Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:25

Federal tergov byurosi Bayden inauguratsiyasi arafasida “qurolli qarshiliklar”dan ogohlantirdi


Tramp tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirishi ortidan 5 kishi halok bo‘lgan.
Tramp tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirishi ortidan 5 kishi halok bo‘lgan.

Federal tergov byurosi Qo‘shma Shtatlarda saylangan prezident Jo Baydenning 20 - yanvarda qasamyodga keltirilishi arafasida qurolli qarshiliklar” bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.

AQSh matbuoti 11 - yanvar kuni Federal tergov byurosi bayonotini e’lon qildi. Bayonotda aytilishicha, “qurolli qarshilik”lar AQShning barcha 50 shtatida va Vashingtondagi Kapitoliy binosi oldida sodir etilishi mumkin.

Shtatlarning ko‘pchiligida qurol olib yurish qonuniy hisoblanadi. Bayonotda aytilishicha, noroziliklar 16 - yanvardan 20 - yanvargacha bo‘lib o‘tishi ehtimol.

Mazkur bayonot Vashingtonda 6 - yanvar kuni Tramp tarafdorlari Kapitoliy binosiga bostirib kirganidan so‘ng xavfsizlik choralari kuchaytirilgani ortidan e’lon qilindi.

Donald Tramp 3 - noyabrdagi prezidentlik saylovi paytida o‘ziga berilgan ovozlar o‘g‘irlangani va natijalar soxtalashtirilgani to‘g‘risidagi dalil-isbotsiz iddaolarini yana qayta takrorlagani ortidan 6 - yanvar kuni uning tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirgandi. Hujum paytida 5 kishi halok bo‘lgan.

Federal tergov byurosi bayonotida “Tramp muddatidan oldin impichment yo‘li bilan prezidentlikdan olinsa, shtatlar sudlari, mahalliy va federal davlat organlari hamda ma’muriy binolarni bosib olish”ga chaqirayotgan guruh haqida ham ma’lumotlar borligi bildirilgan.

ABC News va CNNning xabar berishicha, Federal tergov byurosi bayonotida guruh Baydenni qasamyodga keltirish kuni barcha hukumat binolarini bosib olishga chaqirayotgani haqida ham ma’lumotlar bor.

Mazkur bayonot ortidan AQSh prezidenti Donald Tramp poytaxt Vashingtonda favqulodda vaziyat joriy etdi. Tramp Vashingtonga xavfsizlik va tartibni saqlash uchun qo‘shimcha federal kuchishlatar tuzilmalarni olib kirishga buyruq berdi.

Favqulodda vaziyat 11 - yanvardan 24 - yanvargacha davom etishi aytilmoqda. Vashingtongga Milliy Gvardiyaning qo‘shimcha kuchlari jalb qilinmoqda. Hafta oxirigacha ularning soni 10 ming kishiga yetishi bildirilmoqda.

Avvalroq Tramp tarafdorlari Kapitoliy binosini bosib olganidan so‘ng Vashington hokimiyati poytaxtda favqulodda vaziyat e’lon qilgandi.

Bayden 11 - yanvar kuni bu kabi ogohlantirishlarga qaramay, an’anaga muvofiq Kapitoliy binosiga kirish zinapoyasida qasamyod keltirishga tayyor ekanini aytgan.

XS
SM
MD
LG