Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:29

Allaqulov partiyasini ro‘yxatga olish rad etildi. Takror murojaat uchun imzo yig‘ilmoqda


Xidirnazar Allaqulov Yunusobod tuman ma’muriy sudidagi majlisdan so‘ng, 4 - may, 2021
Xidirnazar Allaqulov Yunusobod tuman ma’muriy sudidagi majlisdan so‘ng, 4 - may, 2021

O‘zbekiston Adliya vazirligi yangi ta’sis etilgan “Haqiqat‌ ‌va‌ ‌Taraqqiyot”‌ sotsial-demokratik ‌partiyasini ro‘yxatga olish so‘rovini rad etdi.

Partiya yetakchisi, professor Xidirnazar Allaqulovning Ozodlikka aytishicha, vazirlikning "ziddiyatli rasmiy xati"da topshirilgan imzolarning bir qismi qabul qilinmagani, bir qismi esa hanuz tekshirilayotgani aytilgan.

Adliya vazirligining Ozodlikka bergan rasmiy javobidan esa, partiyani ro‘yxatga olish so‘roviga qat’iy "rad javobi berilgani" tushuniladi.

Yangi ta’sis etilgan partiya faollari 7 - aprel kuni vazirlikka hujjat topshirgach viloyatlarda partiyaga xayrixoh bo‘lganlar IIV bosimi ostida imzosini qaytib ola boshlagani xabar qilingandi.

Endilikda Allaqulov partiya kotibiyati xorijdagi vatandoshlarga yuzlangani, shu kunda tarafdorlar imzosi "xorijdan kela boshlagani"ni aytdi.

Termiz universiteti sobiq rektori, professor Xidirnazar Allaqulov yetakchiligidagi “Haqiqat va Taraqqiyot” sotsial-demokratik partiyasi shu yilning 8 - mart kuni Toshkent viloyatidagi xonadonlardan birida o‘zining ta’sis qurultoyini o‘tkazgan edi.

Shundan buyon partiya yetakchisi va faollar o‘zlariga nisbatan bosimlar davom etayotganini aytib kelishmoqda.Allaqulovning o‘zi tuhmatda ayblanib, 4 - may kuni jarimaga tortildi. Namangan viloyatidagi bir faol esa, u ro‘yxatini bergan 20 kishining hammasi IIV guvohligida imzosidan voz kechganini bildirdi.

Rad javobi

“Haqiqat‌ ‌va‌ ‌Taraqqiyot”‌ ‌partiyasi‌ ‌yetakchisi, professor‌ ‌Xidirnazar‌ ‌Allaqulov‌ning Ozodlikka bildirishicha, Adliya vazirligi partiyani ro‘yxatga olish so‘roviga rad javobi bergan.

X. Allaqulovga ko‘ra, partiya vazirlikka ikki bora - 7 va 27 - aprel kunlari imzolarni topshirgan va vazirlikdan ilk javobni 7 - may kuni olgan:

"2 mingga yaqin imzo partiya tuzish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, turli sabablar bilan yig‘ilgani munosabati bilan imzolarni hisobga olmaslik (bekor qilish) haqida vazirlikka 2044 ta murojaat kelib tushdi".

"Maktubda: "Aniqlanishicha, imzosi ko‘rsatilganlarning 27 nafari vafot etgan. 2 mingga yaqin imzo partiya tuzish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, turli sabablar bilan yig‘ilgani munosabati bilan imzolarni hisobga olmaslik (bekor qilish) haqida vazirlikka 2044 ta murojaat kelib tushdi", deyapti. Ammo biz 27 - aprelda yana bir marta yig‘ilgan imzolarni topshirganmiz, ular bo‘yicha esa tekshiruvlar davom etyapti, deyilgan. Xatning o‘zi haqiqatan ham ziddiyatli. Chunki bir tomondan rad etilgan, deyapti. Ikkinchi tomondan tekshiruv davom etyapti, deyapti".

Bundan tashqari, professor ilk topshirilgan imzolar bo‘yicha rad javobi to‘liq asoslanmagan, degan xulosada:

"Men ularga savolni qattiq qo‘ydim: Nega biz sizga taqdim qilgan imzolar ro‘yxati IIV, Milliy gvardiyani qo‘liga berilgan?" Ular imzolarning haqiqiyligini tekshirish uchun, deyapti. Lekin qaysi qonun yoki qonun osti hujjatiga ko‘ra, degan savolimga javob yo‘q".

Allaqulov, vazirlikning rasmiy javobini hozircha ommaga oshkor qilmasligi, buning sabablarini ham hozircha ochiqlay olmasligini aytdi.

Adliya vazirligi esa, bu borada Ozodlik rasmiy so‘roviga quyidagi javobni yo‘lladi:

"Qonun bo‘yicha taqdim etilishi lozim bo‘lgan imzolar soni qonun talabiga mos emas. Shu sababli vazirlik tomonidan rad javobi berildi".

"Adliya vazirligiga kelib tushgan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatda ko‘rib chiqildi hamda partiyani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etildi. Bu haqda murojaat muallifiga 2021 - yil 6 - maydagi xat bilan ma’lum qilindi. Bunda arizaga ilova qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonun bo‘yicha taqdim etilishi lozim bo‘lgan imzolar soni qonun talabiga mos emas. Shu sababli vazirlik tomonidan rad javobi berildi".

1996 - yilda qabul qilingan "Siyosiy partiyalar to‘g‘risida" gi qonunning 9-moddasida, rad javobi olgan partiyalar hujjatlardagi kamchiliklarni to‘ldirib, 1 oy ichida yana takror murojaat qilishi mumkinligi qayd etilgan:

"Ushbu siyosiy partiya rahbar organining vakolatli a’zolari ro‘yxatga olish rad etilganligi to‘g‘risida xabarnoma olingan kundan e’tiboran bir oy ichida hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga butunlay muvofiq holga keltirgan taqdirdagina partiyani ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga takror murojaat etishga haqlidirlar".

