Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:51

Mirziyoyev TikTokda. Tarmoqni titratgan trendlar


Prezident nabiralari raqsi tarmoqda tarqaldi
Prezident nabiralari raqsi tarmoqda tarqaldi

Kundalik xabarlarni gazeta sahifalari yoki TV ekranlaridan emas, balki ijtimoiy tarmoqlardan o‘qish O‘zbekistonda allaqachon trendga aylanib ulgurdi. Ozodlik o‘tgan haftada tarmoq muhokama qilgan asosiy xabar va mavzularga nazar tashladi.

O‘zbek segmentiga atalgan kontentlar trendini o‘rganish chog‘ida Ozodlikka Youtube kanalida yuz minglab obunachilarga ega jurnalist Ulug‘bek Ashur hamrohlik qildi.

Import cheklovi tarmoqlar muhokamasida bo‘ldi
Import cheklovi tarmoqlar muhokamasida bo‘ldi

Ulug‘bek Ashurga ko‘ra, o‘tgan xafta ichida Youtube platformasining o‘zbek segmentida O‘zbekistonda 500 dan ziyod tovarlarning davlat haridi taqiqlangani muhokama qilingan. Shuningdek prezident nevarasining TikTokdagi chiqishi va Tashqi ishlar vazirligidagi jurnalistga akkreditatsiya evaziga seks taklif qilgan Rustamning ishqiy dostonini barcha platformalar faol muhokama qilgan.

O‘zliging namoyon qil. Mirziyoyev TikTokda

O‘tgan hafta Mirziyoyevning nevarasi Miromon Mirzayevning raqsga tushib TikTokka joylagan videosi tarqaldi. Videoda O‘zbekiston prezidentining qizi Saida Mirziyoyevaning o‘g‘li Miromon va qizi Saodatxon Venetsiya uslubidagi ayvonning yarim aylana eshigi oldida turib raqsga tushmoqda.

Mirziyoyev nabiralari
Mirziyoyev nabiralari

@MIROMON7 degan bu akkaunt egasi joylashtirgan video personajlari Get loose ("O‘zingni bo‘sh qo‘y") degan musiqiy kompozitsiyaga raqs tushadi.

Umuman, Mirziyoyev mavzusi seshanbadan seshangacha o‘tgan davrda TikTokdagi ko‘p kontentlarda foydalanildi. G‘ayrat Matyoqubov ismli TikTokchi mashinada uxlab yotgan yigit videosining ustiga Mirziyoyev ovozini joylashtirgan.

Birinchi planda esa kimningdir ko‘rsatkich barmog‘i aks etadi. “Saviyang yo‘q¸ ilming yo‘q¸ biliming yo‘q¸ kitob o‘qimaysan, prezidentni qarorini o‘qimaysan” degan prezident ovozi eshitiladi. Kurtka kiygan soqollari o‘sib ketgan yigit esa, uxlashda davom etaveradi.

TikTokda Shavkat Mirziyoyevga bag‘ishlangan videolar turkumini Shveysariyada yashaydigan o‘zbek faoli Safar Bekjon aks etgan lavha yakunladi. TikTok portalining o‘zbek segmentida ko‘p ko‘rilgan 13 sekundlik videoda Safar Bejon qo‘lidagi tovaga cho‘michni urib “Shavkat, iste’fo” deya qo‘shiqqa solib aytadi.

Safar Bekjon
Safar Bekjon

Taqiq mevasini kim yeydi?

O‘zbekistonlik faol Aziza Umarova o‘zining Facebookdagi sahifasida import tovarlar taqiqidan avvalo tibbiyot zarar ko‘rishi haqida ëzdi.

