektor yig‘ilishida Sardor Umurzoqov "xulosa chiqarmagan" mulozimlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atish bilan tahdid qilgan.

O‘tgan yilning 11-dekabr kuni Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov o‘tkazgan videoselektorda qo‘liga kishan solingan «Hududgazta’minot”ning Toshkent viloyat bo‘limi boshlig‘i Muzaffar Aliyev "garov evaziga" ozodlikka chiqarilgan.

Bu haqda avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni 18-yanvar kuni Toshkent viloyat prokuraturasi tasdiqladi.


Prokuratura tergov harakatlari davomida M.Aliyevga nisbatan qo‘llanilgan “qamoq“ ehtiyot chorasi “garov” ehtiyot chorasiga o‘zgartirilganini bildirgan, ammo qachon o‘zgartirilganini aytmagan.

Ozodlik manbalari sobiq mulozim yangi yilning ilk kunlarida qo‘yib yuborilganini aytmoqda.

Namoyishkorona hibs

Ozodlikning 11-dekabr kungi videoselektordan xabardor hukumatdagi manbasi hamda Prokuratura sobiq mulozimlar ustidan olib borayotgan tergovga yaqin manbalarining aytishicha, Toshkent viloyati hokimligi binosida o‘tirib, videoselektorda ishtirok etayotgan Aliyevning qo‘liga “administratsiya rahbarining shaxsan bergan topshirig‘i bilan o‘sha yerning o‘zida kishan solingan".

Yig‘ilishda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Muzaffar Aliyevga nisbatan jinoyat ishi ochilganini ma’lum qilgan edi.

Mahalliy matbuot Muzaffar Aliyevning qo‘liga kishan solingani aks etgan suratini e’lon qilgan.

Ozodlik manbalari Muzaffar Aliyev yangi yilning ilk kunlari qamoqdan chiqarilganini aytmoqda.
Ozodlik manbalari Muzaffar Aliyev yangi yilning ilk kunlari qamoqdan chiqarilganini aytmoqda.

Videoselektorda qatnashgan Ozodlik manbasining bildirishicha, administratsiya rahbari Toshkent viloyat gaz idorasi rahbari kimligini so‘ragan va Aliyev nomi aytilishi bilan "olib borib qamash haqida ko‘rsatma bergan". Ozodlik bilan suhbatda bir-biridan mustaqil manbalar Aliyev bir necha daqiqada tergov izolyatoriga olib borilgani va u yerdan mulozimning qo‘liga kishan solingan surati olinib, videoselektorda namoyish etilganini aytishgan.

Mahalliy matbuot Sardor Umurzoqovning shu majlisda "agar boshqa hududlardagi mas’ullar ham bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmasa va qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ysa, ularga ham, albatta, xuddi shunday jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi", deya aytgan so‘zlaridan iqtibos keltirgandi.

Prezident Mirziyoyev administratsiyasi rahbarining eng ko‘p tanqid qilinadigan idoralardan biri bo‘lgan “Hududgazta’minot” mulozimiga tezkor chora ko‘rishi va boshqa mulozimlarni ham ogohlantirishi ko‘pgina tarmoq faollari va blogerlar tomonidan olqishlangan.

ZIMISTON-UZ. 12-қисм: Мирзиёев энергетик коллапсда кимлар айбдорлигини айтди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:31 0:00

Shu bilan birga, tarmoqlarda muammo uchun asl javobgarlar chetda qolib, yana “quyi bo‘g‘indagi amaldorlar” jazolanayotgani va xalqning e’tiborini chalg‘itish uchun namoyishkorona ishdan olishlar amalga oshirilayotgani haqida izohlar qoldirildi.

Eurasianet: O‘zbekiston energiya tizimi qulash yoqasiga kelib qoldi


Mustaqil Eurasianet nashrining yozishicha, O‘zbekiston hukumati har yilgidan ham sovuq kelgan qishning oqibatlari bilan kurashishga harakat qilmoqda, ammo aksar holatlarda buning uddasidan chiqolmayotir.

"Bu yil qish O‘zbekiston uchun odatdagidan ancha qattiq keldi. Natijada mamlakat energiya tizimi qulash yoqasiga kelib qoldi. Butun mamlakat bo‘ylab son-sanoqsiz uylar jumladan, poytaxt Toshkentda ham xonadonlar elektr ta’minotisiz qoldi. Gaz tarmog‘ida ham bosimning pasaygani odamlarni yanada qiyin ahvolga solib qo‘ygan", deb yozadi nashr.

Uning "O‘zgidromet" matbuot xizmati rahbari Munisa Asqarxo‘jayevadan iqtibos keltirishicha, bu poytaxtda so‘nggi 50 yil ichida kuzatilgan eng past haroratdir.

Ayni damda sovuq antitsiklon chekinyapti. Kunduzi harorat 0 darajadan ko‘tarilgan. Ammo shunga qaramay bir necha kun harorat kechqurunlar -10 dan -17 darajagacha saqlanib qolishi kutilmoqda.

"Bu davrda ko‘plab toshkentliklar, xususan, yosh bolali oilalar, elektr va gaz ta’minoti ancha yaxshi shahardan tashqaridagi qarindoshlarinikiga yo‘l olgan bo‘lsa, ba’zilar mehmonxonaga joylashdi. Bunday imkoniyatga ega bo‘lmaganlar esa qalin kiyimlar bilan jon saqlashga majbur bo‘ldi.

Maktablar va ko‘pgina oliy ta’lim muassasalarida qishki ta’til yana 23-yanvarga qadar uzaytirildi".

XS
SM
MD
LG