Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 09:53

"Irqchilik axlati". Bavariya hukumati islomofobiya mojarosi markazida qoldi


Hozirda olib tashlangan video skrinshoti
Hozirda olib tashlangan video skrinshoti

Bavariya Ichki ishlar vazirligi islomiy ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha e’lon qilingan videoni musulmonlarga nisbatan qo‘pol, irqchilik va islomofobiya kayfiyatini qo‘zg‘atishda ayblanganidan keyin olib tashladi.

Germaniya janubidagi Bavariya shtati hukumati islomiy ekstremizm xavf-xatarlari haqida ogohlantiruvchi videolavha “irqchilik axlati” deb qoralanib, fashistlar davridagi targ‘ibot bilan qiyoslanganidan so‘ng olib tashladi.

2-sentyabr kuni Bavariya Ichki ishlar vazirligi tomonidan X tarmog‘ida e’lon qilingan videoda mash’um musiqa sadosi ostida bir mulla bir qizni yutib yuborgani, so‘ng u hijobli xotinga aylanib yig‘layotgani va ko‘pxotinli oila oshxonasini tozalayotgani tasvirlangan.

O‘ta konservativ sunniylik harakati – salafiylikning xavfi haqida ogohlantirish maqsadida yoyinlangan ushbu video ortidan ayrim nemis qonunchilari vazirlikni noo‘rin targ‘ibot bilan shug‘ullanish va musulmonlarga qarshi kayfiyatni kuchaytirishda aybladi.

“Bavariya Ichki ishlar vazirligidan mutlaqo irqchi video! Bu uyat – ayniqsa, hozirgi zamonda! Cheklash va gijgijlash o‘rniga, biz musulmonlarga qarshi irqchilikka qarshi chiqishimiz kerak”, deb yozdi Germaniya parlamentidagi so‘l partiya a’zosi Nikol Golke X sahifasida.

Mazkur video tadqiqotchilar nemis tilida islomofobiya zo‘rayib, jamiyat va mamlakatda musulmonlarga qarshi voqealar ko‘paymoqda deb atagan bir vaqtda chiqarildi. Kamiga bu Germaniyaning ikki shtatida immigratsiyaga qarshi "Germaniya uchun alternativ" partiyasi saylovdagi muvaffaqiyatlaridan so‘ng darhol sodir bo‘ldi.

"Bir kun oldin bu partiyaning muvaffaqiyatidan hayratda edingiz, ertasi kuni vazirlikdan nafrat va g‘azab chiqyapti!" deb yozdi X tarmog‘ida Berlin parlamentida so‘l qanot deputat Ferat Kojak.

Kojak Bavariya Ichki ishlar vazirligi “musulmonlarga nafrat uyg‘otishda yahudiylarga qarshi natsistlar tashviqotini eslatadigan karikaturalardan foydalanyaptimi?” deb so‘radi.

Uchinchi so‘l partiya siyosatchisi va sobiq parlament a’zosi, huquqshunos Nima Muvassat videoni “aql bovar qilmas irqchi axlat, deb atadi va Bavariya ichki ishlar vaziri Yoaxim Xerrmannga qarshi gijgijlaganlik ayblovi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini ko‘rib chiqishini aytdi.

Keyinroq vazirlik X'dagi postini o‘chirdi va “Ozodlik”ka 3-sentyabr kuni bergan bayonotida “Agar video qandaydir g‘azab yoki tushunmovchiliklarga sabab bo‘lgan bo‘lsa, o‘ta afsusda ekanligini” bildirdi.

"Biz videoga qarshi tanqidlarni juda jiddiy qabul qilamiz va hozircha kampaniyani to‘xtatdik", dedi vazirlik vakili elektron pochta orqali.

Matbuot kotibi ta’kidlashicha, video aslida “odamlarni salafiylar va boshqa islomchilar tomonidan kelayotgan xavf-xatarlardan xabardor qilish va ularning usullarini ko‘rsatish uchun” ijtimoiy tarmoqdagi yangi kampaniyaning bir qismi bo‘lgan.

“Salafizmga qarshi kurashda profilaktika va deradikalizatsiya ishlari biz uchun juda muhim bo‘lgani uchun videolavhalarni qayta ishlaymiz. Biroq, salafiylik xavfini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi”, dedi matbuot kotibi.

Hozirda olib tashlangan video skrinshoti.
Hozirda olib tashlangan video skrinshoti.

Yevropa komissiyasi «Ozodlik»ka “ushbu videoga aniq izoh bermaganini” aytdi.

“Musulmon ayollar Yevropa Ittifoqi jamiyatida juda faol rol o‘ynamoqda – bu ijobiy holat”, dedi Komissiya vakili.

Germaniya Islom konferensiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyada 5,5 millionga yaqin musulmonlar bor, ularning uch millionga yaqini Germaniya fuqarolaridir.

Bavariya sotsial-demokratik partiyasining ichki siyosat bo‘yicha vakili Kristian Feyxtmayer videoni ko‘rib, boshimni chayqadim, dedi.

Uning aytishicha, salafiylikka qarshi kurash muhim, ammo “soliq to‘lovchining pulini ishlamaydigan yoki hatto zarar beradigan ishlarga behuda sarflab bo‘lmaydi. Video menda va boshqalarda aynan shunday taassurot qoldirdi”, deya xabar beradi Dpa axborot agentligi.

XS
SM
MD
LG