Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:48

Astraxanda Navalniy himoyasiga namoyishga chiqqan uch talaba o‘qishdan haydaldi


Aleksey Navalniy tarafdorlarining norozilik aksiyasi. 2021, 23 - yanvar.
Aleksey Navalniy tarafdorlarining norozilik aksiyasi. 2021, 23 - yanvar.

Astraxan davlat universiteti uch talabani norozilik namoyishlarda qatnashgani uchun o‘qishdan haydadi.

“Qonunni buzishga hech kimning haqi yo‘q.. Ruhsat etilmagan namoyishlarda qatnashishdan oldin yuz marta o‘ylab ko‘ring”, deb yozdi qarorni ijtimoy tarmoqqa joylagan universitet rektori Konstantin Markelov.

Rossiyada shu kunda Navalniy himoyasiga uyushtirilgan namoyishlarda qatnashganlarga nisbatan tobora qattiqroq jazolar qo‘llanayotganiga ko‘pchilik ko‘nikib qolgan bo‘lsa ham, universitetning bu qarori katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Haydalgan ikki talaba – Vera Inozemseva va Aleksandr Mochalov – universitet ustidan sudga shikoyat qilib, o‘qishga qayta tiklanishlarini talab qilmoqda. “Men haydalishimni siyosiy qatag‘on deb hisoblayman”, dedi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi bilan suhbatda Inozemseva.

Men haydalishimni siyosiy qatag‘on deb hisoblayman.

Uning advokatlari mahkamada universitet qarori o‘quv yurtining ichki nizom iga hamda tinch uyushish huquqini kafolatlagan konstitutsiyaga zid kelishini isbotlamoqchi.

“Ular mavhum gaplar bilan kifoyalanib, o‘z qarorini asoslab berolmayapti. Nizom buzilgan deydi. Qaysi qoidalari buzilganini aytmaydi”, dedi talabalarning advokati Yaroslav Pavlyukov.

Norozilik namoyishlarining oqibatlari rossiyalik talabalar jamoasini larzaga keltirmoqda. Kremlьtalabalar orasida siyosiy faollikni cheklashga, ularning moyilligini muxolifat emas, davlat tomonga og‘dirishga harakat qilmoqda.

Minglab talabalar so‘nggi namoyishlarda ishtirok edi, o‘quvchi va talabalar tomonidan maktab sinflari va universitet auditoriyalarida olingan TikTok videolarini ko‘pchilik ko‘rdi.

Norozilik aksiyalariga qarshi choralar ham o‘zini kuttirmadi. Novosibirsk Energetika va texnologiya kollejining o‘qituvchisi Aleksey Alekseyev ijtimoiy tarmoqdagi izohi uchun ishdan bo‘shatildi. Izohda u yoshlarni 23 - yanvarga rejalashtirilgan namoyishda ishtirok etib, “mamlakat kelajagi haqida gaplashib olishga” chaqirgan.

Муҳожирлар Навальний ва митинглар ҳақида қандай фикрда?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:32 0:00

Samara davlat universiteti esa, o‘z ichki nizomini tahrir qilib, unda universitet o‘qituvchi va talabalari uchun hukumatga qarshi tadbirlarda ishtirok etishni taqiqlab qo‘ydi. Bu chora boshqa universitetlarga ham namuna bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Talabalarning aytishicha, ular aldov yoki bosim ostida hukumatni yoqlab o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashishga majburlanmoqda. Meduza nashrining yozishicha, tegishli yo‘riqnoma prezident ma’muriyati tomonidan mahalliy hokimliklar va o‘quv muassasalariga tushirilgan.

Talabalarga nisbatan o‘qishdan haydash tahdidi ko‘p ishlatiladi.

Qanday bo‘lmasin, Astraxandagi voqea kishilar diqqatini o‘ziga tortdi. “Talabalarga nisbatan o‘qishdan haydash tahdidi ko‘p ishlatiladi, lekin amalda bu chora kamdan-kam holda qo‘llanilardi. Biz bu noqonuniy va adolatsiz ekanligini isbotlashimiz kerak”, dedi talabalarning advokati Yaroslav Pavlyukov.

Haydalgan uch talabadan faqatgina 22 yashar Inozemseva muxolif faollik tajribasiga ega. U 2017 - yilda Navalniyning mintaqaviy siyosiy kampaniyalaridan birida ishlagan. Inozemseva avvallari ham qator norozilik aksiyalarida ishtirok etgan.

Inozemsevaning aytishicha, Astraxanda 23 - yanvar kuni bo‘lib o‘tgan namoyishlardan uyga qaytayotganda, uni fuqaro kiyimidagi niqobli odamlar tutib olib, barcha ashyolarini olib qo‘ygan. Politsiyada ekan, kimdir uning nomidan norozilik namoyishlarda qatnashish chaqiriqlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilgan.

Universitetdan haydalgach, Inozemseva Astraxan davlat universiteti rektori Markelovni ishdan bo‘shatish talabi bilan kampaniyas boshlab yuborgan. Inozemsevani bunda «Yabloko» partiyasi qo‘llab-quvvatladi. “Dissernet” aksil-plagiat guruhining ma’lumotlariga tayangan partiyaning ta’kidlashicha, Markelov doktorlik ishining kattagina qismi boshqalarning ilmiy maqolalaridan o‘zlashtirilgan.

Ko‘chirmakashlik yordamida soxta doktorlikni yoqlagan inson talabalarning huquq va erkinliklarini ta’minlay olmaydi.

“Ko‘chirmakashlik yordamida soxta doktorlikni yoqlagan inson talabalarning huquq va erkinliklarini ta’minlay olmaydi”, deyiladi partiyaning bayonotida.

Inozemsevaga ko‘ra, agar sudda yutib chiqsa, bu siyosiy qarashlari deb o‘qishdan haydalgan yoki sukut saqlashga majbur bo‘layotgan boshqa talabalarga namuna bo‘ladi.

“Bu ularga hech qaysi talaba siyosiy qarashlari deb haydalib ketmasligiga kafillik bo‘ladi”, deydi u.

Lekin ketma-ket ikki hafta davomida yuz minglab odamlarni ko‘chaga chiqishi rasmiylarni qo‘rqitib yubordi. Sentabr oyiga rejalashtirilgan muhim parlament saylovlari arafasida hukumat hech qanday ochiq norozilikka yo‘l qo‘ymaydi deb hisoblaydi faollar.

“Ishda siyosiy tus mavjud bo‘lgani uchun, sud qanday hukm chiqarishini bilmayman. Lekin, kamida, biz harakat qilib ko‘rishimiz kerak”, deydi avdokat.

XS
SM
MD
LG