Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:47

O‘zbekistonda internet-senzura: Bloklash, taqiq, tahdid, pora va DXXga chaqiruvlar


Toshkentdagi internet-kafelardan biri.
Toshkentdagi internet-kafelardan biri.

Demokratiya, siyosiy erkinliklar va inson huquqlarini kuzatuvchi Freedom House xalqaro nodavlat tashkiloti o‘zining 2023-yilgi hisobotida O‘zbekistonni internet erkin bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatida qoldirdi. Tashkilotga ko‘ra, prezident Mirziyoyevning ayrim islohotlariga qaramasdan O‘zbekiston avtoritar davlat sifatida qolmoqda.

Tashkilot mamlakatlarni 100 ballik shkalada baholagan bo‘lib, unda O‘zbekistonga 25 ball berilgan. O‘tgan hisobotda ball 27 edi. Bunda ball pasaygani sari erkinlik shunchalik ozligi anglashiladi.

Tashkilot internet erkinligini baholash uchun asosiy uchta kategoriya bo‘yicha mamlakatlardagi ahvolni aniqlagan:

  • Internet infratuzilmasi qanchalik ishlaydi va odamlarning undan foydalanishga qanchalik imkoniyati bor;
  • Internetdan axborot olish qanchalik cheklangan yoki erkin;
  • Internetda axborot tarqatish qanchalik erkin va foydalanuvchilarning ma’lumotlari qanchalik himoya qilinadi.

Hisobotda prezident Shavkat Mirziyoyev 2016-yilda lavozimga kelganidan so‘ng amalga oshirgan islohotlar ayrim sohalarda yaxshilanishlarga olib kelgan bo‘lsa ham, O‘zbekiston demokratiyalashuv belgilari oz avtoritar davlat bo‘lib qolayotgani ta’kidlangan. Unga ko‘ra, mamlakatda birorta ham muxolif partiya qonuniy faoliyat yuritmaydi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatlari buyruq asosida boshqaruvchi ijro hokimiyati qo‘lidagi qurol xolos, ommaviy axborot vositalari esa hokimiyat tomonidan qattiq nazorat qilinadi. Qiynoqlar va boshqa shafqatsizliklar to‘g‘risida xabarlar chiqishda davom etmoqda.

Қамоқдаги блогер Абдуқодир Мўминовнинг қийноққа солингани иддао қилинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:34 0:00

Internet infratuzilmasi qay ahvolda?

Hisobotda O‘zbekistondagi internet tezligi va sifatiga 6 balldan 4 ball berilgan.

Tashkilotga ko‘ra, mamlakatda internetga ulanish tezligi nisbatan pastligicha qolmoqda. Abonentlar internet sifati pastligi va tez-tez uzilish bo‘lishidan shikoyat qilishadi.

Mobil aloqa provayderlari ikkinchi avlod (2G), 3G va 4G xizmatlarini ko‘rsatadi, ammo aholining aksariyati 2G (99 foiz) ulana olsa, qolganlari nisbatan oz 3G – 90 foiz va 4G – 66 foiz.

Davlatga qarashli UZTELECOM va bir nechta uyali aloqa operatorlari cheklangan hududlarda hamma uchun Wi-Fi nuqtalarini taklif etadi.

O‘zbekistonda odamlarning daromadiga nisbatan internetga ulanish narxi pasayib borayotgan bo‘lsa ham, sezilarli geografik va gender farqlari saqlanib qolmoqda.

Hukumat nazorati

Hisobot mualliflari internetga ulanish tezligi Toshkentdan tashqarida ancha pastligiga ham e’tibor qaratgan.

Tashkilotga ko‘ra,hukumat AKT infratuzilmasi ustidan jiddiy nazoratni amalga oshirishda davom etmoqda.

2022-yilning iyun va iyul oylarida hukumat Qoraqalpog‘istondagi norozilik namoyishlari oldidan va namoyishlar vaqtida internetga kirishni cheklab qo‘ygan. Rasmiylar cheklov “feyk xabarlar” tarqalishining oldini olish uchun qilinganini da’vo qiladi.

