Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:51

"O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘shib olish". Toshkent "chuqur tashvishda", ammo norozilik notasi yo‘q


 Zaxar Prilepin.
Zaxar Prilepin.

21-dekabr kuni Rossiyaning Toshkentdagi elchisi Oleg Malginov O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga "taklif etildi".

Bu yerda uni Toshkentdagi qariyb uch yillik faoliyati davomida eng sovuq qabul kutayotgandi.

Bunga sabab Moskvada yangragan mana bu bayonot:

"Ruslar qancha ko‘p bo‘lsa, ko‘p sonli migrantlar bizning yurtda o‘zini noto‘g‘ri tutishi bilan bog‘liq muammolar kamroq bo‘ladi... Men hazillashayotganim yo‘q. Biz Sovet Ittifoqini qayta tiklash mavzusini ko‘taramiz va bu bizga istalgan vaqtda „sizning ikki million fuqarongiz bizning hududda ekan, biz sizning hududingizga da’vo qilamiz, chunki ko‘pchilik allaqachon shu yerda, hattoki bunga ovoz berishgan“, deyishga imkon beradi. Kievdagi paraddan keyin Yevrosiyo hududida biror narsa qilishni bizga kim taqiqlaydi? Hech kim".

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rossiyalik yozuvchi va siyosatchi Zaxar Prilepinning «Rossiya segodnya» matbuot-markazidagi anjumanda qilgan bayonotidan norozi.

Ammo vazirlik tarqatgan bayonotda “norozilik” so‘zi ishlatilmagan. Norozilik notasi haqida ham so‘z borayotgani yo‘q. TIV elchi "chaqirtirilmagani", balki "taklif etilgani"ni aytmoqda.

Toshkent o‘z ta’biricha, Prilepinning "O‘zbekiston hududini Rossiyaga qo‘shib olish zarurligi haqidagi taklifi O‘zbekistonda chuqur tashvish uyg‘otgani"ni aytgan va buni rus elchisiga "qat’iy tarzda yetkazgan".

Россия, атом ва бомба: "Росатом" Ўзбекистон билан "шартнома имзолашга яқин"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:27:32 0:00

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, rus elchisi Prilepinning bayonotlari Rossiya rahbariyatining rasmiy pozitsiyasini aks ettirmasligini ta’kidlagan.

Elchi, "O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi uning mamlakatida hech qachon shubhaga olinmaganligi"ni bildirgan.

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov.
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov.

Rossiya elchisining O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida keltirilgan izhorotidan ko‘p o‘tmay, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi qisqa bayonot e’lon qildi.

Zaxar Prilepinning Rossiya mehnat migratsiyasi va O‘zbekiston hududining Rossiyaga qo‘shilishi haqidagi bayonotlari uning shaxsiy fikri va Moskvaning rasmiy pozitsiyasini aks ettirmaydi”, deyiladi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarovaning bayonotida.

Shu tariqa Toshkent-Moskva munosabatlarida O‘zbekistonning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligi masalasi savol ostiga olinishi mumkinligi ehtimoli birinchi marta kun tartibiga chiqdi.

Vaholanki, Mirziyoyev hukumati so‘nggi ikki yilda Ukraina urushi borasida Moskvaning g‘azabini qo‘zg‘ashi mumkin bo‘lgan har qanday qadamdan tiyilgan, mintaqani o‘zining "orqa hovlisi" sifatida ko‘radigan Moskvaning manfaatlarini savol ostiga olmagan edi.

Ukraina urushidan buyon prezident Mirziyoyev biron marta Ukraina yoki prezident Zelenskiy nomini tilga olmagan.

O‘tgan yil martida u O‘zbekiston Ukrainaning bo‘lginchi DNR va LNR respublikalarini tan olmasligi haqida bayonot bergan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovni iste’foga chiqargandi. Garchi Komilov prezident maslahatchisi lavozimida qolayotgan bo‘lsa ham, Toshkentdagi manbalar shu yo‘l bilan Mirziyoyev o‘zini "Putinning g‘azabidan himoya qilishga uringani"ni aytishgan.

Toshkentdagi G‘arb diplomatlari O‘zbekistonning Ukraina borasidagi neytral pozitsiyasi Rossiyadan ko‘ra Ukrainaga nisbatan ko‘proq neytral ekani, mohiyatan rossiyaparast ekanligini aytishadi.

