Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:31

"Ilgari buning aksi edi". Rossiyalik amaldorlar, biznesmenlar va yaqinlari qirg‘iz pasportini olmoqda


Qirg‘iziston pasporti
Qirg‘iziston pasporti

2022-yilda yuzlab rossiyaliklar qirg‘iz pasporti olishdi – Rossiyada Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqaroligiga kirishga ko‘maklashuvchi xususiy firmalar ishlamoqda. Rossiya armiyasi o‘tgan yili Ukrainaga bostirib kirganidan so‘ng yuz minglab rossiyaliklar mamlakatdan qochib ketishdi, ularning aksari sobiq SSSR respublikalariga ko‘chib o‘tgan.

Qirg‘iz pasporti rossiyaliklarni – Ukrainaga bosqin boshlagani ortidan yakkamoxovga aylanib qolgan mamlakatdan bosh olib ketish imkoniyati o‘laroq qiziqtiradi.

Rossiya xususiy firmalari ham Qirg‘iziston fuqarosi pasportini ayni ma’noda – G‘arb mamlakatlarida ta’lim olish va yashash vositasi, deya reklama qilishmoqda.

O‘tgan yilning fevralidan beri yuz minglab rossiyaliklar urushning iqtisodiy oqibatlari va askarlikka olinish ehtimolidan cho‘chib mamlakatni tark etishdi.

Badavlat kishilar Birlashgan Arab Amirliklari, Tayland va Isroil kabi mamlakatlarda uy sotib olib va biznes ochib, bu yerda uzoq muddat istiqomat qilish uchun zamin hozirlashayotir.

Мобилизациядан қочаётганлар. Мигрантми ё релокант?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:33:07 0:00

Biroq ko‘p rossiyaliklar, asosan o‘rta qatlam mansublari Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston singari qo‘shni davlatlarga jo‘nab ketishdi.

Rossiyaning “Otkritiy mir” shirkati rossiyalik mijozlariga 1500 AQSh dollari evaziga va 18 oy ichida qirg‘iz fuqaroligini olib berish xizmatini taklif qilmoqda.

Bunday xususiy firmalar yoki boshqa kanallar orqali Qirg‘iziston fuqaroligini olish uchun qancha rossiyalik ariza bergani ma’lum emas.

Ammo Bishkekning rasmiy qaydlari Ukrainada urush boshlangan 2022-yil fevraldan buyon qirg‘iz pasportiga talabgor rossiyaliklar soni to‘rt baravar oshganini ko‘rsatayotir.

Qirg‘iz Respublikasining Aholini ro‘yxatga olish departamenti ma’lumotiga ko‘ra, 2022- yilning yanvaridan sentabr oyi oxiriga qadar 1631 nafar Rossiya fuqarosi Qirg‘iziston fuqaroligiga o‘tishga ariza bergan. Atigi 385 Rossiya fuqarosidan qirg‘iz pasportini olishga ariza tushgan 2021-yilning ayni davri bilan taqqoslaganda, o‘sish 400 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda.

Nomi zikr etilmish idora 2021 va 2022-yillarda mos ravishda 226 va 603 nafar Rossiya fuqarolari qirg‘iz vatandoshligiga o‘tganini bildirgan.

Qirg‘iziston pasportini olganlar orasida etnik qirg‘izlar ham bor, ruslar ham.

Ro‘yxatda Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Chelyabinsk va boshqa shaharlarida tug‘ilgan, ruscha ism-familiyali odamlar oz emas.

Ulardan ayrimlari hatto davlat mulozimi, tadbirkor yoki ularning oila a’zolari o‘laroq qayd qilingan.

Moscow Times nashri bir necha manbaga tayanib xabar berishicha, yangi pasport sohiblarining ism-familiya, tug‘ilish sanasi va joyi kabi shaxsiy ma’lumotlari Rossiyaning ayrim davlat mulozimlari va tadbirkorlari yoki ularning oila a’zolariga oid ma’lumotlar bilan bir xil.

Masalan, qirg‘iz fuqaroligiga o‘tgan rossiyaliklar ro‘yxatida 1977-yilda Moskvada tavallud topgan Natalya Mixaylovna Barshchevskaya degan ism mavjud. Uning personal ma’lumotlari rossiyalik yurist va taniqli davlat arbobi Mixail Barshchevskiyning to‘ng‘ich qizi ma’lumotlari bilan bir xil.

