Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:39

“Mirziyoyevga ishonib arosatda qoldik” - qo‘shni davlatlardan qaytgan talabalar o‘qishga qabul qilinmayapti


Mutaxassislarning aytishicha, O‘zbekistonda o‘qishga kirishning qiyinligi, kontrakt puli qimmatligi bois ko‘pchilik nisbatan arzon va kirish oson bo‘lgan ko‘shni davlatlar oliygohlarini tanlamoqda. 
Mutaxassislarning aytishicha, O‘zbekistonda o‘qishga kirishning qiyinligi, kontrakt puli qimmatligi bois ko‘pchilik nisbatan arzon va kirish oson bo‘lgan ko‘shni davlatlar oliygohlarini tanlamoqda. 

O‘qishni qo‘shni davlatlardan ko‘chirish uchun O‘zbekistonga qaytib kelgan yuzlab talaba hanuz oliygohlarga qabul qilinmagani ma’lum bo‘ldi.
Ba’zi talabalar muammoni hal qilishda yordam so‘rab prezidentga murojaat qildi.

Ozodlik suhbatlashgan talabalarning aytishicha, O‘zbekistondagi oliygohlar koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab vaziyatga qaramay qo‘shni davlatlardagi o‘zlari tahsil olgan o‘quv yurtlaridan hujjatlarning asl nusxalarini olib kelishni talab etmoqda.

Ba’zi oliygohlar esa o‘rin yetishmasligini aytib, talabalarni umuman o‘qishga qabul qilmayapti.

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxcus ta’lim vazirligi axborot xizmati mulozimi 2 - noyabr kuni Ozodlik bilan suhbatda har bir oliygoh o‘zining texnik bazasidan kelib chiqqan xolda qo‘shni davlatlarda o‘qib, o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalarni qabul qilishi va qabul qilmasligi mumkinligini aytdi.

Mutaxassislarning aytishicha, O‘zbekistonda o‘qishga kirishning qiyinligi, kontrakt puli qimmatligi bois ko‘pchilik nisbatan arzon va kirish oson bo‘lgan ko‘shni davlatlar oliygohlarini tanlamoqda.

O‘zbekiston hukumati o‘tgan yili qo‘shni davlatlarda o‘qiyotgan talabalarga o‘qishni ko‘chirishda hech qanday qo‘shimcha talablar va byurokratik to‘siqlar bo‘lmasligini va’da qilgan edi.

Qashqadaryolik Nodir (ismi talabaning iltimosiga ko‘ra o‘zgartirildi -tahr.) Qozog‘istonning Chimkent shahridagi Muxtor Avezov nomidagi universitetda bir yil o‘qib bu yil o‘qishni O‘zbekistondagi Qarshi Davlat universitetiga ko‘chirmoqchi bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “o‘qish pulini arzon qilamiz, qaytsangizlar yengillik beramiz” degan va’dalariga ishonib O‘zbekistonga qaytgan bu talaba o‘qishga qabul qilinmaganini aytadi.

“Prezidentga ishonib u yoqdan otchisleniye bo‘lib o‘qishni O‘zbekistonga o‘tkazmoqchi bo‘ldim. Bu yerda transkript, attestat, o‘qishga qabul qilinganim haqidagi buyruqning asl nushasini olib kel, deb byurokratiya qilishyapti. 15 - noyabrgacha muxlat berdi. Holbuki, universitetni o‘zi qo‘shni davlatlardagi oliygohlarga zapros jo‘natib oldirishi kerak bu hujjatlarni. Shuni ham talabalarni bo‘yniga qo‘ymoqda, bizga esa bu hujjatlarni u yoqdagi oliygohlar bermaydi, rektoratingdan kelsin, beramiz deyapti. Arosatda qolib ketdik. Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulxonasiga ham murojaat qildik, Oliy ta’lim vazirligiga ham yozdik, natija bo‘lmayapti, shunga sizlarga chiqyapmiz”, - deydi talaba .

Telegramdagi “Qashqadaryo” guruhida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, hozirda birgina Qarshi davlat universitetiga qo‘shni davlatlardan qaytib kelgan uch yuzga yaqin talaba sarson.

Ular o‘qigan joyidan transkript, ya’ni birinchi o‘quv yilida topshirgan imtihonlari haqida muhrlangan qog‘oz hamda talabalar safidan chiqarilgani haqidagi buyruqdan nusxani O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga taqdim etishlari kerak.

Universitet qabul komissiyasining Oybek ismli xodimi Ozodlikka shu hujjatlarsiz ular o‘qishga qabul qilinmasligini aytdi.

