Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:53

“Filmda nima ayb” -  O‘zbek rejissyori kino rahbariyatini senzurada ayblamoqda

O‘zbek kinorejissyori Nozim To‘laxo‘jaev "Tanho qayiq" filmini suratga olish jarayonida.

O‘zbekistonlik kinorejissyor Nozim To‘laxo‘jayev O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Orol fojiasi haqidagi “Tanho qayiq” badiiy filmini Londonda o‘tgan Osiyo filmlari festivali dasturidan oldirib tashlaganini aytmoqda.

To‘laxo‘jayevning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, uning filmi 4-15-may kunlari London shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro festivalning “short-listi”ga kirgan.

“Tanho qayiq” festivalda O‘zbekistondan qatnashgan yagona film bo‘lgan.

“Tanho qayiq” London festivalida O‘zbekistondan qatnashgan yagona film bo‘lgan.

“Men shu filmni asl xolida festivalga taqdim etdim. To‘g‘risi o‘ylamagandim o‘tishiga. Long listdan ham short listdan ham o‘tdi, degan tabrik xati keldi. Jyuri filmingizdan xayratda, degan maqtov mazmunidagi xat.

Keyin esa O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi va O‘zbekiston kinematografiya agentligi tomonidan qaytarib olinganini aytishdi”, - deydi To‘laxo‘jayev.

“Tanho qayiq” filmi Erkin A’zamning shu nomli asari asosida suratga olingan.

Kartina Orol bo‘yidagi kimsasiz ovulda yashovchi keksa qayiqsoz haqida.

U shu qishloqda bekor yurgan yoshlarga ota-bobolaridan qolgan bu qadimiy kasb, qayiq yasash sirini o‘rgatadi.

Dengiz esa yuzlab chaqirim nariga chekingan. Lekin qayiqsoz bir kunmas-bir kun Orol suvga to‘lajagiga ishonadi.

Filmda bosh rollarni Rajab Adashev, Bobur Yo‘ldoshev kabi aktyorlar o‘ynagan. Uning umumiy byudjeti 1 milliard 700 million so‘mni tashkil qilgan.

"Tanho qayiq" filmi Orol bo‘yidagi kimsasiz ovulda yashovchi keksa qayiqsoz haqidadir.

Rejissyor Nozim To‘laxo‘jayev bu film ssenariysi O‘zbekiston kinematografiya agentligining avvalgi rahbariyati va badiiy kengashi tasdig‘idan o‘tgani, lekin kinoga yangi rahbar Firdavs Abduholiqov kelishi ortidan taqiqqa uchraganini aytadi.

“2019 -yilda O‘zbekkinoning avvalgi rahbariyati va badiiy kengashi tomonidan Erkin A’zamning “Tanho Qayiq” ssenariysi tasdiqlangan edi. Men uni suratga oldim. Keyin kinoga boshqa rahbar Firdavs Abduholiqov keldi. Unga bu yoqmadi, u yoqmadi, o‘zgartirish kerak, deb turib oldi. Men indamadim. Keyin Moliya vazirligi 1 yarim milliard so‘m sarflandi kinoga, deb hisobot talab qilishni booshladi.

Firdavs biz uni qayta ishlaymiz dedi. Men qarshi bo‘ldim, chunki kinoni rasvosini chiqarish bu. Shu bilan ish jimib qoldi. Va yaqinda Londonda Osiyo filmlari festivali haqida eshitib qoldim va taqdim etdim.

Filmni u yerdan ham oldirib tashlashdi. Hamma davlat o‘z kinosini xalqaro tomoshabinga olib chiqishga harakat qilsa bizni agentlik teskarisini qilyapti, uni xalqaro maydondan berkityapti. Filmda nima ayb?”, - deydi To‘laxo‘jayev.

Ozodlik O‘zbekiston 'Tanho qayiq” badiiy filmi nima sababdan London festivali dasturidan oldirib tashlagani yuzastdan O‘zbekiston kinematografiya agentligi axborot xizmati rahbari Nozim Safariyga yozma murojaat qildi, lekin hanuz javob olmadi.

