Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:43

Internet tezligi past O‘zbekiston Rossiyadan qochayotgan "aytichi"lar uchun qanchalik jozibador?


Toshkentdagi IT-park binosi.
Toshkentdagi IT-park binosi.

O‘zbekistonda chet el fuqarolariga yangi barpo etilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi berilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonga binoan xorijliklar 1- maydan boshlab O‘zbekistonda yashash guvohnomasini talab qilmagan holda, yangi barpo etilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olishlari mumkin bo‘ladi.

Shu oy boshidan esa O‘zbekistonda chetdan kelgan IT-mutaxassislarga uch yillik viza va soddalashtirilgan tartibda ishlash ruxsatnomalarini berish ko‘zda tutilgan IT visa tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Ayni qarorlar Ukrainadagi urush va sanksiyalar sabab keskin yomonlashayotgan vaziyat fonida Rossiya va Belarusdan minglab IT- mutaxassislari o‘z mamlakatlarini tark etayotgan pallaga to‘g‘ri kelmoqda.

Rossiyalik mutaxassislarning aksari Armaniston, Gruziya va Turkiya kabi davlatlarga yo‘l olgan, ularning orasida O‘zbekistonni tanlayotganlari ham oz emas.

Moskvalik Aleksey (ismi uning iltimosiga ko‘ra o‘zgartirildi-tahr.) ish joyini O‘zbekistonga relokatsiya qilgan "aytishnik"lardan biri.

32 yoshli bu mutaxassis Ozodlik muxbiri bilan suhbatda Rossiyada ishlash uchun imkoniyat qolmaganini aytadi:

Rossiyada ishimiz uchun imkoniyat yo‘qoldi. Sanksiyalar sabab servislar bloklandi, moliyaviy hisob-kitoblar bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi. G‘arbdagi shirkatlar Rossiya hududidagi firmalar bilan ishlashdan bosh torta boshladi. Shu sabab ko‘pchilik ketmoqda. Mening o‘zim O‘zbekistonda tug‘ilganim uchun hozircha bu yerni tanladim. Karindoshlarim, tanishlarim bor bu yerda. Vaziyatga qaraymiz, o‘zgarsa, yana Rossiyaga qaytamiz, uzoqqa cho‘zilsa, boshqa joyga ketamiz”, - deydi Aleksey.

Россиялик мигрантлар фонида Тошкентда уй-жой нархлари ошмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:37 0:00

Rossiya Elektron Aloqa Assotsiatsiyasi matbuot vakili Yekaterina Vorobyova Ozodlik bilan suhbatda urush boshlanganidan buyon 50-70 ming IT-mutaxassis Rossiyani tark etganini bildirdi.

“Afsuski, O‘zbekiston bo‘yicha statistika yo‘q bizda. Armaniston bo‘yicha bor. Armanistondan ular, boshqa ish sharoiti, lozim infrastuktura bor mamlakatlar - Gruziya, Kipr, O‘zbekiston, Qozog‘istonga tarqalishadi. - deydi Vorobyova.

Sharqiy Yevropaning “Kremniy vodiysi” deya nom chiqargan Belarusda ham IT sohasi mutaxassislari ommaviy ravishda mamlakatni tark etmoqda.

“Nasha Niva” nashri sanksiyalar bois Belarusni 76 ming mutaxassis tark etgani, mamlakat IT sohasining 80 foizi yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgani haqida yozdi.

Ayni paytda Belarus va Rossiya hukumatlari IT-sektorini saqlab qolish uchun mutaxassislarga yangi imtiyozlarni taklif qilmoqda.

Ammo soliqlar kamayishi, armiyaga chaqiruvni 27 yoshga kechiktirish va kam foizli kreditlar ko‘zda tutilgan imtiyozlar ham IT- mutaxassislarni to‘xtatib qololmayapti.

Rossiya Elektron Aloqa Assotsiatsiyasi matbuot vakili Yekaterina Vorobyovaning Ozodlikka aytishicha, mutaxassislarning ketishi sanksiyalar oqibatida kerakli infrastrukturaning yo‘qolgani bilan bog‘liq.

“Rossiyalik mutaxassislar G‘arb servislari bilan ishlashga o‘rgangan. Masalan, oddiy Adobe servisini olaylik, uni Rossiyada uzaytirish taqiqlangan. IT-mutaxassisning faoliyati shu servisga bog‘liq. Sanksiyalar bois bu servislarning ko‘pchiligi Rossiyada taqiqqa uchradi. Shuning uchun rossiyalik mutaxassislar sifatli infrastruktura ilinjida boshqa mamlakatlarga ko‘chmoqda”, - deydi Vorbyova.

2 mingga yaqin IT- mutaxassis Toshkentda

25-fevral kuni, Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan bir kun o‘tib, O‘zbekiston xorijlik IT-mutaxassislar uchun relokatsiya dasturini e’lon qildi.

Dastur kompaniyalar va dasturchilarni O‘zbekistonga ko‘chirish xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi.

Shu oy boshidan esa O‘zbekistonda chetdan kelgan IT- mutaxassislarga uch yillik viza va soddalashtirilgan tartibda ishlash ruxsatnomalarini berish ko‘zda tutilgan IT Visa tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Toshkent IT-kompaniyalari va mutaxassislariga rag‘bat sifatida keng ko‘lamli soliq imtiyozlari, uy-joy, bola parvarishi imkoniyatlari berilishini ham va’da qilmoqda.