”Bu talabalar nega Ozodlikka murojaat qiladi, nima dardi bo‘lsa bizga aytsin, har biriga yordam beramiz. Har birini xolati har xil-da. U haqiqatan Qozog‘istonda o‘qiganmi, shuni tasdiqlovchi hujjat kerak. O‘qishga kirib umuman o‘qimagani bor, chunki o‘tgan yili pandemiya bo‘lib o‘qish onlayn bo‘ldi. Hujjatlarni olib kelsa buyruq chiqadi va talabalikka qabul qilinadi, muammo yo‘q”, - deydi universitet mulozimi.

O‘zbekistonning boshqa ba’zi viloyatlaridagi oliygohlarda ham shu ahvol. Xorazmdagi Urganch Davlat universitetiga qo‘shni davlatlardan qaytib kelib, hujjat topshirgan talabalar ham hanuz o‘qishga qabul qilinmagan.

“Boshida va’da bermasligi kerak edi, biz ham o‘qishni ko‘chirib bunaqa ovora bo‘lib yurmas edik. Ular muammo bo‘lmasligiga va’da berishgan ediku, qani endi oliy ta’lim vazirligi yordam bersin bizga”,- deydi urganchlik Maqsuda ismli talaba qiz.

O‘zbekiston hukumati o‘tgan yili qo‘shni davlatlarda o‘qiyotgan talabalarga o‘qishni ko‘chirishda hech qanday qo‘shimcha talablar va byurokratik muammolar bo‘lmasligini va’da qilgan edi.

Урганч Давлат университетида қўшни давлатлардан қайтиб келган талабалар қабул масаласини муҳокама қилмоқда.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:19 0:00

"Oliygohlar ololmaymiz deyishi ham mumkin"

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxcus ta’lim vazirligi axborot xizmati mulozimi 2 - noyabr kuni Ozodlik bilan suhbatda har bir oliygoh o‘zining texnik bazasidan kelib chiqqan xolda qo‘shni davlatlarda o‘qib, o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalarni qabul qilishi va qabul qilmasligi mumkinligini aytdi.

“Tartib bo‘yicha aslida har bir universitet o‘zining texnik bazasi, sharoitidan kelib chiqqan xolda ularni qabul qilishi mumkin. Yoki ololmaymiz, uzr, bizni kvotamiz to‘lib bo‘ldi, boshqa imkoniyatimiz yo‘q bizda, ololmaymiz deyishi ham mumkin. Lekin, shuni aytishim kerak, sekin-sekin kamaymoqda bu xolat. Bu yil ham ko‘rdingiz qancha kvotalar yaratildi, keyingi yilda yana oshiriladi shunday xolatlarni oldini olish maqsadida”, - deydi O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmatining ismini ochiqlamagan mulozimi.

Hukumatning maxsus qarori bilan o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirgan minglab talaba nega hanuz rasman qabul qilinmadi? Vazirlik talabalarga qo‘shni davlatlar oliygohlaridan hujjatlarini oldirishda o‘z kanallari orqali ko‘mak berishi mumkinmi? Bu savollarni vazirlik mulozimi javobsiz qoldirdi.

Toshkentlik bloger Diora o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalarning muammolarini o‘rgangan.

"Muammo nimada aslida. O‘zbekistonda o‘qishga kirish qiyin, odam ko‘p, universitet oz, o‘qishga kirgani bilan kontrakt qimmat. Shuning uchun ko‘pchilik qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondagi bilim yurtlariga kirishadi. Bir yil o‘qib O‘zbekistonga ko‘chirishadi. Bu bir sxemaga aylangan", - deydi bloger.

Ismi ochiqlanmasligini istagan samarqandik talaba Tojikiston Davlat universitetida o‘qib bu yil Samarqand Davlat universitetiga o‘qishini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lganini aytadi.

"Tojikistonda o‘qish puli yiliga 400 dollar, kirish ham oson. O‘tgan yili bir yil o‘qidik. O‘qish binoda bo‘ldi. Bu yildan o‘qishni SamDUga o‘tkazdim. Kontrakt puli yiliga 700 dollarga yaqin bo‘lyapti. Men bilan boshqalar ham topshirgan, ularni qabul qilishmadi. Onlayn o‘qiganlarni olmayapti. O‘qishga kirib umuman o‘qimaganlar ham bor, ularni ham qabul qilmayapti, bizda esa o‘qish to‘liq bo‘lgan, hamma hujjatlarni olib kelib berdim, olishdi,"- deydi samarqandlik talaba.

O‘tgan yili O‘zbekiston Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining buyrug‘i asosida, qo‘shni davlat oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik minglab talaba o‘qishlarini tashlab yurtiga qaytib keldi.

Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonning oliy o‘quv yurtlarida,O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus vazirligiga ko‘ra, 2020 - yil fevral oyigacha 35 mingdan ortiq o‘zbekistonlik talaba tahsil olgan.

XS
SM
MD
LG