Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 23:54

Chegara bilmas jinoyat - ayollarga qarshi zo‘ravonlik


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Xotin-qizlarga qarshi zo‘ravonlik dunyo bo‘ylab keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pincha yetarli darajada xabar qilinmaydi.

Keng tarqalgan jismoniy, jinsiy va ruhiy zo‘ravonlik faollar ayollar huquqlariga global hujum deb atagan hodisa ko‘rinishidir.

Bu hech qayerda Afg‘onistondagidek yaqqol ko‘rinmaydi. Tolibon ayollarni ijtimoiy hayotdan butunlay o‘chirib tashladi, ularning asosiy huquqlarini qattiq chekladi.

Tolibon hukmronligi ostida Afg‘oniston o‘smir qizlarning maktabga borishi taqiqlangan dunyodagi yagona mamlakatga aylandi.

"Men shifokor bo‘lib, o‘z mamlakatimga xizmat qilishni xohlardim," dedi afg‘on o‘smir qiz Marziya “Ozodlik” radiosiga. "To‘qqiz yil o‘qidim, lekin hammasi bekor ketdi. Endi uyda o‘tiribman."

2021-yilda hokimiyatni qo‘lga olgan Tolibonni hech bir davlat tan olmagan. Biroq, tobora ko‘proq mamlakatlar, shu jumladan, G‘arb davlatlari ham uning hukumati bilan savdo, xavfsizlik va immigratsiya masalalari bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.

"Agar dunyo Tolibon ayollar va qizlarga nima qilayotganini ko‘rib, yelka qisib, o‘tib ketsa va buning o‘rniga boshqa masalalarda Tolibon bilan hamkorlik qilishga e’tibor qaratsa, bu global rahbarlar uchun ayollar va qizlar huquqlari qanchalik ahamiyatsiz ekanligini ko‘rsatadi," dedi Inson huquqlari tashkiloti Human Rights Watch (HRW)ning ayollar huquqlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Xizer Barr.

15 кунлик чақалоқ - ўзбeк қамоғи тутқуни
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:30 0:00

Tolibon hukmronligi davrida majburiy, erta va bolalar nikohlari ko‘paydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ta’kidlashicha, so‘nggi uch yil ichida mamlakatda bolalar nikohlari taxminan 25 foizga oshgan.

Huquq himoyachilari aytishicha, halokatli iqtisodiy va gumanitar inqiroz hamda ayollarning ta’lim va kasbiy istiqbollarining yo‘qligi bu keskin o‘sishni kuchaytirgan.

"Men 14 yoshimda turmushga chiqdim va 15 yoshimda birinchi farzandimni ko‘rdim," dedi Shahzoda «Ozodlik» radiosiga. "U qiz edi. Men u bilan juda qiynaldim. Tirik qolaman deb o‘ylamagandim. Bu men uchun nihoyatda og‘ir edi."

"Tanlash erkinligi"

Qo‘shni Eronda ayollarga ko‘plab o‘qish yo‘nalishlari, sport musobaqalari, erining roziligisiz pasport olish yoki chet elga chiqish taqiqlangan.

Mamlakatning islomiy kiyinish qoidalarini buzgan ayollar esa jarima va 10 yilgacha qamoq jazosiga tortiladi.

Tobora ko‘proq eronlik ayollar mamlakatning diniy tuzumiga qarshi chiqib, majburiy hijob yoki islomiy bosh kiyimdan bosh tortmoqda.

"Hijob Eronda ayollarga zulm ramzidir," deydi Eronda yashovchi 20 yoshli ayol “Ozodlik” radiosiga. "Bu mato bizdan tortib olingan huquqni ifodalaydi. Bu men nimani kiyishni xohlasam, o‘shani tanlash erkinligidir."

2022-yilda Eron bo‘ylab bo‘lib o‘tgan misli ko‘rilmagan norozilik namoyishlarida ziddiyatli hijob masalasi markaziy o‘rinni egalladi. Namoyishlar hijob qonunini buzganlikda ayblanib hibsga olingan yosh ayol Mahsa Aminiyning qamoqda vafot etishi sabab boshlangan edi.