Toshkentdagi IT-park vakilining Ozodlikka aytishicha, TashRush dasturi doirasida so‘nggi bir oyda O‘zbekistonga 2 mingga yaqin IT mutaxassisi ko‘chib kelgan.

“So‘nggi bir oy ichida 2 mingga yaqin mutaxassis keldi. Nafaqat mutaxassislar, o‘nlab IT-kompaniyalar ko‘chib o‘tyapti. Lekin qanday kompaniyalar ekanini aytolmaymiz”, - dedi IT-Park xodimi.

O‘tgan oy O‘zbekiston AKT vaziri Sherzod Shermatov IT-park rezidentlari 2028- yilgacha barcha korporativ soliqlardan ozod qilinishi, soliq va bojxona imtiyozlari berilishi, O‘zbekistonga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lgan IT-kompaniyalar esa zarur infratuzilma bilan ta’minlanishini va’da qildi.

Shermatovga ko‘ra, chetdan yetakchi mutaxassislarni jalb etgan xolda, O‘zbekistonning IT-parki Markaziy Osiyodagi bog‘lovchi IT-xabga aylanishi mumkin.

Ammo mutaxassislarga ko‘ra, Internet tezligining kamligi, elektr ta’minotidagi uzilishlar O‘zbekistonni IT-mutaxassislar uchun jozibador ko‘rsatmasligi mumkin.

“Yashash arzon, Internet qimmat”

Latviyada uzoq yil ishlab, O‘zbekistonga ko‘chib kelgan IT- mutaxassisining Ozodlikka aytishicha, O‘zbekistonning infratuzilmasi hamon boshqa sobiq sovet davlatlaridan orqada.

“Biz dunyoning istagan nuqtasida turib ishlashimiz mumkin. Yetarli tezlikda Internet bo‘lsa, kifoya. Men oilaviy sharoitim tufayli O‘zbekistonga qaytib kelishga majbur bo‘ldim. Ishimni hozir bu yerdan davom ettiryapman. Yaxshi tomoni, bu yerda yashash arzon, yomon tomoni, Internet tezligi past, narxi esa qimmat”, - deydi ismi ochiqlanishini istamagan mutaxassis Ozodlik bilan suhbatda.

O‘zbekiston rasmiylari esa mamlakatda Internet tezligi avvalgi yillarga qaraganda ikki baravar oshganini aytishadi.

Ularga ko‘ra, IT-rezidentlar ishlaydigan binolar yuqori tezlikdagi internet va uzluksiz elektr ta’minoti bilan jihozlangan.

O‘zbekiston hukumati o‘tgan oy Skype aloqa tizimidagi uzoq yillik to‘siqni olib tashlagan.

O‘zbekistonda Tvitter, TikTok va Rossiyaning eng ommabop “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i bloklanganicha qolmoqda.

O‘zbekiston o‘tgan yili Internet tezligi bo‘yicha 224 davlat orasida 166 o‘rinni egallagan. Bu undan oldingi yildagiga qaraganda 37 pog‘ona yuqori.

Britaniyaning telekommunikatsiya xizmatlari provayderlarini taqqoslashga ixtisoslashgan Cable.co.uk nashri o‘tgan yil dekabr oyida e’lon qilgan hisobotida O‘zbekistonda 5 gigabaytlik fayl o‘rtacha 6,64 Mbit/s tezlikda yuklab olinishi haqda aytilgan.

Lekin bu MDH davlatlari orasida past ko‘rsatkich.

Ayni paytda O‘zbekiston Internet narxi eng qimmat bo‘lgan mamlakatlardan. O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 1 Gigabayt mobil internet 16 ming so‘mni tashkil etadi.

Mirziyoyevning “Bir million dasturchi”si

O‘zbekistonda uch yil avval “Bir million dasturchi” (One Million Uzbek Coders) tayyorlash loyihasiga start berilgan edi.

2017-yilda BAAda ishga tushirilgan One Million Arab Coders loyihasiga o‘xshash loyiha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Dubai Future Foundation jamg‘armasi, Toshkentdagi Inha universiteti, IT-akademiyalar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT-maktab bilan hamkorlikda amalga oshirilishi aytilgan.

Loyiha raqamli texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida UzbekCoders.uz maxsus portali orqali aholining keng qatlamlarini dasturlashga masofadan o‘qitishni nazarda tutadi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil oktabr oyida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 567 ming o‘g‘il-qiz bepul saboq olgani, ularning 79 foizi maktab o‘quvchilari ekanligini qayd etgan.

“Birorta maktab “Bir million dasturchi” loyihasidan chetda qolmasligi kerak”, – degan Mirziyoyev.

Ba’zi maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari Ozodlik bilan suhbatda joylarda bu dastur kampaniyabozlikka aylanib ketgani, mustaqil ravishda «Bir million dasturchi» loyihasida ishtirok etib, sertifikat olishlari uchun moddiy-texnik va texnologik imkoniyat yetarli emasligini aytishgan.

XS
SM
MD
LG