Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:42

IIV Toshkentdagi piket ortidan “ochiq muloqot”ga tayyorligini bildirdi


Toshkentlik bloger va ijtimoiy faol Shokir Sharipov.
Toshkentlik bloger va ijtimoiy faol Shokir Sharipov.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi bloger va jamoat faoli Shokir Sharipovning vazir Po‘lat Bobojonov iste’fosi talabi bilan Toshkentda 22-noyabr kuni o‘tkazgan norozilik piketi ortidan “barcha masalalar va takliflar bo‘yicha ochiq muloqot”ga tayyorligini bildirgan.

Bloger Shokir Sharipov Ozodlikka vazirlik matbuot xizmatining bu haqdagi ma’lumoti unga jurnalist hamkasblari orqali yetkazilganini aytdi.

“Men 22-noyabr kuni Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov iste’fosini talab qilib piket o‘tkazdim. Tarmoqlarda bu muhokama bo‘lgach vazirlik 1-dekabr press-konferensiya o‘tkazadigan bo‘libdi. Muhokama qilamiz, ochiqmiz, deyishibdi. Meni o‘zimga aytishmadi, vazirlik matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov jurnalist hamkasblarimga aytgan, menga yetkazishdi bu ma’lumotni”, - deydi Sharipov.

Tarmoqlarda Muhammad Shakur nomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik bloger Shokir Sharipov 22-noyabr kuni Toshkentdagi Yuriy Gagarin haykali yonida nogiron aravachasida o‘tirib, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov iste’fosini talab qilaman” yozuvi tushirilgan plakatni ko‘tarib bir kishilik piket o‘tkazdi.

Shokirovning Ozodlikka aytishicha, Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka kelishi bilan ichki ishlar tizimida jiddiy islohotlar qilinadi, deb katta umid bog‘lagan, lekin o‘zgarishlar u kutganday bo‘lmagan.

Qo‘qon shahar IIB qoshidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida o‘smirning o‘limi esa sabr kosasiga so‘nggi tomchi bo‘lgan.

“Mening chiqishimga 15 yoshli bolaning o‘limi turtki bo‘ldi. Shu haqda eshitganimdan keyin qanday reaksiya bo‘lganini ko‘rib o‘zimni tergab qoldim. Nega muvofiq tarzda reaksiya bo‘lmayapti? Men chiqmasam vijdonim yeb qo‘yadi deb chiqdim. Aslida, bu voqeadan keyin ichki ishlar vaziri xalq oldiga chiqib, vazirlik tizimi isloh qilinmayotganini tan olib, kechirim so‘rashi va iste’foga chiqishi kerak edi. Chunki, mana shu voqeadan keyin ham Po‘lat Bobojonovga ishonch bildirilsa, vazifasida qolsa, fuqarolarda davlat boshqaruviga ishonch yo‘qoladi. Mamlakatni boshqarayotganlar xalqni o‘ylamaydi, degan fikr kuchayadi”, - deydi Shokirov.

"Vazir ketsa islohot bo‘ladi, degan fikrdan uzoqman..."

Ichki ishlar vazirligida islohotlar bo‘lmayotgani faqat bir shaxs - vazir Po‘lat Bobojonovga bog‘liqmi?

Shokir Sharipov Ozodlikning bu savoliga javob berar ekan: “Albatta yo‘q, u odam ketsa islohot bo‘ladi, degan fikrda emasman. Men vazir Po‘lat Bobojonovni ketkazish uchun chiqqanim yo‘q. Niyatim u emas. Islohot boshlansin, degan ma’noda qildim buni. Vazir agar shu lavozim egasi sifatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ekan, ishini uddalay olmayotganini tan olib ketishi kerakligini aytdim. Lekin, u lavozimida o‘tiribdi”, - deydi Sharipov.

Ozodlik bloger tanqidlari yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga izoh olish uchun bog‘lanishga harakat qildi, lekin vazirlik saytida keltirilgan telefon raqamlariga 24-noyabr ish kuni oxirigacha hech kim javob bermadi.

ИИБ ҳибсхонасида қийнаб ўлдирилган эркакнинг оиласи қаровсиз қолди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:09 0:00

"Aytadiganimni aytdim..."

Shokir Sharipov muloqot o‘tkaziladigan bo‘lsa uni ham chaqirishlariga umid qilayotganini aytadi.

“Men ikki soatlik piketda aytadiganimni aytdim. Chaqirishsa boraman, savollar esa ko‘p. Talablar ko‘p. Odamlarning haq-huquqlari buzilyapti. Fermerlarni ichki ishlar xodimlari kaltaklashgani holatlarini eshitdik yaqinda. Maqolalar chiqadi, vazirlikdan hech qanaqa reaksiya yo‘q.

Asosiy muammo islohot yo‘qligida. Islohot deganda katta kompleks islohotlarni nazarda tutyapman. Ichki ishlar xodimlarini qayta tarbiyalash kerak. Karimov davridagi merosdan voz kechishimiz lozim. Huquq-tartibot idoralari hali ham o‘zini oldingiday tutyapti. Ko‘p illatlar hozir ham qolgan. Buni yangilash kerak. Rivojlangan davlatlar andozasiga o‘tish kerak. Militsiya xodimlarida “xizmatkorman, odamlar himoyachisiman” degan tushuncha hosil qilishimiz kerak”, - deydi Sharipov.

Shu oy boshida Qo‘qon shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida 14 yoshli bolaning o‘limi tarmoqlarni larzaga soldi.

Voyaga yetmagan bola tan jarohati yetkazilgani oqibatida vafot etgani yuzasidan markazning ikki nafar xodimi ishdan bo‘shatilgani bildirildi. Rasmiy farazga ko‘ra, ular navbatchilik qilgan kunda tarbiyalanuvchilarni nazoratsiz qoldirib, janjalning oldini olmagan.

Viloyat IIB xabarida aytilishicha, IIV tegishli xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi yakuniga ko‘ra, ushbu markaz boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

XS
SM
MD
LG