Shu bois, “Haqiqat‌ ‌va‌ ‌Taraqqiyot”‌ ‌partiyasi‌ yetakchisi, bir oy ichida qo‘shimcha imzo yig‘ish kampaniyasini boshlaganini bildirdi.

Partiya yetakchisi Allaqulov, mamlakat ichkarisida partiya uchun imzo bergan yoki berish niyatida bo‘lganlarga bosim bo‘layotgani bois, xorijdan turgan tarafdorlarga murojaat yo‘llaganini aytadi:

"Bilasiz, siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi qonunchilikka hanuz elektron imzo tushunchasi kiritilmagan. Shu bois biz xorijdagi vatandoshlarimizga ham murojaat qilib, bizga imzolarini yetkazishni so‘radik. Ulardan imzo qo‘yilgan maktublar kelishni boshladi. Qonunga binoan, 7 - iyungacha bularni ham yig‘ib, Adliya vazirligiga qayta hujjat topshiramiz".

Quyida professor X. Allaqulov bilan suhbatni tinglang:

Хидирназар Аллақулов: Адлия вазирлиги рад жавобини берди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:11 0:00
Бевосита линк

Allaqulov va u boshchiligidagi partiya faollari 7 - aprel kuni Adliya vazirligiga yig‘ilgan imzolar va partiyani ro‘yxatga olish uchun zarur boshqa hujjatlarni taqdim qilgan edi.

Shundan so‘ng ular turli viloyatlarda IIV hamda mahalla organlari, vazirlikka topshirilgan ro‘yxatlar asosida, imzo qo‘yganlarni birma-bir IIV organlariga chaqirib, bosim o‘tkazayotgani hamda imzosini qaytarib olishga majburlayotganini bildirgan.

Jumladan, namanganlik usta Abduqodir Jabborov imzo yig‘ish harakatini to‘xtatganini ma’lum qilgan.

Jabborovga ko‘ra, u aksari o‘z qarindosh va yaqinlaridan iborat 20 kishining imzosini yig‘ib, partiya kotibiyatiga yo‘llagan. Bu imzolar Adliya vazirligiga 7 - aprelda topshirilganidan so‘ng esa, imzo qo‘yganlar birma-bir IIV organlariga chaqirilgan.

“Sizlar noqonuniy tashkilotga imzo qo‘ygansizlar, deb ularga noto‘g‘ri tushuncha berishdi IIBda. Keyin 20 kishining hammasi imzosidan voz kechdi. Meni ham qayta-qayta chaqiraverishganidan keyin, men imzo yig‘ishni to‘xtatdim, deb IIBga tilxat yozib berdim”, - degandi Jabborov.

Partiya faoli Muhammadamin Ermatovga ko‘ra, 23 mingdan 25 mingga qadar kishining imzosi Adliya vazirligiga taqdim qilingan.

4 - may kuni Toshkentning Yunusobod tuman ma’muriy sudi ‌yangi‌ ‌ta’sis‌ ‌etilgan‌ ‌“Haqiqat‌ ‌va‌ ‌Taraqqiyot”‌ ‌partiyasi‌ ‌yetakchisi Xidirnazar ‌ Allaqulovni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi (Tuhmat, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish) ‌ ‌bo‘yicha aybdor deb topib, bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 20 barobari miqdorida jarimaga hukm qildi.

Allaqulovning aytishicha, ushbu modda bo‘yicha ayblov uning o‘zi uchun yangilik bo‘lgan. Avvalroq “Haqiqat‌ ‌va‌ ‌Taraqqiyot”‌ ‌partiyasi‌ ‌yetakchisiga nisbatan Ma’muriy kodeksning boshqa - 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ayblov e’lon qilingandi.

Allaqulovga qarshi da’vo arizasi sudga shu yilning 31 - mart kuni o‘z uyi yo‘lagida unga bosqin uyushtirgan shaxslar tomonidan kiritilgan. Guruhga boshchilik qilgan bir necha shaxs, professordan siyosiy faoliyatni to‘xtatish hamda partiya uchun Yunusobod tumani, 17 - mavzeda ijaraga olingan idorani bo‘shatib qo‘yishni talab qilgan.

Аллақулов уйи йўлагида босқинга учради - ундан партия ижарага олган идорани бўшатиб қўйиш сўралди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:36 0:00

O‘zbekistonda prezident saylovlariga 6 oydan kamroq vaqt qolayotgan esa-da, hanuz rasman nomzodlarning kimligi ma’lum emas.

Amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekistondagi mavjud hukumatparast partiyalarning birontasi hozircha prezident saylovlarida nomzodini ilgari surgani yo‘q.

O‘zbekiston parlamentidagi mavjud beshta partiyaning hammasi hukumatparast partiyalardir. Mamlakatda qaror topgan siyosiy an’anaga ko‘ra, aynan shu partiyalarning rahbarlari prezident saylovlarida amaldagi prezidentga "raqib" bo‘ladi.


O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi rasmiylari kelayotgan prezident saylovlarida xalqaro tashkilotlarning "maqbul" tavsiyalari tadbiq etilishini aytishgan, ammo bu tavsiyalarga muxolifat partiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish kiradimi, yo‘qmi, ma’lum emas.

ОЗОДЛИК ФИЛЬМИ: Мирзиёевга мухолиф профессор
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:23:09 0:00

XS
SM
MD
LG