Eronni qoralovchi rezolyutsiya qabul qilinganidan keyin rasmiy Tehron zamonaviy sentrifugalar o‘rnatish va ishga tushirish, shu yo‘l bilan boyitilgan uran ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirish bilan javob qilishini ochiqladi.
O‘ttiz beshta mamlakat vakillaridan iborat Xalqaro atom energiyasi agentligi Boshqaruvchilar kengashi 21- noyabr kuni Eronga BMTning atom energiyasi agentligi bilan hamkorlikni yaxshilash hamda bahorgacha Tehron yadroviy dasturini rivojlantirishga oid “keng qamrovli” hisobot taqdim etish majburiyatini yuklovchi rezolyutsiyani qabul qilgan edi.
Rezolyutsiya matnini taklif qilgan g‘arb davlatlari Tehron yadroviy dasturini rivojlantirishga yangi cheklovlar kiritishga oid muzokaralar boshlash uchun Eronga bosim o‘tkazishga harakat qilishmoqda.
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp yanvar oyida prezidentlik lavozimiga kirishganidan keyin bu muzokaralarni qo‘llab-qo‘llamasligi haqida shubhalar bor, deya qayd etgan Reuters agentligi.
Eron dunyodagi yetakchi yadroviy davlatlar qarshiligiga qaramay, yadroviy texnologiyalarni rivojlantirayotgan mamlakat rahbariyatiga qarshi qaratilmish rezolyutsiyalarga tez-tez e’tiroz bildirib turadi.