Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:53

"Birinchi marta Toshkent butunlay rasvo bo‘ldi". Markaziy Osiyo poytaxtlarida sovuq va zulmat


“Yoqasanmi yoki yo‘q?”. Chirchiqda bir ayol shu gapni aytib, elektr tarmoqlari xodimining bo‘yniga pichoq tiragani kameraga tushdi. "Istasangiz so‘yib tashlang", deb javob beradi xodim kompaniyaning dispetcherlik xizmati xonasiga yopirilib kelgan norozi odamlar oldida.

Ozodlikning mintaqa bo‘yicha sharhlovchisi Kris Rikltonning yozishicha, poytaxt Toshkentdan atigi bir soatlik masofada joylashgan Chirchiq shahrida 35 yoshli ayolning hibsga olinishiga sabab bo‘lgan ushbu holat so‘nggi 15 yildagi eng kuchli sovuqni boshidan kechirgan, elektr va gaz uzilishlaridan aziyat chekkan, chorasiz aholi kayfiyatini aks ettiradi.

Aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar odamlar noroziligiga ko‘proq guvoh bo‘ladi. Ammo bu kabi holatlar oldini olishi kerak bo‘lgan yuqori turuvchi amaldorlar qish yengilroq kelishiga umid qilib, unga tayyorgarlik ko‘rmaydi.

Elektr ta’minotidagi uzilishlar mintaqa aholisining aksariyati uchun yangilik emas – Markaziy Osiyoning aksariyat qishloqlarida eng sovuq oylarda kun bo‘yi yoki uzoq vaqt elektr shundoq ham yo‘q.

Harorat pasaygani sayin qishloq aholisi ko‘proq ko‘mir yoqishga, tappi yoqishga majbur. Markaziy Osiyoning yirik shaharlari aholisigina tizimli energiya tanqisligini sezmay kelayotgandi.

Bu yil qish boshqacha keldi: Toshkentdagi ko‘p qavatli uylar bir necha kun davomida elektr va issiqlik qolmoqda, Tojikiston poytaxti Dushanbe aholisi ham og‘ir qiyinchiliklarga duchor bo‘lgan.

Мирзиёевнинг “ишонган” бизнесменидан “ноинсоф” ҳокимгача: Ортиқхўжаев нимаси билан ёдда қолади?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:19 0:00

“Birinchi marta poytaxt butunlay rasvo bo‘ldi”, deydi Karnegi jamg‘armasi xodimi Temur Umarov O‘zbekistondagi energetika inqirozi haqida.

"Bu muhim, chunki poytaxt aholisi biznes va siyosiy elita bilan eng yaqin aloqada. Demak, aynan poytaxtlarda hukumatlarning obro‘siga putur yetadi", deydi Umarov.

O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida so‘nggi 10 kun ichida havo harorati ba’zi joylarda Selsiy bo‘yicha minus 30 darajagacha pasaydi. Toshkent va Tojikiston poytaxti Dushanbeda bu vaqtda muntazam ravishda minus 20 daraja va undan past harorat kuzatildi.

Katta tanqislik

Ko‘pchilik uchun bu qish 2007-2008-yillar qishini eslatdi, o‘shanda ham qish og‘ir kelgan edi.

Aftidan, hech kim bu hol tag‘in qaytarilishini o‘ylamagan.

Ammo O‘zbekistonda gazning misli ko‘rilmagan taqchilligi 2022-yilning noyabr oyidayoq yaqqol ko‘zga tashlandi, o‘shanda ob-havo ham odatdan tashqari sovuq bo‘lib, hukumat yoqilg‘i quyish shoxobchalarini yopishga va gaz bilan ishlaydigan sanoat obyektlarini uxlatishga majbur bo‘ldi.

Tanqislik Dushanbe isitish stansiyasi ishini ham og‘irlashtirdi, so‘nggi yillarda stansiya uchun gaz O‘zbekistondan kelayotgandi. Tojikistondagi bu kabi tarmoqlarda ta’minot hech qachon mo‘l‑ko‘l bo‘lmagan. Hozir mamlakat elektr energiyasini O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatiga eksport qilmoqda, bu viloyatda hozir elektr tanqisligi eng kuchli sezilmoqda.

Dushanbedagi ko‘p qavatli uylardan birida yashovchi Saidmurod Murodov so‘nggi 3-4 yil davomida o‘zi yashaydigan uyning issiqlik ta’minotida muammolar borligidan shikoyat qiladi.

“Uyda bolalar bor, hamma kasal. Issiqlik tarmoqlariga qo‘ng‘iroq qildik, ular tez orada havo isishi, ya’ni uylarda ham iliq bo‘lishini aytishdi”, deydi Murodov «Ozodlik» radiosi Tojik xizmatiga.

“Nima uchun uylar isishi uchun tashqarida havo ilishini kutishimiz kerak? Kerak bo‘lsa, 2-3 ming imzo yig‘ib, prezidentga murojaat qilamiz”.

