Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:02

Navalniy ustidan yana bir sud ishi sudlanuvchi va sudyaning aytishuvidan boshlandi


Ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga tuhmat qilganlikda ayblanayotgan Navalniy ustidan Moskvada o‘tayotgan sudlov jarayoni bir muddat tanaffusdan so‘ng davom etdi. Ilk majlis sudya bilan dahanaki aytishuvdan boshlandi.

Tuhmat ayblovi asosida qo‘zg‘atilgan bu ishni Navalniyning o‘zi uning popugini pasaytirib qo‘yish va badnom qilish uchun Kreml tomonidan uyushtirilgan piar aksiya deb atadi.

Navalniy Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ignat Artemenkoga tuhmat qilganlikda ayblanmoqda. Artemenko amaldagi prezident Vladimir Putinning vakolatlarini uzaytirishga bag‘ishlangan targ‘ibot roligida konstitutsiyaga o‘zgartishlarni yoqlab chiqqan shaxslardan biri edi.

12 - fevral kuni boshlangan mahkamada Navalniy va uning advokatlari sud jarayonida foto va video tasvir taqiqlangan bo‘lsa-da, ba’zi davlat tasarrufidagi telekanallar sud videokamerasidan olingan kadrlarni efirga uzatganidan noroziligini bildirdi.

“Normal jurnalistlardan ham so‘raylik-chi, ularning qay biriga bu kadrlar berilgan ekan”, deb so‘radi Navalniy.

“Sizda so‘roq qilish huquqi yo‘q”, deb javob berdi sudya bunga.

“Ahamiyat bering, har gal guvoh savolimga javob berishda qiynalib qolayotganida siz savol-javobni to‘xtatib, unga tashqarida turgan shaxslardan yo‘riq olib kelish uchun chiqib kelishiga ruxsat beryapsiz, bu asabga tegmoqda”, dedi boshqa masalada Navalniy.

U shuningdek sudyani “Jinoyat kodeksni yaxshi bilmaslikda” hamda “to‘ti kabi bir gapni qaytarib turishda” aybladi, deb xabar berdi “Dojd” telekanali o‘z Twitter sahifasida.

"Siyosiy teatr qo‘yib, uyatga qolgandan ko‘ra, saviyangizni oshirsangiz bo‘lmaydimi”, degan Navalniy sudyaga.

Suddagi ayblovlar Navalniy iyun oyida ijtimoiy tarmoqlarda qo‘ygan izohlaridan biriga asoslangan. Unda Navalniy Artemenko ham qatnashgan targ‘ibot roligi ishtirokchilarini “sotqin malaylar”, “mamlakat uchun isnod” va “vijdonsiz odamlar” deb atagandi.

Rossiya Tergov qo‘mitasining fikriga ko‘ra, izoh orqali urush qatnashchisining “sha’ni va obro‘siga putur yetkazuvchi ataylab soxtalashtirilgan ma’lumot” tarqatilgan.

Navalniyga mazkur modda asosida jarima, majburiy mehnat jazosi yoki qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Mahkamada jabrlanuvchi, 95 yoshga kirgan Ignat Artemenko o‘tgan hafta sog‘lig‘i yomonlashib, Tez yordamda olib ketilganidan so‘ng tanaffus e’lon qilingan edi. Shifoxonaga olib ketilishidan oldin Artemenko Navalniy uni “qo‘g‘irchoq” deb atagani uchun uzr so‘rashini talab qilgan. Navalniy uyidan turib videoaloqa orqali mahkama ishida qatnashayotgan Artemenko sud jarayonida qatnashish uchun aqlan qobil ekanligiga shubha bildirgan.

“Sizlar qonunchilikni o‘zingizga moslab olgansizlar. Endi esa Artemenkoning medallari bilan Putin va uning gumashtalarini himoya qilmoqchisizlar”, degan Navalniy sudyaga.

Bu mahkama Navalniy “Iv Roshe” ishi bo‘yicha qamoqxonada yana 2 yilu 8 oy o‘tkazishi kerak deb topgan sud ishidan keyin boshlandi.

XS
SM
MD
LG