Namoyishlar hijob qonunini buzganlikda ayblanib hibsga olingan yosh ayol Mahsa Aminiyning hibsda o‘limi bilan boshlangandi.

Hokimiyat namoyishchilarga shafqatsiz zarba berdi va hijob kiyish qoidalarini yanada qattiqroq joriy qila boshladi.

Shu bilan birga, Eronda har yili o‘nlab ayollar oilaning "sha’nini" saqlab qolish bahonasida o‘zlarining erkak qarindoshlari, jumladan, erlari, otalari va aka-ukalari tomonidan o‘ldiriladi.

Nyu-Yorkda joylashgan "Stop Femicide Iran" nodavlat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda Eronda 150 dan ortiq ayol ayollarga qarshi qotillik qurboni bo‘lgan.

OzodNazar: Унутилган 666-қарор: ихтиёрий-мажбурий мактаб формаси
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:46:09 0:00

Siyosiy iroda

Gender asosidagi zo‘ravonlik hatto ayollarning tashqi ko‘rinishi, harakatlanish erkinligi va ishlash yoki o‘qish huquqi cheklanmagan mamlakatlarda ham keng tarqalgan.

BMTning 2023-yildagi taxminiga ko‘ra, har 10 daqiqada bir ayol turmush o‘rtog‘i yoki oila a’zosi tomonidan o‘ldirilgan. Jahon tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, deyarli har uchta ayoldan biri hayotida kamida bir marta zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi.

Kosovoda so‘nggi 14 yil ichida kamida 58 ayol o‘ldirilgan.

20 yoshli Erona aprelda, ajrashganidan deyarli bir yil o‘tib o‘ldirilgan. Uning sobiq eri qotillikda ayblanmoqda.

Eronaning onasi Milihatining fikricha, qizi ko‘p yillar davomida oilaviy zo‘ravonlikdan aziyat chekkan.

"U uyga qaytib kelar va hech qachon uning oldiga qaytmasligini aytardi, lekin nimadir sodir bo‘lardi-yu, u yana qaytib ketardi," deydi u “Ozodlik” radiosining Kosovo xizmatiga.

Bosniya va Gersegovinada bir erkak o‘zining sobiq rafiqasini o‘ldirayotganini Istagram'da jonli efirda namoyish qildi va oxir-oqibat qurolni o‘ziga qaratdi.

2023-yil avgust oyida sodir etilgan bu qotillik jamoatchilikda shok va g‘azabni keltirib chiqardi hamda mamlakatdagi ayollarga nisbatan zo‘ravonlik muammosini yana bir bor ko‘rsatib berdi.

Mamlakatning shimoli-sharqida yashovchi Mayda taxminan bir yil oldin ajrashgan va zo‘ravon eridan shikoyat qilgan.

"U oldimga kelib, bo‘ynimdan ushladi. Bolalarim buni ko‘rib, yig‘lab yuborishdi. Men ularga Men yaxshiman’ dedim, lekin keyin u meni urdi," deydi Mayda «Ozodlik» radiosining Bolqon xizmatiga.

Keyin, deydi u, eri uni va bolalarini o‘ldirish bilan tahdid qilgan. "Men uning nimaga qodir ekanligini bilaman, shuning uchun politsiyaga borib, shikoyat qilishga qaror qildim," deydi u.

Oxir-oqibat, u cheklov buyrug‘ini olishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo u o‘zini hali ham xavfsiz his qilmayapti. "U kunning istalgan vaqtida kelib, xayoliga kelgan ishni qilishi mumkin," deydi u.

Мактаблардаги зўравонлик: "Ўқитувчи 10 яшар боламни аёвсиз калтаклади"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:17 0:00

Mutaxassislar ta’kidlashicha, gender asosidagi zo‘ravonlik oldini olish mumkin va muammoni hal qilish ko‘pincha siyosiy irodaga bog‘liq.

"Bular hal qilib bo‘lmaydigan sirli muammolar emas – ular hukumatlardan ayollar va qizlar huquqlarini himoya qilishga chin dildan sodiq bo‘lishni va buning uchun zarur bo‘lgan resurslar, tizimlar va tajribani yaratishni talab qiladi," deydi HRW vakili Barr.

XS
SM
MD
LG