Ayni paytda Dushanbe shahar suv boshqarmasi vakili qishki mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rilganini aytmoqda.

«Kutilmaganda qattiq sovuq kelishini hech kim oldindan bilmasdi», – deydi boshqarma vakili Mehrojiddin Boborahimov quvurlar muzlashi suv ta’minotini uzib qo‘ygani haqidagi savollarga javob berar ekan.

Qudratli hokim aybdormi?

Markaziy Osiyoning 3 millionga yaqin aholisi bo‘lgan Toshkentda odamlar ko‘chada o‘choqda ovqat pishirgani xabar qilindi.

Rasmiylar ta’kidlashicha, shaharning beshdan bir qismidan ko‘prog‘i uzoq vaqtdan beri elektr va gaz taqchilligini boshdan kechirmoqda.

O‘tgan haftada Milliy gvardiya va armiya odamlar isinib choy ichishi uchun maxsus isitilgan chodirlar o‘rnatishga yordam berdi.

Biroq Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning bepul palov tarqatish tashabbusi ancha kech bo‘lib chiqdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-yanvar kuni Ortiqxo‘jayev va energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev doxil bir necha yuqori lavozimli energetika mulozimlarini shaharni qishga tayyorlamagani uchun ishdan oldi.

Mirziyoev Ortiqxo‘jayevni "noinsof" deb atadi va uni “quruq gaplarda” aybladi.

2016-yilda mamlakatning birinchi rahbari Islom Karimov vafotidan beri Mirziyoyev boshqaruvi davridagi eng ko‘zga ko‘ringan siyosatchilardan biri bo‘lgan Ortiqxo‘jayevning ketishi kutilmagan bo‘ldi.

Siyosatda tajribasi bo‘lmagan badavlat tadbirkor 2018-yilda Toshkentga hokim qilib tayinlanganda prezident uni investitsiya jalb qilishga eng mos odam deb hisoblagan edi.

Ortiqxo‘jayev shaharning tarixiy mavzelaridagi binolar buzilib, qurilishlar qilingani va ikki jurnalistga tahdid qilgani esda qolarli mojaro bo‘lgan.

Taniqli toshkentlik bloger Nikita Makarenko Ozodlik radiosiga bergan intervyusida Ortiqxo‘jayev davridagi jadal qurilish Toshkentning energetika inqirozini chuqurlashtirganini, chunki mavjud “infratuzilma [yangi o‘zgarishlarni] ko‘tara olmasligini” ta’kidladi.

Makarenkoning aytishicha, Toshkentdagi qahraton qish uning mer sifatidagi davriga nuqta qo‘ydi.

Yana bir toshkentlik jurnalist Aleksey Volosevichning ta’kidlashicha, bu aholi orasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan “norozilik kayfiyati” oldini olish uchun qilingan.

"U Mirziyoyevning o‘ng qo‘li", – deydi Volosevich Ortiqxo‘jayev haqida. – Bu ishlar bejizga emas. Hozir norozilik shu qadarki, u shunday qilishga majbur bo‘ldi».

Noma’lum qahramonlar

Ortiqxo‘jayev va boshqa amaldorlar sovuq uchun aybdor hisoblangan bo‘lsa, uning ko‘rinmas qahramonlari esa Dushanbeda olovrang nimcha kiyib ishlayotgan ko‘cha farroshi Gulruhsor Boyeva kabi odamlardir.

Oyiga taxminan 120 dollar maosh oladigan Gulruhzorning kuni erta tongda poytaxt yaqinidagi Vahdat shahridagi uyidan boshlanadi. Bu yerda u bolalari va ilgari Rossiyada mehnat muhojiri bo‘lgan eri bilan yashaydi.

"Oson emas albatta, boshqa nima qila olasiz? – deydi Boyeva, yo‘l chetidagi daraxtlar ustidagi qorni to‘kib, ularni yo‘l chetiga surar ekan. – Men bu ishimdan roziman."

Mintaqada ob-havo isiy boshlagan bo‘lsa ham, noldan past harorat keyingi haftada ham davom etishi kutilmoqda.

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekning elektr tarmoqlari 19-yanvar kuni tarmoq uskunalari yonib ketishi oldini olish uchun yaqin kunlarda shaharning ayrim qismlarida elektr ta’minotida rejali tarzda uzilishlar rejalashtirilganini tasdiqladi.

Markaziy Osiyodagi eng yopiq davlat va dunyodagi to‘rtinchi yirik gaz zaxirasiga ega Turkmanistonda ham sovuq tufayli yoqilg‘i va elektr ta’minotida katta uzilishlar bo‘ldi.

Hukumat muammoni rasman tan olmagan bo‘lsa‑da, «Ozodlik» radiosining Turkman xizmati shu hafta binolar orasida joylashgan novvoyxonalar elektrdan uzib qo‘yilgani haqida ma’lumot oldi.

XS
SM
MD
LG