Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:25

"Chang ko‘chalar"dan loy ko‘chalarga. Tarmoqlar Ozodbek Nazarbekovning navbatdagi "qovun"i haqida


Ozodbek Nazarbekov.
Ozodbek Nazarbekov.

O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov davlat g‘aznasidan milliardlab pul sarflab o‘tkazilayotgan turli nomdagi festivallarni oqlashga urinishi ortidan jamoatchilikning keskin tanqidiga uchradi.

Ayrimlar xonandadan chiqqan vazirni “siyosiy bilimsizlik”da, yana ayrimlar “oddiy xalq hayotidan uzilib qolish”da aybladi.

Samarqandda o‘tayotgan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali doirasida jurnalistlarga intervyu bergan vazir Ozodbek Nazarbekov san’at, madaniyat festivallarini o‘tkazish "ko‘chani asfalt qilishdan ko‘ra muhimroq" ekanini aytgan.

Ko‘p savol berasizlar bizga, “Maqom”, “Baxshichilik”, “Hunarmandlar” festivallari qilyapsizlar, bular kerakmi, kerakmasmi deb. Undan ko‘ra asfalt qilgan yaxshimasmi, degan millionta har xil fikrlar bor. Kechirsizlar-u, hozir bu muammo bitta ko‘chani asfalt qilgandan ko‘ra muhimroq. Chunki inson madaniyatiga tahdid bostirib kelyapti, shuning uchun bunaqa festivallarga 3-5 milliard so‘m ishlatish, menimcha, inson kelajagini asrab qolishda juda muhim”, degan Nazarbekov.

Mulozim intervyu davomida “xalqaro maydonda boshqaruv qora kuchlar” nazoratida ekanini ta’kidlagani holda, “qora kuchlar” deganda kimlarni nazarda tutganiga oydinlik kiritmagan.

Озодлик Эксклюзив: Озодбек Назарбеков путинпараст рус қўшиқчилари, Украина ва маданий мерос ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:30 0:00

“Festivallar ko‘chani asfalt qilishdan muhim” degan iddao yo‘llari abgor mamlakatda korrupsiya va byudjet pullarining maqsadsiz sarflanish hollarini tanqid qilib keladigan faollarning g‘azabini qo‘zg‘adi.

“Echkiga jon qayg‘usi, qassobga moy qayg‘usi deganlaridek, har kim o‘z qarichi bilan o‘lchar ekan-da. Vazir deganlari jamoatchilik fikri bilan qiziqmaydimi? Bunday tadbirlar faqat amaldorlarga kerak, axir. Yo‘llar dabdala bo‘lsa, qancha-qancha maktablar hatto tuzuk-quruq hojatxonaga yolchimagan bo‘lsa, festivallarning kimga keragi bor?! Och qoringa qo‘shiq na hojat?!” deb yozdi Abdug‘ani Abdullayev.

“Chang ko‘chalar… Chang, chang ko‘chalar... Shunaqa qo‘shiq bormidi? Ertadan xirgoyisini boshlasak bo‘ladimi?” deya Nazarbekovning mashhur qo‘shig‘iga shama qildi jurnalist Sharofiddin To‘laganov.

“Mayli, o‘sha festivallarini asfalt ko‘rmagan uzoq qishloqlarda qilishsin, festivalga kelgan oqbilak mehmonlarni loy ko‘chalardan piyoda olib o‘tishsin, bir ko‘raylik”, deb yozdi foydalanuvchilardan biri.

“Men qovun yeb ulgurmayapman”, deya kinoya qildi bloger va jamoat faoli Aqida Xanum.

Ўзбекистон йўллари: сифатсиз асфальт, кўзбўямачилик ва коррупция
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:23:29 0:00

Jamoatchilik vakillari vazir maqomidagi shaxsning “beo‘xshov muqoyasa”si ortida davlat boshqaruvi, siyosat borasida bilimsizlikni ko‘rdi.

“Asfalt, tosh, sement yo‘llar ham madaniylashish belgisi hisoblanadi. To‘yda pul yig‘ib yurmasdan maktabda yaxshi o‘qish keragidi, ayniqsa, Rim tarixini”, deb yozdi bloger Zafarbek Solijonov.

“Nega shu qadar qudrat va sarvat egasi bo‘lgan Rim imperiyasi qulaganini bilasizmi? Javob bitta. Rim imperiyasi tomoshani nondan ustun qo‘ygani uchun qulagan edi. Imperiya grajdanlari “bizga non emas, tomosha kerak” deb talab qilar, imperiya yoshullilari esa tomoshaga davlat g‘aznasidan ayamay pul sarflar edi... Bugungi O‘zbekiston ham shunday. Tomog‘igacha qarzga botib, bitta qishni chiqara olmaydigan darajada zaif energiya tizimi, vayrona maktablar, o‘ydim-chuqur yo‘llar va million-million o‘g‘ri qaroqchi mulozimlar bilan to‘lgan, defolt yoqasidagi nepotizm botqog‘i bo‘lgan qashshog‘iston… Har kuni davlat hisobidan bayram. “Gulmisan, rayhonmisan” deya suzilganlar uchun gul bayrami, qovun bayrami, Qo‘qon yo O‘ratepa bayrami. Paloniyning tug‘ilgan kuni. Kinofestival va tarona bayrami”, deya achchiq istehzoga yo‘g‘rilgan post yozdi “Rassom TUZ”.

“Men festivallar kerak emas demoqchi emasman. Ular chindan ham kerak. Lekin festivallarni asfalt bilan solishtirish... Madaniyat vaziri o‘ziga tegishli bo‘lmagan soha (yo‘llar) dan, u o‘tkazadigan festivallar muhimroq degani... palov pishirishda sabzi guruchdan muhimroq deganday bo‘libdi. Palov yaxshi chiqishi uchun hammasi me’yorida bo‘lishi kerak. Bo‘lmasa palov emas, sabzi sho‘rva bo‘ladi”, deya holatga munosabat bildirdi Troll.uz kanali muallifi Umid G‘afurov.

Madaniyat vaziri o‘z chiqishida festivallar mamlakat nufuzini oshirish uchun ham kerakligini ta’kidlagan.

XS
SM
MD
LG