London festivali tashkilotchilari izohida film namoyishi uchun uni taqdim etuvchilarda mualliflik huquqi va O‘zbekiston kinematografiya agentligining ruhsati yo‘qligi sabab festival dasturidan olingani aytiladi.

Nozim To‘laxo‘jayev O‘zbekiston kinematografiya agentligi rahbariyatini tsenzurada ayblayotgan yagona o‘zbek rejissyori emas.

Shu oy boshida o‘zbekistonlik boshqa bir taniqli rejissyor Ali Hamroyev O‘zbekiston Kinematografiya agentligiga xat bilan murojaat qildi.

Unda rejissyor “Samarqanddagi qovun tarovati” filmi ikki bosqichda tushunarsiz tahrirdan o‘tgani, muallifning roziligisiz bir qancha sahnalar kesib tashlanganidan arz qiladi.

Kesilgan kadrlar orasida mahalla raisining xalqdan yashirinib, xotini bilan janjallashayotgani, yigit va qiz o‘rtasidagi ishqiy uchrashuvlar, qahramonning yelkalari haddan tashqari ochiqligi va boshqa sahnalar bor.

Ikki oy avval rejissyorning o‘zi Ozodlik bilan suhbatda bunday degan:

“Dekabrda topshirdim. Ssenariysini ham o‘zim yozdim. Rahmatli Baxtiyor Ixtiyorov oxirgi rolini o‘ynadi. U yerda ham kamchiliklar topishdi, olib tashlamayman, dedim. Yoshlar o‘pishadi-da! Afrikada qaysidir qabilada burnini urishtirib salomlashishar ekan, uni ham qirqib tashlash kerakmi?”, - deydi Ali Hamroyev.

2019-yildan Kinematografiya agentligi (O‘zbekkino) bosh direktori sifatida ishlab kelayotgan Firdavs Abduholiqov yanvar oyida Sevimli telekanali atrofida yuzaga chiqqan mojaro markaziga tushgan edi.

Abduholiqovning rafiqasi, qizi va o‘g‘li ta’sischilari bo‘lgan telekanal efirga uzatgan "Sabriya" serialida “axloqsiz sahna”lar ijtimoiy tarmoqda tarqalishi ortidan AOKA tomonidan tekshiruv ishlari boshlangan edi.

Ushbu tekshiruv natijalariga ko‘ra, serialda “axloqsiz sahna” mavjudligi o‘z tasdig‘ini topgan.

Bundan tashqari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Abduholiqov bo‘lmish Kinematografiya agentligi va Sevimli telekanali o‘rtasida shartnomalar tuzish va subsidiyalar ajratishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani aniqlanganini ham xabar qildi.

Ish Abduholiqovning 8,1 mln so‘m jarimaga tortilishi bilan yakun topdi.

O‘zbekistonlik kinorejissyor Nozim To‘laxo‘jayev O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Orol fojiasi haqidagi “Tanho qayiq” badiiy filmini Londonda o‘tgan Osiyo filmlari festivali dasturidan oldirib tashlaganini aytmoqda.

To‘laxo‘jayevning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, uning filmi 4-15-may kunlari London shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro festivalning “short-listi”ga kirgan.

“Tanho qayiq” festivalda O‘zbekistondan qatnashgan yagona film bo‘lgan.

“Tanho qayiq” London festivalida O‘zbekistondan qatnashgan yagona film bo‘lgan.
“Tanho qayiq” London festivalida O‘zbekistondan qatnashgan yagona film bo‘lgan.

“Men shu filmni asl xolida festivalga taqdim etdim. To‘g‘risi o‘ylamagandim o‘tishiga. Long listdan ham short listdan ham o‘tdi, degan tabrik xati keldi. Jyuri filmingizdan xayratda, degan maqtov mazmunidagi xat.

Keyin esa O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi va O‘zbekiston kinematografiya agentligi tomonidan qaytarib olinganini aytishdi”, - deydi To‘laxo‘jayev.

“Tanho qayiq” filmi Erkin A’zamning shu nomli asari asosida suratga olingan.