Ro‘yxatdagi yana bir kishi 1962-yilda Moskvada tug‘ilgan Dmitriy Zelenin ekan. Tver viloyati sobiq gubernatorining ism-familiyasi ham aynan shunaqa, u ham xuddi o‘sha yili Rossiya poytaxtida dunyoga kelgan.

Bishkekda tug‘ilgan va o‘tgan yili qirg‘iz fuqaroligiga kirgan aka-uka Aleksandr Valeryevich (35 yosh) va Mixail Valeryevich (45 yosh) Zadorinlarning shaxsiy ma’lumotlari rossiyalik biznesmen Valeriy Zadorin o‘g‘illarining shaxsiy ma’lumotlaridan farq qilmaydi. Zadorin bilan o‘g‘illari ham Bishkekda tug‘ilishgan, keyinchalik Rossiyaga ko‘chib ketishgan.

180 darajaga burilish

Xabarlarga ko‘ra, 2022-yilda Qirg‘izistonga qariyb 30 ming rossiyalik kelgan – bu Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining mazkur mamlakatga so‘nggi bir necha o‘n yildagi eng katta migratsiyasidir. Moskva bilan Bishkek Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zolari sifatida qalin siyosiy va iqtisodiy aloqalarga ega.

Rossiyada yuz minglab qirg‘iz mehnat migrantlari yashaydi va ishlaydi, mamlakatda son-sanoqsiz oilalar migrantlardan keladigan pul hisobiga kun kechirmoqda.

Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasida qo‘sh fuqarolikka doir shartnoma yo‘q, ammo ikkala mamlakatda ham qonunchilik fuqarolarga bir necha fuqarolikka ega bo‘lishga izn beradi.

Qirg‘izistonga qo‘shni Tojikiston 1990-yillardayoq Rossiya bilan qo‘sh fuqarolik to‘g‘risida bitim imzolagan edi. Moskva demografik inqirozdan qutulish uchun sobiq sovet respublikalaridan kelganlarga fuqarolikni berish tartibini soddalashtirishi ortidan so‘nggi yillarda minglab tojiklar Rossiya pasportini olishdi.

Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng rossiyaliklar tojik pasportiga talabgor bo‘lishyaptimi, yo‘qmi – bilmaymiz.

Ammo, Moskvadan taxminan 1500 chaqirim janubi-sharqda – Orenburg viloyatida yashovchi Sattorovlar oilasi ham Tojikiston, ham Rossiya fuqarosi bo‘lmish ko‘plab tojiklar “bir vaqtlar deyarli keraksiz matoh bo‘lgan tojik pasporti”ni qadrlay boshlaganini aytadi.

Sattorovlar 1990-yillarda birinchilar safida ish izlab Rossiyaga kelishgan, lekin 2016- yilga dovur Rossiya fuqaroligiga o‘ta olishmagan ekan.

“Biz Rossiya pasportini hamisha qadrlar edik, chunki u bilan Rossiyada yashash va ishlash, davlatdan nafaqa olish va chet elga chiqish oson edi. Biroq urush boshlanganidan so‘ng hamma narsa o‘zgardi”, deydi besh jondan iborat oila boshlig‘i Axtam Sattorov Ozodlik bilan suhbatda.

Yanvarda oilaning 16 yashar o‘g‘li muddati o‘tgan tojik pasportini yangilab oldi. Yigitcha ikki yildan so‘ng chaqiruv yoshiga etadi.

Sattorov ham boshida ko‘pchilikka o‘xshab “maxsus harbiy amaliyot” uzog‘i bilan bir necha oy davom etadi va Rossiyaning g‘alabasi bilan yakun topadi, deb o‘ylagan ekan.

“Ammo urushning oxiri ko‘rinmayapti. O‘g‘limda vaziyat taqazo qilganida Rossiyani butkul tark etish imkoniyati bo‘lishini istayman”, deydi u.

Rossiyaga kelgan ilk yillarida Sattorovlar bir mahalliy tadbirkor bilan inoq bo‘lib olishgan ekan. Tadbirkor ularga ish topib beribdi, oyoqqa turib olishlariga ko‘maklashibdi. Sattorovlar u bilan aloqalarini saqlab qolishgan.

“Yaqinda u Tojikiston yoki Markaziy Osiyodagi boshqa davlat pasportini olishni o‘ylab yurganini aytdi. Aql bovar qilmaydi: qo‘lida bir qancha odam ishlaydigan Rossiya fuqarosi bizdan tojik pasporti olish yo‘l-yo‘riqlarini so‘rasa-ya! Ilgari tamom teskarisi edi”, deya ajablanadi Axtam Sattorov.

XS
SM
MD
LG