Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:42

FT: O‘zbekiston YIdan Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni so‘ragan


Alisher Usmonov prezident Shavkat Mirziyoyev bilan.
Alisher Usmonov prezident Shavkat Mirziyoyev bilan.

Britaniyada chiqadigan Financial Times nashrining yozishicha, O‘zbekiston hukumati Yevropa Ittifoqidan rossiyalik oligarx Alisher Usmonovga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni olib tashlashni so‘ragan.

Nashrning o‘z manbalaridan iqtibos keltirishicha, Yevroittifoq vakillari bilan yaqinda o‘tgan uchrashuvlar chog‘ida o‘zbek rasmiylari sanksiyalar Usmonovning mamlakatga sarmoya kiritishini cheklayotganini aytib, ularning bekor qilinishini so‘raganlar.

FT ma’lumoticha, rasmiy Toshkent shuningdek, Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilovani ham sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni so‘ramoqda. Yevropa Ittifoqi Usmonovning singlisi uning qator aktivlari, jumladan, 600 million dollarlik Dilbar superyaxtasiga egalik qiladi, deb hisoblaydi.

Toshkent Usmonovga yordam berishga "tayyor"

Toshkent va Bryussel o‘rtasidagi muhokamalardan xabardor ikki kishining aytishicha, Toshkent O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi rasmiylari o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuvlarda sanksiyalar yuzasidan xavotir bildirgan. O‘zbekiston, shuningdek, agar Ittifoq cheklovlarni olib tashlash so‘rovini rad etsa, Usmonovga Bryusselga qarshi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan da’voda huquqiy yordam ko‘rsatmoqchi, deb yozmoqda Financial Times.

Алишер Усмонов Путинга “яқин эмас”лигини исботлай оладими?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:20:43 0:00

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, Putin bosqinidan oldin 20 milliard dollarga yaqin boyligi bo‘lgan Usmonov o‘zi tug‘ilib o‘sgan O‘zbekiston bilan yaqin aloqada. Toshkent unga qarshi qo‘yilgan sanksiyalar, jumladan, aktivlari muzlatilishi milliarderning o‘z boyligining bir qismini mamlakatga sarmoya sifatida kiritish imkoniyatini cheklab qo‘yganini da’vo qilmoqda. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi FT so‘rovlariga javob bermagan. Usmonovning matbuot kotibi esa “O‘zbekiston hukumati harakatlariga baho bera olmasligi, ammo sanksiyalar sarmoya va xayriya loyihalariga haqiqatan ham halaqit berayotgani"ni aytgan.

Financial Times maqolasida yozilishicha, Usmonov o‘z boyligini 1990‑yillarda Rossiyaning “Gazprom” davlat gaz shirkatining katta direktori bo‘lganda qozongan, o‘z lavozimidan po‘lat, mis, telekommunikatsiya, texnologiya va mediani qamrab olgan sanoat konglomerati qurish uchun foydalangan.

Britaniya nashri Toshkentning Usmonov uchun lobbilik qilishi Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqinroq aloqalar o‘rnatishga intilayotgan bir paytda sodir bo‘layotganiga e’tibor qaratgan.

Yevropa Ittifoqi rasmiylari FT bilan suhbatda Usmonov va Ismoilovaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish - Yevropa Ittifoqining barcha 27 a’zosi bir ovozdan ma’qullashi kerak – sanksiyalarga duchor bo‘lgan o‘nlab ikki fuqarolikka ega rossiyalik oligarxlar atrofida ham xuddi shu kabi bahslarni keltirib chiqarishi mumkinligini aytishgan.

Yevrokomissiya vakili Ittifoq va uchinchi davlatlar o‘rtasidagi uchrashuvlarga izoh bermasligi, sanksiyalar muhokamasi esa maxfiy bo‘lganini aytgan.

“Yevropa Ittifoqining sanksiyalar rejimi ro‘yxatga kiritilgan barcha jismoniy va yuridik shaxslarga Yevropa sudiga qonuniy shikoyat qilish imkoniyatini beradi”, deya YIning Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha bosh vakili Piter Stanoning so‘zlaridan iqtibos keltimoqda Financial Times nashri.

Nemis politsiyasi seshanba kuni Shveysariyaning UBS bankining Frankfurt va Myunxendagi ofislarida Usmonovning pul yuvish bilan bog‘liq tergov ishlari doirasida reyd o‘tkazgan.

Usmonovning matbuot kotibi uning pul yuvish yoki soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani haqidagi har qanday ayblovlarni «qat’iy» rad etgan.

Usmonovning boshqa bir singlisi Saodat Narziyeva sentabr oyida, vakillarining aytishicha, “yolg‘on ayblovlarga asoslangan” qarorlar ustidan muvaffaqiyatli shikoyat qilgani uchun Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidan o‘chirilgan.

YI Usmonovga qarshi sanksiyalarni "bekor qilishi mumkin"

Ayni paytda Britaniyada chiqadigan yana bir nashr The Guardian Yevropa Ittifoqi yaqin kunlarda Alisher Usmonov va singlisiga qarshi sanksiyalarni bekor qilishi mumkinligi haqida yozmoqda.

The Guardian manbalariga ko‘ra, sanksiyalarni vaqtincha bekor qilish to‘g‘risidagi qaror kelgusi ikki hafta ichida, yakuniy qaror esa yil oxirigacha qabul qilinishi mumkin.

“Ushbu qaror qabul qilinsa, Usmonov va uning qarindoshlari muzlatilgan va musodara qilingan aktivlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi”, deb yozdi Britaniya nashri.

Har ikki nashr 69 yashar Alisher Usmonov bir vaqtlar "Putinning eng yaqin oligarxlaridan biri" deya ta’riflanganini eslatgan.

  • Alisher Usmonov Rossiyaning eng boy odamlaridan hisoblanadi. Forbes uning boyligini $11,5 milliard deb baholagan. Shu yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga tajovuzi boshlanishi ortidan Usmonov Yevroittifoqning sanksiyalar ro‘yxatiga tushdi. Keyinroq sanksiyalarga AQSh, Britaniya, Avstraliya, Kanada va Yaponiya ham qo‘shildi. Bu davlatlar oligarxning Kremlga yaqinligini aytib, uni Putin rejimini dastaklashda ayblashgan.
  • Shu yil mayida Alisher Usmonov Lyuksemburgdagi Evropa sudiga sanktsiyalar ustidan shikoyat kiritdi. Usmonovga qarshi sanksiyalarni olib tashlashni Vengriya ham so‘ragan.
XS
SM
MD
LG