Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:54

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida savdo-logistik markaz qurilishi boshlandi


Markaz tamal toshini qo‘yish tadbiriga Qirg‘izistonning Jalolobod hamda O‘zbekistonning Namangan viloyati rasmiylari qatnashdi.
Markaz tamal toshini qo‘yish tadbiriga Qirg‘izistonning Jalolobod hamda O‘zbekistonning Namangan viloyati rasmiylari qatnashdi.

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Olabuqa tumanidagi qirg‘iz-o‘zbek chegarasiga yaqin yerda 19 - iyun kuni savdo-logistik markazining qurilishi boshlandi.

Qirg‘iz-o‘zbek savdo munosabatlarini kuchaytirish maqsadida qurilayotgan markaz tamal toshini qo‘yish tadbiriga Qirg‘izistonning Jalolobod hamda O‘zbekistonning Namangan viloyati rasmiylari qatnashdi.

Savdo logistik markazi Olabuqa tumanining O‘zbekiston bilan chegaradosh Bayastan qishlog‘idagi 20 gektar yerga quriladi. Markazni qurayotgan tadbirkor Ulan Maqsimbekovga ko‘ra, bu yerda qirg‘iz-o‘zbek qo‘shma korxonalari faoliyat olib borishi rejalashtirilgan.

“Qo‘shma korxonalarni quramiz. Xususiy tadbirkorlarga ham ish o‘rinlari bo‘ladi, innovatsion markazlar tashkil etiladi”, -deydi Ulan Maqsimbekov.

Markazda qishloq xo‘jalik va go‘sht mahsulotlarini saqlash, ularni eksport qilish bo‘yicha ishlar olib boriladi. Mazkur markaz filialini Toshkent shahrida ham tashkil etish rejalashtirilgan.

O‘zbekistonlik tadbirkor Tuyg‘unjon Musayev mazkur markaz orqali Qirg‘izistondan go‘sht va asal sotib olmoqchiligini aytdi:

“Bizning mahsulotlar O‘zbekistondan bu yerga keladi. Bu yerdan O‘zbekistonga mahlsuot olib o‘tiladi. Markazda O‘zbekiston savdo uyi degan filal quriladi. Bu yerda qilayotgan ishlarimiz O‘zbekistonda ham bo‘ladi. Biz Qirg‘izistondan asosan go‘sht va chorva mollari sotib olishdan manfatdormiz”,-dedi Tuyg‘unjon Musayev.

Savdo-logistik markazi qurilayotgan Bayastan qishlog‘i O‘zbekistonning Kosonsoy hududi bilan chegaradosh. Agarda markaz ishga tushsa, Olabuqa tumanidagi 2,5 ming fuqaro ish bilan ta’minlanishi ham aytildi.

Qirg‘iziston Ministrlar kabinetining Jalolobod viloyatidagi vakili Absattar Sirg‘abayevning aytishicha, logistik markazning ishga tushishi bilan O‘zbekistonga go‘sht eksport qilishga qulay sharoit yaratiladi. Shu bilan birga terini qayta ishlashga imkon tug‘iladi.

“Chorva qo‘shni davlatga qonun doirasida o‘tkaziladi. Ayni paytda chorvani O‘zbekistonga kontrabanda qilish kuzatilmoqda. Avval mol va qo‘ylar O‘zbekistonga tirik sotilgani uchun arzonroq bo‘lgan. Go‘sht eksporti esa qimmatroq bo‘ladi. Davlatga soliq ham tushadi. Mol bozor ishlaydi. Terini, yungni qayta ishlash bo‘yicha ham muzokaralar o‘tkazilmoqda. Aholiga ish o‘rinlari yaratiladi”, -dedi rasmiy.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning shu yil martida Toshkentga qilgan safari chog‘ida, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan bir qator kelishimlar imzolangan. Jumladan, Olabuqa tumanidagi qirg‘iz-o‘zbek chegarasiga yaqin yerda savdo –logistik markazini qurish rejalashtirilgan edi.

Biroq aytish joizki, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2018 - yil 22 - iyundagi "Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga tovarlarni olib o‘tish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ikki davlat chegarasidagi bozorlar faoliyatini va chegaradan istalgan mahsulotning emin-erkin o‘tishini shubha ostiga qo‘yadi.

Chunki qarorda O‘zbekiston hududiga istalgan miqdorda mahsulot olib kirishga cheklovlar bor. Masalan, qarorga asosan, endilikda temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda – 1000 AQSh dollari miqdorida hamda avtomobil yo‘li (piyodalar yo‘li) o‘tkazish punktlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda esa – 300 AQSh dollari miqdorida tovarlarni 1 kalendar oy davomida 1 donadan bojxona to‘lovlarisiz olib kirish mumkin.

XS
SM
MD
LG