Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:28

Britaniyalik advokat Jeffri Robertson qamoqdagi o‘zbek diplomati himoyasiga chiqdi


Buyuk Britaniyaning qirollik advokati Jeffri Robertson Toshkent hukumatini davlatga xiyonat qilishda ayblanib O‘zbekistonda qamoq jazosini o‘tayotgan nafaqadagi sobiq diplomat Qodir Yusupovni zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi.

Londonda onlayn o‘tkazilgan matbuot anjumanida janob Robertson pandemiya paytida keksayganligi va sog‘lig‘i zaifligiga qaramay qamoqda ushlab turilayotgan sobiq diplomat taqdiri yuzasidan BMTning o‘zboshimchalik bilan hibsga olish bo‘yicha ishchi guruhiga ariza topshirajagini ham aytdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan 10 yil avval iste’foga chiqqan Qodir Yusupov 2018 - yil dekabrida qamoqqa olingan va 5 yarim yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Yusupovning oilasiga ko‘ra, u ruhiy xastalikdan jabr chekib keladi.

68 yoshli diplomatning Britaniyada yashaydigan o‘g‘li Bobur Yusupov otasining Davlat Xavfsizlik Xizmati (DXX) hibsxonasida qiynoqqa solinganini ham aytgan.

Bobur Yusupov 12 - dekabr kuni Ozodlik bilan suhbatda bunday dedi:

"Men otamning aybsizligiga ishonaman. U o‘zbek diplomati o‘laroq vataniga O‘zbekiston manfaatlariga sodiq xizmat qilgan. Biz uning ozod etilishi uchun barcha qonuniy mexanizmlarni ishga solamiz".

Jeffri Robertsonning aytishicha, O‘zbekiston hukumati maxbusga advokati bilan uchrashishga monelik qilib xalqaro konvensiyalarni buzib kelmoqda.

Belgiyadagi Inson huquqlari uchun xalqaro sheriklik tashkiloti shu yil aprel oyida Qodirjon Yusupov Navoiy shahridagi koloniyada jazo kamerasiga joylashtirilganligi, keksa yoshda bo‘lishiga qaramay og‘ir ishlarga majburlangani haqda bong urgandi.

Tashkilotga ko‘ra, Yusupov 14 kun davomida "g‘ayriinsoniy sharoitda" 1, 5 x 2 metrli kamerada saqlangan.

Roberston va boshqa inson huquq himoyachilari O‘zbekiston hukumatini pandemiya paytida keksayganligi va sog‘lig‘i zaifligi sababli Qodirjon Yusupovni gumanitar asosda ozod qilishga chaqirgan.

XS
SM
MD
LG