“Shokolad, vafli, televizor, konditsioner va hattoki gaz / elektr hisoblagichlar bozori birdagina nima uchun va kim uchun taqa-taq yopilganini yosh bola ham tushunib turibdi.Lekin o‘zimizda shunchaki yetishmayotgan go‘sht mahsulotlari nega ro‘yxatga kiritilgan? (Qishloq xo‘jaligidagi rasvo siyosat tufayli chorva yemi yetishtirish mumkin bo‘lgan yerlar paxta uchun ajratildi).Yoki bolalar o‘yinchoqlari? Bizning maktablarimiz va bolalar bog‘chalariga ular faqat chetdan keltiriladi va ularni sotib olish kerak.Va eng muhimi – reagentlar va dori-darmonlar? Mana, bir misol. Bugungi kunda saratonga qarshi davolashda yaroqli bo‘lgan barcha dorilar mutlaqo chetdan keltiriladi. Ularning aksariyati Farmatsevtika qo‘mitasi tomonidan litsenziyalanmagan va chet eldan noqonuniy ravishda qo‘lda olib kelinadi. Davlat shunchaki bemorning oilasiga dorilar ro‘yxatini beradi, odamlar o‘zlari topib sotib olishadi. Bu holat boshqa jiddiy kasalliklarga ham tegishli. Chunki yuqori sifatli import dori-darmonlargina natija beradi.Davlat tibbiyoti yomon ahvolda. Bemorlarni yuqori sifatli davolash maqsadida barcha kasalliklar uchun zamonaviy xalqaro protokollarni qabul qilish va chet eldan bemorlar uchun zarur sifatli dori-darmonlarni sotib olish zarur. Davlat tibbiyot tizimiga dori-darmonlar olib kirilishini taqiqlash har qanday ko‘rinishda zararlidir. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni bu tarzda qo‘llab-quvvatlash nojoiz".

Aziza Umarova
Aziza Umarova

Umarovaning bu fikriga javoban tarmoq faoli Umida Haqnazar mana buni yozdi:

Bu mahalliy ishlab chiqaruvchini qo‘llab-quvvatlash emas, balki proteksionizmdir.

"Boshqa mamlakatlar bozoriga kirishni taqiqlashdan tashqari bu “o‘zingnikining oyog‘idan chalish” hamdir. Masalan, bizning tikuvchilarimiz Rossiyada yoki boshqa mamlakatlarda o‘tkaziladigan davlat xaridlari tenderlarida qatnashib, tikuvchilik qilishlari mumkin edi. Fartuklar yoki, deylik, maxsus ish kiyimlari tikish bo‘yicha… Yoki bizning qurilish kompaniyalarimiz xuddi shu xizmatlarni sotib olish uchun tenderlar o‘tkaziladigan yirik qurilish loyihalarida subpudratchi sifatida qatnashishlari mumkin. Shunday qilib, biz kelajakda ko‘plab imkoniyatlarni boy beramiz… kaltabin chora-tadbirlarimiz bois".

Asalxoniy qaytdi

Asalhoney laqabi bilan Instagramda mashxur bo‘lgan qo‘shko‘pirlik 31 yashar erotik bloger Asal Xo‘jayeva bir muddat tanaffusdan keyin TikTokda paydo bo‘ldi. U o‘z xeyterlariga qarata malomat yomg‘irini yog‘dirdi. O‘tgan yil dekabrda unga ikki marotaba Mirzo Ulug‘bek tumani IIBga chaqirilib, rasman ogohlantirish berilgan. Hovuzda cho‘milgani holati aks etgan, turli kiyimlarda tushgan shaxsiy suratlarini e’lon qilgani uchun ogohlantirilgan edi.

Asal Xo‘jayeva
Asal Xo‘jayeva

O‘zbekistondagi eng mashhur erotik bloger, Asalxoniy taxallusi bilan tanilgan Asal Xo‘jayeva intim blogerlik va jinsiy xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishini Eltuz nashri muxbiriga bergan suhbatida aytgan edi. Suhbat davomida Xo‘jayeva, o‘z ta’biricha, konservator qatlam vakillarining doimiy bosimi va hujumlari ostida qolayotganidan shikoyat qilgan edi.

Xafta davomida o‘zbekistonlik stilist va transgender Nigina (Otabek) ham muhofazakorlar shikoyati ortidan qamoqqa olingani haqidagi xabar tarmoqda tarqaldi.

