Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 12:58

Boysundagi gaz konida portlash. Nima ma’lum?


Boysun tumanidagi "Mustaqillikning 25 yilligi" koniga qarashli 604-son quduqda sodir bo‘lgan portlash oqibatida tarqalayotgan zaharli gaz aholi sog‘lig‘iga xavf solmoqda.
Boysun tumanidagi "Mustaqillikning 25 yilligi" koniga qarashli 604-son quduqda sodir bo‘lgan portlash oqibatida tarqalayotgan zaharli gaz aholi sog‘lig‘iga xavf solmoqda.

O‘zbek energetiklari va favqulodda xizmatlari mamlakat janubidagi yirik gaz konida yuz bergan portlash va yong‘in oqibatlarini bartaraf etishga urinmoqda.

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi “Ko‘lqamish” MFY hudida joylashgan "Mustaqillikning 25 yilligi" koniga qarashli 604-son qudug‘ida 1-sentyabr kuni soat 15:17 da portlash sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston FVV bergan ma’lumotga ko‘ra, quduqda burg‘ulash ishlari olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida oltingugurt, ya’ni vodorod sulfid gazi chiqishi kuzatilgan.

Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Қудуқдан ҳали ҳам заҳарли газ чиқишда давом этмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:22 0:00

Fuqarolar orasida tan-jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. Vaziyat to‘liq nazorat ostida, deyiladi rasmiy xabarda.

Ammo ijtimoiy tarmoqlarda Enter Engineering shirkatining to‘rt nafar ishchisi hodisa joyida halok bo‘lgani haqida tasdilanmagan ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Enter Engineering shirkatining vaxta shaharchasidagi barcha ishchilar darhol evakuatsiya qilingan. Ish uch kunga to‘xtatilgan.

Shuningdek, hodisa bo‘lgan joy yaqinidagi Boysun tumanining Kofrun qishlog‘idagi aholi tuni bilan avtobuslarda Boysun markazidagi “Alpomish” stadioniga, maktablar sport zallariga, yangi qurilgan uylarga, kasalxonalarga ko‘chirilgan.

Voqea sodir bo‘lgan joydan olingan va ijtimoiy tarmoqlarda yoyinlangan videolarda avariya sodir bo‘lgan joydan hidi palag‘da tuxumni eslatuvchi zaharli gaz, vodorod sulfid chiqayotgani va havoning zaharlanish darajasi 13,9 mg/metr kubga yetganligini ko‘rish mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya me’yorlariga ko‘ra vodorod sulfat 2 sinfli xavfli modda bo‘lib, uning havoda ruxsat etilgan me’yori 0.008 mg/m³ dir.

Суриштирувга жавоб: Газсизлик ва сассизлик
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:13 0:00

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, vodorod sulfid gazi eng avvalo insonning nerv tizimiga ta’sir qilib, kuchli bosh og‘rig‘i, qaltirash keltirib chiqaradi va komaga tushirishi mumkin. Havoda vodorod sulfid konsentratsiyasi 6mg/metr kubdan oshsa bosh og‘rig‘i, aylanishi va ko‘ngil aynishi boshlanadi.

"Havo juda buzilgan. Sassiq tuxumning hidi kelyapti. Nafas olib bo‘lmaydi. Uyda qamalib o‘tiribmiz", deydi boysunliklardan biri.

Kofrun qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Qurbonbobo Safarovning aytishicha, besh ming kishilik qishloq ahli tuni bilan evakuatsiya qilingan:

"Tush payti edi, kuchli portlash ovozi eshitildi, qo‘rqib ketdik. Birozdan so‘ng sassiq hid bosib ketdi. Uylarga kirib ketdik. kechasi xabar bo‘ldi, evakuatsiya. Kechasi soat ikkida bola-chaqa bilan 55-maktabga borib yotdik. Nevaralarim, ayollarni hammasini Termizga jo‘natib yubordim. Hozir o‘zim qishloqqa kelib mollarga o‘t suv berib ketyapman. Bu yomon gaz ekan, nafasni qisadi".

Кофрун қишлоғи аҳолиси кўчирилган, қишлоқ бўм-бўш
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:42 0:00

Hodisa joyiga Bosh vazir o‘rinbosari Ochil Ramatov, favqulodda vaziyatlar vaziri A.Qo‘ldoshev, energetika vaziri J.Mirzamahmudov, Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov hamda «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisi B.Sidiqov yetib borgan.

Rasmiy xabarda tezkor shtab tashkil qilingani va texnogen ofat asoratlarini bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilayotgani ta’kidlanadi.

Ozodlikka kelgan videolarda ishchilar maxsus kiyimlar kiyib va kislorod ballonlari taqqan holda hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun ketayotganini ko‘rish mumkin.

Kofrun qishlog‘i ayni paytda huvillab qolgan. Oiladan biror kishi qishloqqa kelib, uy hayvonlarining suvi va yem-xashagini berib ketmoqda.

"Juda xavfli vaziyat bo‘ldi. Qishloqda hech kim qolmadi. Hammaga jon shirin-da, tashlab ketdi. Hozir ham sassiq hid bor, chidash qiyin",- deydi boysunliklardan biri.

Tasdiqlangan zahirasi bo‘yicha mintaqadagi eng yirik (109 milliard kubmetr) hisoblangan aynan ana shu “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz koni muqaddam Ozodlik surishtiruvi markazida bo‘lgan.

Yirik gaz zaxiralariga ega O‘zbekiston o‘tgan yili rasman gaz eksportchisidan gaz importchisiga aylandi.

Gazprom rahbari Aleksey Miller o‘tgan hafta bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonga gaz yetkazib berish qishdagi maksimal darajada, kuniga 9 mln.kub hajmida amalga oshirilmoqda.

Ammo O‘zbekiston rasmiylari bergan statistikasiga ko‘ra, 7 oyda 983,7 mln.dollarlik gaz import qilingan.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, “bu o‘rtamchilar qo‘shib shishirilgan 220 dollarlik narxda ham bu 4,5 mlrd.kub gaz yoki kuniga 21 mln.kub gaz import qilinayotganini anglatadi”.

Gazprom tomoniga ko‘ra, O‘zbekistonga gaz yetkazib berish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobarga oshgan, o‘zbek tomoni bergan raqamlar esa gaz importi deyarli 5 barobar oshganini ko‘rsatmoqda.

O‘zbek rasmiylari hozirgacha ikki tomon statistikasidagi tafovut yuzasidan biron izoh bergani yo‘q.

Otabek Bakirovning fikricha, Rossiya gazining bir qismi Xitoyga reeksport qilinayotgan bo‘lishi mumkin.

XS
SM
MD
LG