Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 09:51

Bekobod IIBda o‘lgan fuqaro kaltaklangani aytilmoqda. IIV birinchi marta ta’ziya bildirdi


O‘tgan yil avgustida Toshkent shahar IIBB tergov izolatoridan 33 yashar gumondorning jasadi chiqqan edi.
O‘tgan yil avgustida Toshkent shahar IIBB tergov izolatoridan 33 yashar gumondorning jasadi chiqqan edi.

Joriy yil 19-iyun kuni Toshkent viloyati Bekobod shahar IIB binosiga olib borilgan 43 yoshli erkak vafot etdi. Rasmiylarga ko‘ra, fuqaro ichki ishlar idorasiga kirish yo‘lagida sog‘lig‘i yomonlashgani oqibatida vafot etgan. Faollar esa erkak IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani oqibatida vafot etganini yozmoqda.

Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) voqeaning barcha jihatlari qonun talablari doirasida ochiq va adolatli surishtirilishini talab qilgan.

Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganovga ko‘ra, JKning 104-moddasi 2-qismi “ye”, “k” va “l” bandlarida ayblanayotgan 33 yoshli fuqaro X.Y.ga oid ish jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahri sudida ko‘rilayotgan paytda, 19-iyun kuni janjal yuzaga kelgan.

Qayd etilishicha, ayblanuvchining akalari 1981-yilda tug‘ilgan D.Y. va 1978 yilda tug‘ilgan D.Y. ukasiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandan norozi bo‘lib, sud zalida janjal ko‘targan. IIBB rasmiysiga ko‘ra, jamoat tartibini tiklash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida sud zaliga hududiy IIB xodimlari chaqirtirilgan. Huquqbuzarlik holati yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida voqea ishtirokchilari shahar IIB binosiga olib borilgan.

Ўзбекистонда ички ишлар ходимлари яна қийноқ қўллагани иддао қилинмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:32 0:00

“IIB binosiga kirish yo‘lagida fuqarolardan biri 1981-y.t. D.Y. sog‘lig‘i yomonlashib hushini yo‘qotgan. Xodimlar fuqaroni xizmat avtomashinasida shahar shifoxonasiga olib borganlar. Tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan vaqtida D.Y. vafot etganligi aniqlangan. Hozirda fuqaroning o‘limi sabablariga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Holat prokuratura organlari tomonidan nazoratga olinib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

STE xulosasiga ko‘ra qo‘shimcha axborot beriladi”, deyiladi viloyat IIBB rasmiy bildirgisida.

Hodisaga munosabat bildirgan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan joylarda mavjud bo‘lgan barcha videoyozuvlar olingan bo‘lib, guvohlar hamda voqea ishtirokchilarning ko‘rsatmalari tekshirilmoqda.

“Ichki ishlar organlari bilan bog‘liq holatda odam vafot etishi, yuzaga kelgan vaziyatdan qat’iy nazar favqulodda holat sifatida ko‘riladi va voqeaning barcha ishtirokchilarini, shu jumladan, har bir xodimning harakatlari sinchkovlik bilan, to‘liq va xolisona o‘rganilishi ta’minlanadi”, deydi IIV matbuot kotibi.

Бўкада маҳбуснинг ўлими ва норозилик. ИИБ раҳбарияти ишдан олинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:17:05 0:00


Jamoat faollari, xususan, sobiq deputat Rasul Kusherboyev fuqaro IIB xodimlari kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqidagi versiyani ilgari surmoqda. Kusherboyevga ko‘ra, vafot etgan fuqaroning ismi sharifi Dilmurod Yusupvaliyevdir.

“19-iyun kuni Bekobod shahar JIB sudida sud qaroriga e’tiroz bildirib, tartibsizlik qilgani uchun IIB xodimlari fuqarolar aka-uka Dilmurod Yusupvaliyev hamda Dilshod Yusupvaliyev IIB binosiga majburiy olib ketilgan. So‘ngra IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro Dilmurod Yusupvaliyev tan jarohatlari sababli vafot etgan. Yaqinlariga ko‘ra, jarayonlar IIBdagi videokameralarga tushgan”, deb yozdi Kusherboyev o‘z Telegram-kanalida.

Sobiq deputat “har qanday holatda ham huquqni muhofaza qilish idoralarining fuqarolarga nisbatan ortiqcha kuch ishlatishi, ularga tan jarohati yetkazishi, o‘ldirib qo‘yishi holatlarini keskin qoralashi”ni ta’kidlagan.

