Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 04:33

Bayden prezidentlik poygasidan chiqdi va Kamala Xarris nomzodini qo‘llab-quvvatladi


Prezident Bayden va vitse-prezident Kamala Xarris Oq uyda. 14-iyul, 2024
Prezident Bayden va vitse-prezident Kamala Xarris Oq uyda. 14-iyul, 2024

Prezident Jo Bayden kuzda o‘tadigan AQSH prezident saylovlarida ishtirok etmaydi.

Bu haqda u yakshanba kuni e’lon qilingan bayonotida ma’lum qildi.

Oldinroq Baydenning demokratik partiyadagi safdoshlari uning ruhiy holati va Donald Trampni mag‘lub qilish imkoniyatlarini savol ostiga olishgandi.

Reyter agentligining yozishicha, Baydenning qarori Qo‘shma Shtatlardagi prezidentlik bellashuvini mavhumlik ostiga qo‘yadi.

81 yashar Bayden o‘zining X tarmog‘idagi e’lon qilingan bayonotida Bayden 2025-yil yanvarida joriy muddati tugaguniga qadar prezident va bosh qo‘mondon sifatida qolishi va shu haftada amerikaliklarga murojaat bilan chiqishini bildirdi.

"Sizning Prezidentingiz bo‘lish hayotimning sharafli sahifasi bo‘ldi. Garchi niyatim qayta saylanish bo‘lgan esa-da, iste’fo berish va qolgan muddat prezidentligimga diqqat qaratish partiyam va mamlakatim manfaatlarida, deb ishonaman", deyiladi Jo Baydenning bayonotida.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Bayden vitse-prezident Kamala Xarris nomzodini qo‘llab quvvatlagan.

Demokratik partiya qurultoyi 19-22-avgust kunlari Chikagoda bo‘lib o‘tadi.

59 yashar sobiq prokuror va Kaliforniya shtatidan senator bo‘lgan Xarris Baydenning saylovoldi kampaniyasi g‘aznasidagi millionlab dollar mablag‘lardan o‘z targ‘iboti uchun foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Доналд Трампнинг сайловолди митингида ўқ овозлари эшитилди. Трамп эвакуация қилинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:12 0:00
XS
SM
MD
LG