O‘zbekiston jinsiy ozchiliklar hukumat tarafidan qonuniy ta’qib qilinadigan dunëdagi kam sonli mamlakatlardan biridir.

Tashqi ishlar vazirligi mulozimining ishqi ichki ishmi?

Tarmoqdagi jami portallar mana, ikki kundirki TIVdan akkreditatsiya ololmagan xorijlik jurnalist ayol vazirlik vakilini shilqimlikda ayblaganini muhokama qilmoqda. Gap The Guardian, Al Jazeera, The Diplomat va Eurasianet nashrlari bilan hamkorlik qilib kelgan mustaqil jurnalist Agneshka Pikulitska-Vilchevska haqida. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rustam degan TIV mulozimi seks evaziga akkreditatsiya taklif qilgan.

Agneshka Pikulitska va Komil Allamjonov
Agneshka Pikulitska va Komil Allamjonov

Jurnalist Zafarbek Solijonov o‘zining Telegram sahifasida "hammasini ...ga tiqding, Rustam!" deya yozdi:

"Xalqaro jurnalist "Agneshkaxon voqeasi" ko‘p savollarga javoblarni ochib berdi. Kelinglar, jonajon akkreditatsiyadan boshlaymiz. Aynan ularni nazorat qiladigan institutning o‘zi yo‘q, javobgarlikning o‘zi yo‘q, menimcha. Bo‘lmasa, 2 oyda berilishi kerak bo‘lgan javob 6 oydan keyin, bemaloool berilmasdi. Davlat tashkilotlarida nazorat yo‘qligi o‘zboshimchalikka olib kelgan doim. O‘zi akkreditatsiya nega buncha muddatda berilishi kerak? Balki, yangi O‘zbekistonda "tashqi yovuz, qora kuchlar" farazimizdan voz kecharmiz? Qachongacha sun’iy dushmanlar bilan yashaymiz? Eski davrdan qolgan "teshik tog‘oralar"dan qachon qutulamiz?

Tarmoq “Rustamning ishqiy dostoniga bag‘ishlangan mem va kinoyalar bilan to‘ldi. Bloger Mufasa esa, bu xolatni she’riy misralarda tasvirladi:

"Golodniy Rustami bulbul,

Davlatning obro‘sini

Qildingku bir pul..."

Oysara opaning qizi Jumagul va boshqalar

Balog‘atga yetmagan qizni zo‘rlagani uchun besh yilga qamalgan qo‘shiqchi Jasur Umirov hikoyasi seshanba kuni trendga chiqdi. "Farhod va Shirin" duetidagi Farhodning uylanib, Navoiyda to‘y qilgani¸ Zarina Nizomiddinovaning ikkiqat bo‘lgani va komik stendapchi Shahloning "ruhiy muvozanati"ni ham tarmoqlar muhokama qildi. Eng ko‘p ulashilgan va mutoyibaga sabab bo‘lgan video toshkentlik TikTokchilarning IIB yo‘l patrul xizmati mashinasi bilan "jinsiy aloqani eslatuvchi imitatsiya" qilgani bo‘ldi.

YPX mashinasi oldidagi pantomimo
YPX mashinasi oldidagi pantomimo

Ijtimoiy tarmoqlardagi trendlarni Ozodlik bilan birga kuzating.

Tarmoqlarning faol foydalanuvchisi bo‘lsangiz, fikrlaringizni biz bilan baham ko‘ring.

Eksklyuziv surat va videolaringizni bizning tarmoqlardagi platformalarimiz orqali bo‘lishishingiz mumkin.

Biz bilan bog‘lanish uchun:

Messenjer va imeyl

+420 602 612 713 (WhatsApp, Telegram, Viber)

+420 724 971 539 (WhatsApp, Telegram, Viber)

ozodlikmail@gmail.com

ozodcomments@gmail.com

uzbekweb@rferl.org

XS
SM
MD
LG