“Tanho qayiq” filmi Erkin A’zamning shu nomli asari asosida suratga olingan.
“Tanho qayiq” filmi Erkin A’zamning shu nomli asari asosida suratga olingan.

Kartina Orol bo‘yidagi kimsasiz ovulda yashovchi keksa qayiqsoz haqida.

U shu qishloqda bekor yurgan yoshlarga ota-bobolaridan qolgan bu qadimiy kasb, qayiq yasash sirini o‘rgatadi.

Dengiz esa yuzlab chaqirim nariga chekingan. Lekin qayiqsoz bir kunmas-bir kun Orol suvga to‘lajagiga ishonadi.

Filmda bosh rollarni Rajab Adashev, Bobur Yo‘ldoshev kabi aktyorlar o‘ynagan. Uning umumiy byudjeti 1 milliard 700 million so‘mni tashkil qilgan.

"Tanho qayiq" filmi Orol bo‘yidagi kimsasiz ovulda yashovchi keksa qayiqsoz haqidadir.
"Tanho qayiq" filmi Orol bo‘yidagi kimsasiz ovulda yashovchi keksa qayiqsoz haqidadir.

Rejissyor Nozim To‘laxo‘jayev bu film ssenariysi O‘zbekiston kinematografiya agentligining avvalgi rahbariyati va badiiy kengashi tasdig‘idan o‘tgani, lekin kinoga yangi rahbar Firdavs Abduholiqov kelishi ortidan taqiqqa uchraganini aytadi.

“2019-yilda O‘zbekkinoning avvalgi rahbariyati va badiiy kengashi tomonidan Erkin A’zamning “Tanho Qayiq” stenariysi tasdiqlangan edi. Men uni suratga oldim. Keyin kinoga boshqa rahbar Firdavs Abduholiqov keldi. Unga bu yoqmadi, u yoqmadi, o‘zgartirish kerak, deb turib oldi. Men indamadim. Keyin Moliya vazirligi 1 yarim milliard so‘m sarflandi kinoga, deb hisobot talab qilishni booshladi.

Firdavs biz uni qayta ishlaymiz dedi. Men qarshi bo‘ldim, chunki kinoni rasvosini chiqarish bu. Shu bilan ish jimib qoldi. Va yaqinda Londonda Osiyo filmlari festivali haqida eshitib qoldim va taqdim etdim.

Filmni u yerdan ham oldirib tashlashdi. Hamma davlat o‘z kinosini xalqaro tomoshabinga olib chiqishga harakat qilsa bizni agentlik teskarisini qilyapti, uni xalqaro maydondan berkityapti. Filmda nima ayb?”, - deydi To‘laxo‘jayev.

Ozodlik O‘zbekiston 'Tanho qayiq” badiiy filmi nima sababdan London festivali dasturidan oldirib tashlagani yuzastdan O‘zbekiston kinematografiya agentligi axborot xizmati rahbari Nozim Safariyga yozma murojaat qildi, lekin hanuz javob olmadi.

London festivali tashkilotchilari izohida film namoyishi uchun uni taqdim etuvchilarda mualliflik huquqi va O‘zbekiston kinematografiya agentligining ruhsati yo‘qligi sabab festival dasturidan olingani aytiladi.

Nozim To‘laxo‘jayev O‘zbekiston kinematografiya agentligi rahbariyatini senzurada ayblayotgan yagona o‘zbek rejissyori emas.

Shu oy boshida o‘zbekistonlik boshqa bir taniqli rejissyor Ali Hamroyev O‘zbekiston Kinematografiya agentligiga xat bilan murojaat qildi.

Unda rejissyor “Samarqanddagi qovun tarovati” filmi ikki bosqichda tushunarsiz tahrirdan o‘tgani, muallifning roziligisiz bir qancha sahnalar kesib tashlanganidan arz qiladi.

Kesilgan kadrlar orasida mahalla raisining xalqdan yashirinib, xotini bilan janjallashayotgani, yigit va qiz o‘rtasidagi ishqiy uchrashuvlar, qahramonning elkalari haddan tashqari ochiqligi va boshqa sahnalar bor.

XS
SM
MD
LG