Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 23:22

O‘zbekiston Tolibon neftini qayta ishlaydi - OAV


O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Tolibon Tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy bilan. 17-avgust, 2024
O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Tolibon Tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy bilan. 17-avgust, 2024

Moliyaviy tahlil kompaniyasi S&P Global ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning neft va gaz kompaniyasi “Saneg” yiliga 2 million tonna afg‘on neftini qayta ishlash bo‘yicha kelishuvga erishgan. Buni ushbu masaladan yaqindan xabardor bo‘lgan O‘zbekiston neft sanoati rasmiylaridan biri tasdiqlagan.

Kelishuvga ko‘ra, xom neft Afg‘onistonning Hayraton terminalidan Amudaryo orqali O‘zbekistonga “Saneg” tomonidan taqdim etilgan temir yo‘l vagonlari yordamida tashiladi, deb aytgan S&P Global Commodity Insights manbasi. Dastlabki yuklar allaqachon jo‘natilgan, degan manba. Uning aytishicha, O‘zbekiston 100 000 tonna xom neft oladi, ammo kelishilgan yakuniy hajm xali noma’lum.

Толиблар. “Қора рўйхатдан” чиқарилаётган ҳаракат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:45:49 0:00

Tolibon hukumati doimiy yoqilg‘i tanqisligi sharoitida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga harakat qilmoqda.

Afg‘oniston shimolida qazib olinayotgan neftni O‘zbekistonda qayta ishlash bo‘yicha muzokaralar bir necha oydan beri davom etmoqda, deydi manba. Xom neft tarkibida oltingugurtning nisbatan yuqoriligi muhokama qilingan masalalardan biri bo‘lgan.

Afg‘oniston ilgari ham mamlakat shimolidagi Amudaryo havzasidan oz miqdorda neft qazib olardi, biroq xom neftni qayta ishlash quvvatiga ega emas edi. Shu bois mamlakat Turkmaniston, Eron va oxirgi vaqtlarda Qirg‘iziston kabi qo‘shni davlatlar yoqilg‘isiga qattiq qaram bo‘lib qolmoqda.

Afg‘onistonga Rossiya ham neft mahsulotlari yetkazib beradi va rus kompaniyalari Yevropa sanksiyalarini qoplash maqsadida yetkazib berishni ko‘paytirishga intilmoqda, deb yozadi Rossiya matbuoti.

Arvin Energy shirkatining eronlik tahlilchisi Said Hoshimiyga ko‘ra, Afg‘onistonning uzoq vaqtdan beri davom etayotgan energetika inqirozi Eronning yoqilg‘i ta’minoti bilan bog‘liq so‘nggi muammolar tufayli yanada zo‘raygan.

“Eron chegaralaridan davlat subsidiyalari evaziga bir necha o‘n million litr chet elga olib chiqiladi”, deydi Hoshimiy. Uning aytishicha, dizel generatorlari poytaxt Kobulda elektr energiyasining uchdan bir qismini ta’minlaydi.

Операция “G”: Путиннинг Ўзбекистондаги махфий омбори
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:21:21 0:00

Matbuot xabarlariga ko‘ra, Tolibon 2022-yil bahoridan beri ishlab chiqarishni qayta tiklashga harakat qilmoqda. 2023-yilda Xitoyning G‘arbiy Shinjon mintaqasida joylashgan Central Asia Petroleum and Gas Co. shirkati Tolibon hukumati bilan yirik neft shartnomasini imzoladi va 2026-yilgacha xom neft ishlab chiqarishga 540 million dollar sarmoya kiritishga va’da bergan.

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi O‘zbekistonda Afg‘oniston xomashyosini qayta ishlash uchun texnik imkoniyatlarga ega bo‘lgan yagona zavod hisoblanadi, deydi manba.

Xom neft, asosan O‘zbekiston bozoriga dizel ishlab chiqarish uchun ishlatiladi, deydi manba va yoqilg‘ini yana Afg‘onistonga qayta eksport qilish masalasi ham bo‘lishi mumkinligini aytadi.

Bu Afg‘oniston neftini mamlakat tashqarisida qayta ishlash bo‘yicha birinchi kelishuv bo‘lishi mumkin.

“Saneg” afg‘on neftini qayta ishlash bo‘yicha kelishuvni tasdiqlashdan bosh tortgan va hozirda afg‘on neftini qayta ishlamasligini aytgan.

XS
SM
MD
LG