Ammo butun bu neytrallik va rossiyaparastlik, ko‘rilganidek, Mirziyoyev hukumatini Rossiyaning rasmiy axborot maydonida O‘zbekistonga qarshi xurujlardan asrab qololgani yo‘q.

Moskvaga e’tiroz bildirarkan, so‘zlarni diqqat bilan tanlagan rasmiy Toshkentdan farqli tarmoq faollari Prilepinning so‘zlariga g‘azabnok munosabat bildirishdi. Sobiq deputat Rasul Kusherbayev esa Prilepinga o‘ziga xos tarzda ruscha so‘kinish bilan javob berdi.

Prilepinning bayonoti tarmoqlarni larzaga keltirarkan, mamlakat rasmiy idoralaridan Mudofaa vazirligining munosabati ajralib turdi.

Mudofaa vazirining matbuot kotibi Otabek Yuldashev vazirlik rasmiy Telegram kanalida rus siyosatchisiga O‘zbekiston Konstitutsiyaning 153-moddasini eslatib qo‘ydi:

O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega”.

Prilepin kim?

48 yashar Zaxar (Yevgeniy) Prilepin - rus yozuvchisi, bloger, teleboshlovchi va adabiy mukofotlar sovrindori. 2000-yillar boshida radikal muxolifatdagi Limonovning “Natsional-bolsheviklar” partiyasiga qo‘shilgan sobiq politsiyachi ikkinchi Chechen urushi paytidagi harbiy tajribasi va respublikaga keyingi xizmat safarlari haqida hikoyalar nashr qilgan. 1990-yillarda Rossiya Ichki ishlar vazirligining OMON bo‘linmasida xizmat qilgan.

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi - huquq-tartibot va harbiy intizom masalalari bo‘yicha komissiyada ishlaydi. Rossiya Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etgan.

Millatchi bolsheviklar partiyasi a’zosi sifatida 2011-yilda Prilepin Rossiyani migrantlar bosqinidan qutqarish yo‘li sifatida "iloji boricha ko‘proq rus bolalarini tug‘ish" chaqirig‘i bilan ham tanilgandi.

2015-yilda u Donbassga borib, Donetsk bo‘lginchilari rahbari Aleksandr Zaxarchenkoning maslahatchisi bo‘ldi. Kiyevda unga qarshi jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan, jumladan, terrorizm bo‘yicha u Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va boshqa qator davlatlarning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Prilepin 2018- yil 4-dekabrda Maksim Gorkiy nomidagi Moskva badiiy teatri badiiy rahbarining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Keyinchalik u Vladimir Putin tomonidan asos solingan Butunrossiya Xalq frontiga qo‘shildi va "Adolatli Rossiya - haqiqat uchun" sotsialistik partiyasi yetakchilaridan biriga aylandi.

"Путинга содиқлик рамзи"
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:29 0:00

Rossiyaning Ukrainaga tajovuzi ortidan Putin siyosatining asosiy propagandachilaridan biriga aylangan Prilepin 2023- yil 6-mayda o‘ziga qarshi uyushtirilgan suiqasddan omon qolgan edi.

TIV vakili Mariya Zaxarova suiqasddan ko‘p o‘tmay, portlashda AQSH va Buyuk Britaniyani aybladi, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi hodisani “terror akti” deb atadi va voqeada Kiyev va “G‘arb kuratorlarini” aybladi.

"Tarixni qayta yozish"

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida bundan avval diplomatik tanglik 2010- yilda Toshkentda sovet askariga qo‘yilgan haykal olib tashlanishi ortidan yuz bergan edi.

Moskva o‘shanda Karimov hukumatini "Ulug‘ vatan urushi tarixini qayta yozishga urinish"da ayblagan. Toshkent bu ayblarni rad etgan.

2016-yilda Karimovning o‘limi ortidan Mirziyoyev Moskva bilan yaqinlashish siyosatini boshladi va sovet davridagi ayrim ramzlarni qaytardi.

Uning Toshkentda "G‘alaba bog‘i"ni ochish va Chor Rossiyasi askarlariga qo‘yilgan yodgorlikni ta’mirlash qarorlari o‘zbek faollarining tanqidlariga sabab bo‘lgan.

Mirziyoyev hukumati Ukraina inqirozi avvalida o‘zbekistonlik faollar hamda Toshkentdagi ukrain elchisining O‘zbekistonda Rossiya davlat telekanallarini taqiqlash haqidagi chaqiriqlarini javobsiz qoldirgan.

XS
SM
MD
LG