“Ichki ishlar vaziri bu kabi holatlar uchun marhumning oila a’zolari va O‘zbekiston xalqi oldida shaxsan mas’ul deb hisoblaymiz”, deydi IIV tizimidagi zo‘ravonliklarni muntazam ravishda tanqid qilib kelayotgan sobiq deputat.

Kusherboyevning chaqirig‘idan ko‘p o‘tmay, Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov Telegram-kanali orqali IIV va shaxsiy tarkib nomidan "vafot etgan fuqaroning yaqinlariga chuqur ta’ziya" bildirishlarini ma’lum qildi.

G‘iyosov 2021-yil avgustida Surxondaryo viloyatining Denov tumanida profilaktika inspektorlari tomonidan urib o‘ldirilgani iddao qilingan fuqaroni "g‘irt Xudo urgan bezori" deb atagani uchun tanqid qilingandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) aka-uka Dilmurod va Dilshod Yusupvaliyevlarga nisbatan kuch ishlatilgani holatini o‘rganmoqda.

Holat bo‘yicha Bosh prokuraturaga Ombudsmanning nazorat xati yuborilgan.

“Ombudsman ushbu holatni qonun talablari doirasida ko‘rib chiqilishi, voqeaning barcha jihatlarini ochiq va adolatli surishtiruvini ta’minlashni so‘raydi”, deyiladi bayonotda.

Bu Toshkent viloyati ichki ishlar idorasida xodimlarning kuch ishlatgani iddao qilingan birinchi o‘lim holati emas.

O‘tgan yil dekabrida Chipchiq shahar IIBdan 22 yashar yigitning o‘ligi chiqqan. Rasmiylar uning o‘zini osganini iddao qilgan edi.

Viloyat mahalliy kengashining sobiq deputati Jahongir To‘laganov 2023-yil 30-noyabr kuni o‘g‘rilikda gumonlanib hibsga olingan A.O‘.ning burni singani va tanasida jarohat izlari borligi haqida yozgan.

Ombudsman hodisani har tomonlama tekshirishini aytgan, ammo o‘lim holati yuzasidan yakuniy xulosa e’lon qilingani ma’lum emas.

Qiynoq iddaolari

Oxirgi hodisa so‘nggi bir yilda Toshkent viloyati tergov izolatorlaridan chiqqan uchinchi o‘lim holatidir.

O‘tgan yilning 7-iyulida Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida chorva o‘g‘irlashda gumonlangan 36 yoshli fuqaro Usmon Salimboyev IIB xodimlarining noqonuniy so‘roq qilishi va jarohat yetkazishi oqibatida vafot etgani yaqinlarining noroziligi va qiynoqlar bilan bog‘liq yangi muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati hodisaga aloqador ikki xodim hibsga olingani, tuman IIB rahbariyati esa ishdan bo‘shatilganini ma’lum qilgan.

O‘tgan yil 13-avgustiga o‘tar kechasi Toshkent shahar IIBB tergov izolatoridan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi “v” bandi (“odam o‘g‘irlash”), 165-moddasi 3-qismi “a” bandi (“tovlamachilik”) va 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (“bezorilik”)da ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlangan 33 yashar D. U.ning jasadi chiqdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan marhumning jasadi va yaqinlarining ko‘zdan kechirish jarayonlari aks etgan videolavhada D.U.ning tanasida ehtimoliy qiynoq izlari - tanasining qoraygan, ko‘kargan joylari aks etgan.

Marhumning yaqinlariga ko‘ra, D.U. 2023-yil 12-avgust kuni soat 21.30 lar atrofida o‘z yashash xonadonidan Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olib ketilgan va uning jasadi 14-avgustga o‘tar kechasi Toshkent shahar morgiga berilgan.

ИИБ ҳибсхонасида қийнаб ўлдирилган эркакнинг оиласи қаровсиз қолди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:09 0:00

2021-yilning 26-iyun prezident Mirziyoyev farmoni bilan Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili qoshida Qiynoqlarga qarshi Milliy preventiv mexanizmlarni amalga oshirish guruhi tuzilgan.

Guruh zimmasiga jazoni ijro etish muassasalarida qiynoqlarning oldini olish, uning oqibatlarini o‘rganish masalalari yuklatilgan.

Biroq qiynoqlar bo‘yicha harakatlar strategiyasini muvofiqlashtiruvchi mazkur vakolatli guruh hozirga qadar IIBB idoralaridagi shubhali o‘lim holatlari yuzasidan munosabat bildirmagan.

XS
SM
MD
LG