2021-yil iyulida O‘zbekiston Axborot va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan yangi tuzatishlarni buzgani uchun Skype, Twitter, TikTok, VKontakte va WeChat’ga kirishni cheklagan.

2021-yil 3-noyabrda boshqa ijtimoiy media platformalari va messenjer ilovalari – Facebook, Instagram, LinkedIn, Odnoklassniki, Telegram va YouTube ham bloklangan, biroq o‘sha kuniyoq yana ochib yuborilgan. 2022-yil avgust oyida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Twitter, VKontakte va WeChat’ni blokdan chiqarilganini e’lon qildi.

Freedom House bu kabi holatlarni O‘zbekiston hukumatining internet infratuzilmasi ustidan qanchalik nazoratga ega ekani tasdig‘i sifatida ko‘rsatmoqda.

OzodNazar: Тор залдаги “кенг” иш: Абдуқодир Мўминов устидан суд бошланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:33:44 0:00

Axborot olish erkinligi

Tashkilot axborotni erkin olish huquqi qanchalik ta’minlangani bo‘yicha mamlakatga 6 balldan 3 ball qo‘ygan.

Siyosiy va ijtimoiy mavzularga oid onlayn kontent, ayniqsa, O‘zbekistonda inson huquqlari buzilishini muhokama qiladigan sayt va platformalarga kirish bloklash yoki filtrlash orqali cheklangan. Hisobot davri davomida hukumat yirik ijtimoiy media platformalari va xabar almashish ilovalariga kirishni blokladi, deydi tashkilot.

2019-yil dekabr oyida jurnalist Keti Puts va inson huquqlari bo‘yicha tadqiqotchi Stiv Sverdlov Markaziy Osiyoda Inson huquqlari assotsiatsiyasi, Inson huquqlari uchun xalqaro hamkorlik, Norvegiya Xelsinki qo‘mitasi va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston-Germaniya forumi veb-saytlariga kira olmayotganliklarini ma’lum qilishgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, ommaviy axborot vositalarini tartibga soluvchi davlat organi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) vebsaytlar aslida bloklanmaganligini e’lon qildi. Sharhlovchilar bu holni xorij e’tiborini tortgan 2019-yil dekabrida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari bilan bog‘liqligini taxmin qilishgan.

Internet-senzura

O‘zbekistonda onlayn kontent, jumladan, mamlakatning eng mashhur yangiliklar saytlari uchun keng qamrovli senzura mavjud, deyiladi hisobotda.

2022-yil iyun oyida Qoraqalpog‘istondagi norozilik namoyishlari chog‘ida «Gazeta.uz» nashri avtonom respublika maqomining o‘zgarishi va konstitutsiyaga taklif qilinayotgan boshqa o‘zgartirishlar haqidagi maqolasini olib tashlashga majbur bo‘lgan.

2022-yil fevral oyida Rossiya harbiylari Ukrainaga bostirib kirganidan so‘ng, rasmiy Toshkent ommaviy axborot vositalariga bosqinni «neytral» tarzda yoritishni so‘rab ko‘rsatma bergan. Ayrim hollarda ommaviy axborot vositalari urushni yorituvchi maqolalarni olib tashlagan. Kun.uz internet-nashri asoschisi Umid Shermuhammedov Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) nashr xabari yuzasidan o‘zini va boshqa Kun.uz muxbirlarini chaqirgani haqidagi Facebook’dagi postini o‘chirgan.

“Қандай ҳукуматга эга бўлиш-ўзбек халқининг иши”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:47 0:00

AOKA va Raqamli texnologiyalar vazirligi onlayn kontentni, ayniqsa hukumat uchun zararli deb topilgan kontentni tartibga solish uchun mas’ul idoralar sanaladi. Muayyan kontentni bloklash yoki olib tashlash qarorlari ham shaffof emas, deyiladi hisobotda.

