Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:00

G‘azo: Falastinlik ayol Isroil hujumida o‘n yilda dunyoga keltirgan egizaklaridan ayrildi


Falastin - Isroil mojarosi. Illyustrativ surat
Falastin - Isroil mojarosi. Illyustrativ surat

Raniya Abu Anza 10 yil farzand ko‘rmadi. Uning homilador bo‘lishi uchun ekstrakorporal urug‘lantirish (EKU) kerak bo‘ldi. Ammo zo‘rg‘a yetishgani besh oylik egizaklari – bir o‘g‘il va bir qizini yo‘qotishi uchun bir necha soniya yetarli bo‘ldi.

Shanba kuni kechqurun Isroilning G‘azo sektori janubidagi Rafah shahridagi uyiga uyushtirgan zarbasi uning bolalari, turmush o‘rtog‘i va yana 11 qarindoshini o‘ldirdi. Yana to‘qqiz kishi vayronalar ostida bedarak yo‘qoldi, deydi tirik qolganlar va mahalliy sog‘liqni saqlash rasmiylari.

U soat 22:00 atrofida uyg‘ondi, o‘g‘li Naimni emizib, bir qo‘lida o‘g‘il, bir qo‘lida qizi Vissam bilan uxlab qoldi. Eri ularning yonida yotardi.

Portlash oradan bir yarim soat o‘tib sodir bo‘lgan. Uy quladi.

"Men bolalarim va erim uchun qichqirardim", deydi u yig‘lab, ko‘kragiga chaqalog‘i adyolini mahkam bosib. "Ularning hammasi o‘lgan edi. Otalari ularni o‘zi bilan olib ketdi va meni tashlab ketdi”.

U boshini devorga suyab ko‘zlarini yumdi.

Isroil G‘azo urushi boshlangandan beri, hatto oktabr oyida o‘zi xavfsiz hudud deb e’lon qilgan, biroq hozirda halokatli quruqlik hujumining navbatdagi nishoniga aylangan Rafahda ham oilalarning uylariga zarba bermoqda.

Zarbalar ko‘pincha ogohlantirishsiz, odatda yarim tunda sodir bo‘ladi.

Уруш анатомияси: Араб-Исроил урушлари, Исроил-Фаластин зиддияти тарихи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:29:23 0:00

Isroil tinch aholiga zarar yetkazmaslikka harakat qilayotganini aytib, insoniy talafotlarda Hamasni ayblamoqda, chunki uning da’vosicha, aholi zich joylashgan hududlarga jangarilar yashiringan, tunnellar qurilgan va raketalar o‘rnatilgan. Biroq harbiylar ko‘pincha ayollar va bolalarni o‘ldiradigan alohida zarbalar haqida kamdan-kam izoh beradi.

Yakshanba kuni harbiylar hujumga izoh bermadi, biroq "xalqaro qonunlarga rioya qilamiz va tinch aholiga yetkazilgan zararni kamaytirish uchun mumkin bo‘lgan ehtiyot choralarini ko‘ramiz" dedi.

Jasadlar olingan shifoxona direktori doktor Marvon al-Xamsning aytishicha, Abu Anzaning uyida halok bo‘lgan 14 kishidan olti nafari bolalar va to‘rt nafari ayollardir. Raniya eri va bolalaridan tashqari opasi, jiyani, homilador amakivachchasi va boshqa qarindoshlaridan ham ayrilgan.

Qarindoshi Faruq Abu Anzaning aytishicha, uyda 35 ga yaqin odam yashagan, ulardan ba’zilari boshqa hududlardan majburan ko‘chib kelgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning barchasi tinch aholi, asosan bolalar bo‘lib, orasida jangarilar bo‘lmagan.

29 yoshli Raniya va uning eri Vissam farzandli bo‘lish uchun o‘n yil harakat qilishdi. EKUning ikki bosqichi muvaffaqiyatsiz chiqdi, ammo uchinchisida, o‘tgan yil boshida homilador bo‘la oldi. Egizaklar 13-oktabrda dunyoga keldi.

Uning aytishicha, mardikorlik qiluvchi eri shu qadar xursand bo‘lganki, qiziga o‘z ismlarini qo‘yishni talab qilgan.

"Men ularga to‘yolmadim, – deydi ona. – Qasam ichamanki, men ularga to‘yolmadim."

Bir haftadan kamroq vaqt oldin Hamas boshchiligidagi jangarilar kutilmagan hujumda Isroil janubiga bostirib kirib, aholi punktlarini vayron qilgan, 1200 ga yaqin odamni (asosan tinch aholini) o‘ldirgan va 250 ga yaqinni, jumladan, bolalar va chaqaloqlarni garovga olgan edi.

Isroil yaqin tarixdagi eng halokatli harbiy kampaniyalardan biri bilan javob qaytardi. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, urushda 30 mingdan ortiq falastinlik o‘ldi. G‘azoning 2,3 million aholisining qariyb 80 foizi o‘z uylarini tark etdi va aholining to‘rtdan bir qismi ocharchilikka duchor keldi.

Vazirlik o‘tgan oy urushda 12,300 dan ortiq falastinlik bolalar va o‘smirlar halok bo‘lganini, ular jami o‘lganlarning 43 foizini tashkil qilganini aytdi. Ayollar va bolalar birgalikda halok bo‘lganlarning to‘rtdan uch qismini tashkil qiladi. Vazirlik o‘z hisob-kitoblarida tinch aholi va jangchilarni ajratmagan.

Isroil 10 mingdan ortiq Hamas jangarilarini o‘ldirganini da’vo qilmoqda, biroq hech qanday dalil keltirmagan.

Urush omon qolgan bolalar uchun hayotni do‘zaxga aylantirdi, G‘azo sektori shimolidagi ba’zilarni tibbiy yordamdan mosuvo qildi, deydi yordam tashkilotlari xodimlari.

“Atigi bir necha kilometr naridagi hayotbaxsh yordamdan ajratib qo‘yilgan ota-onalar va shifokorlar nochorligi va umidsizligi hissi chidab bo‘lmas bo‘lsa kerak, lekin bundan ham yomoni, bu chaqaloqlarning azobli yig‘lashlari asta-sekin o‘lib borayotganini butun dunyo kuzatmoqda», deydi YUNISEFning mintaqaviy direktori Adel Xodr yakshanba kuni.

OzodNazar: Исроил-Фаластин зиддияти ечими нимада?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:45:43 0:00

Shanba kuniga qadar Abu Anzaning oilasi nisbatan omadli edi. Rafah G‘azo sektori shimoli va janubdagi Xon Yunis shahridagi katta vayronagarchilikdan omon qolgandi.

Rafah, shuningdek, hozirgacha gumanitar yordam yetib borayotgan G‘azodagi shahardir.

Ammo Isroil navbatdagi nishon Rafah bo‘lishini va u yerda boshpana topgan taxminan 1,5 million odam ko‘chirilishi kerakligini aytdi.

"Bizda hech qanday huquq yo‘q, – dedi Raniya. – Men eng yaqin odamlarimni yo‘qotdim. Men bu yerda yashashni xohlamayman. Men bu mamlakatdan ketmoqchiman. Bu urushdan charchadim”.

XS
SM
MD
LG