2022-yil dekabr oyida AOKA, Freedom House’ga ko‘ra, so‘z erkinligiga tahdid soladigan Axborot kodeksi loyihasini e’lon qilgan. Kodeks loyihasi OAV va onlayn muhitga oid sakkizta amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutar edi. Bloger keng ma’noda jurnalist yoki “o‘z veb-saytida va/yoki global axborot tarmog‘idagi veb-sahifasida ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va boshqa ma’lumotlarni joylashtiradigan shaxs” deb ta’riflanadi. Qonun blogerlarni "tasdiqlanmagan ma’lumot"ni nashr qilganlik uchun javobgarlikka tortadi. O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalari bo‘yicha ekspertlar ta’kidlashicha, qonunda yana bir qancha noaniq ta’riflar mavjud. Masalan, “ommaviy norozilik namoyishlari” haqida xabar berish “ommaviy tartibsizliklarga chaqiriq” deb talqin qilinishi mumkin.

OzodNazar: Мирзиёевнинг юбилейини икки журналист қамоқда кутиб олди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:41:15 0:00

O‘z-o‘zini senzura qilish

Hisobotda, shuningdek, jurnalistlar, ijodkorlarning o‘z-o‘zini senzuralash holatlari ham saqlanib qolayotgani va bunda hukumat ham rol o‘ynayotgani ta’kidlangan. Hukumatning ommaviy axborot vositalari ustidan qattiq nazoratini hisobga olgan holda, o‘z-o‘zini senzura qilish keng tarqalganicha qolmoqda, deyiladi hisobotda.

Tabu deb topilgan mavzular, jumladan, prezidentni tanqid qilish yoki korrupsiyaning fosh etilishi haqida fikr bildirgan yoki xabar berganlar hozir ham qattiq jazolanishi mumkin. Hukumatning jurnalistlar va ularning oilalarini ta’qib qilishi natijasida ko‘plab onlayn mualliflar so‘z aytishga cho‘chib qolgan. Ayrim mahalliy nashrlar hokimiyatni suiiste’mol qilish holatlarini yoritishda davom etsa ham, boshqa nashrlar nozik masalalarni muhokama qilishdan o‘zini tiyadi yoki kontentni olib tashlashga majbur.

Hisobotda 2023-yil mart oyida 41 nafar bloger va jurnalist Telegram orqali prezidentdan senzura amaliyotini to‘xtatishni so‘ragani ham ushbu holat tasdig‘i sifatida keltiriladi.

2022-yil iyunida The Diplomat nashri o‘rganishi o‘z-o‘zini senzuralashni zo‘raytirishda DXXning keng miqyosdagi rolini ochib bergan. Jurnalistlar va blogerlar o‘zlariga pora taklif qilingani, tahdid qilingani yoki kontentni olib tashlashga majbur qilingani holatlarini batafsil bayon qilishgan.

Hukumat axborot nashrlarning onlayn versiyalari tahririni ham rasmiy, ham norasmiy ko‘rsatmalar bilan belgilab kelgan va Mirziyoyev davrida ham bu saqlanib qoldi deyiladi hisobotda.

Tashkilot, shu bilan birga ayrim ijobiy o‘zgarishlar ham bo‘lganini e’tirof etgan. Mirziyoyev davrida O‘zbekistonda onlayn media muhiti qattiq cheklanganicha qolgan bo‘lsa ham, ro‘yxatdan o‘tgan ba’zi ommaviy axborot vositalari siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega mavzularni ko‘proq yorita boshlagan. O‘tgan yillarga solishtirganda ko‘proq internet foydalanuvchilar mustaqil saytlardan yangilik olmoqda.

2023-yil may oyida Internews tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 38 foizi ijtimoiy tarmoqlar “ichki yangiliklar”ning asosiy manbai ekanligini aytishgan.

Freedom House’ning Internet erkinligi bo‘yicha hisoboti dunyo internet foydalanuvchilarining 88 foizini qamrab oluvchi 70 ta davlatdagi internet erkinligini baholaydi. Bu yilgi e’lon qilingan hisobot 2022-yil iyunidan 2023-yil mayigacha bo‘lgan davrni qamrab olgan bo‘lib, uni tayyorlash uchun 85 nafar tahlilchi va maslahatchi jalb qilingan.

XS
SM
MD
LG