Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:44

Amerikalik Jessikaning ochilgan posilkasi - "O‘zbekiston pochtasi" islohotga muhtoj


Toshkent shahridagi "Xalqaro pochtamt" binosi.
Toshkent shahridagi "Xalqaro pochtamt" binosi.

AQShning Vashington shtatida yashovchi Jessika o‘tgan oy O‘zbekistonga borganida ming dollardan oshiqroq pulga milliy sopol va chinni buyumlarni xarid qilib, ularni pochta orqali AQShga posilka qilgan.

Uning iddaosicha, jo‘natganidan ikki hafta o‘tib, posilka muhri buzilgan, ichidagi ayrim narsalar singan, ayrimlari yo‘qolgan holda AQShdagi uyiga olib kelingan.

"Buyumlarni yarmidan ko‘pi singan yoki yo‘qolgan. Posilka qutisi buzilib, ustidan "O‘zbekiston pochtasi" yozuvi yozilgan lenta bilan o‘ralgan. Singaniga achinmayman, yo‘lda har narsa bo‘lishi mumkin. Lekin meni narsalarim g‘oyib bo‘lgani alam qilyapti", - deydi Jessika.

Америкалик Жэссика Ўзбекистондан юборилган жўнатмалар камомад билан келганини иддао қилади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:59 0:00

Har bir davlatda jo‘natmalarning yo‘qolmasdan egasiga yetkazilishi uchun pochta javobgarlikni zimmasiga oladi.

“O‘zbekiston pochtasi” xodimlari yo‘qolgan narsalar uchun posilka qaysi mamlakatga jo‘natilgan bo‘lsa, o‘sha yerga murojaat qilishni tavsiya etmoqda.

Jessikaning aytishicha, u O‘zbekistondan jo‘natgan posilkani AQSh ichida USPS pochta xizmati olib kelib bergan.

Ammo Jessika o‘z posilkasi AQShda emas, O‘zbekiston ichkarisida ochilgan va ichidagi narsalar ham mamlakat ichkarisida yo‘qolgan, degan gumonda.

"USPS har bir yo‘qolgan narsa uchun javob beradi. AQShda har bir pochta jo‘natmasi videokameralar kuzatuvi ostida bo‘ladi. Shuning uchun men buyumlarim O‘zbekiston ichida yo‘qolgan, deb o‘ylayapman".

“O‘zbekiston pochtasi”ning Ozodlik suhbatlashgan xavfsizlik xizmati xodimi pochta jo‘natmalari ichidan narsalar o‘g‘irlanishi imkonsizligini aytadi.

"Bizda "Glavpochtamt"da ham aeroport kargo xizmatida ham kameralar bor, o‘g‘rilik bo‘lishi mumkin emas. Bizda har bir jo‘natma treking qilinadi va jo‘natuvchiga UZ bilan tugaydigan trek raqami beriladi. Posilka qutisida ham yozilgan bo‘ladi. Shu raqam bilan o‘z mamlakatida shu jo‘natmani olib kelib bergan pochta xizmatiga shikoyat qilsa biz aniqlaymiz, qayerda muammo bo‘lganini", - dedi "O‘zbekiston pochtasi" shirkatining Xavfsizlik bo‘limi xodimi.

Ammo, Jessika iddaosicha, "O‘zbekiston pochtasi" xodimlari undan posilkani qabul qilib olishganida trek raqamini ham yo‘qolishiga kafolat ham berishmagan.

"Sinsa biz javob bermaymiz, deb ogohlantirishgandi. Hech qanaqa raqam ham, kafolat ham berishmadi. USPS posilkani eshigimni tagiga tashlab ketgan ekan, hali shikoyat qilganim yo‘q, lekin qilaman. O‘zbekiston go‘zal va maftunkor mamlakat, lekin pochta xizmatidan ko‘nglim qoldi. Endi u yerdan narsa ham olmayman, pochtasidan ham foydalanmayman."

"O‘zbekistonga yuborilgan jo‘natmalar ham kamomad bilan yetkazilyapti"

O‘zbekistonga chet eldan yuborilayotgan jo‘natmalar, posilkalar ham ko‘p hollarda muhri buzilgan holda egalariga berilayotgani, ayrim hollarda esa ichidagi buyumlar yo‘qolayotganidan shikoyatlar ko‘p bo‘lgan.

Xorazmning Urganch shahridagi kelin liboslari saloni xo‘jayini Rohatoy liboslarni Ukrainadan xarid qilib, ularni pochta orqali O‘zbekistonga posilka qiladi.

Uning aytishicha, Kiyevdan yuborgan posilkalari ichidagi narsalar yo‘qolishi ko‘p bo‘lgan.

“Bir marta yo‘qolgan kiyim o‘rniga Toshkent suvi qo‘yib qo‘yishgan. Jo‘natmaning yuborgandagi og‘irligi qabul qilib olingandagisi bilan to‘g‘ri kelishi kerak, suv bilan vaznini to‘g‘irlash oson. Og‘irroq kelsa to‘kib tashlashadi”, - deydi Rohatoy.

Rohatoy ham o‘z posilkalari Ukrainada emas, O‘zbekiston ichkarisida ochilgan va ichidagi narsalar ham mamlakat ichkarisida yo‘qolgan, degan gumonda.

“Axir posilka ichidan o‘zbekcha yozuvli ichimlik suv chiqsa, qanday qilib bu ishni ukrainaliklar qilgan bo‘ladi”, - deydi Rohatoy.

O‘zbekistondagi pochta idorasi xodimlari esa bu tadbirkor shikoyati asossiz ekanini aytmoqda.

- Ko‘p hollarda chetdan mol olib keladiganlar soliqdan qochish uchun posilka ichida bo‘lgan ashyolar ro‘yxatini to‘liq keltirmaydi. Shuning uchun posilka jo‘natayotganda uning ichida bor narsalar ro‘yxatini to‘liq yozish kerak, - deydi pochta xodimi.

Ozodlik pochta jo‘natmalari kamomad bilan egalariga yetib kelishi, ba’zida yo‘qlib qolishi haqida ilgari ham xabar bergan.

Mirziyoyev: "O‘zbekiston pochtasi" isloh qilinishi kerak

Pochta jo‘natmalari, posilkalar egalariga kamomad bilan yetib kelayotgani haqidagi shikoyatlar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning milliy pochta tizimini isloh qilish kerakligi haqida bayonot berishi bilan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.

5 -oktabr kuni hukumat majlisida Mirziyoyev pochta tizimini daromad keltiradigan sohaga aylantirish zarurligini ta’kidlagan.

"Buning uchun jo‘natmalarni qabul qilish, saralash va onlayn kuzatish imkonini beruvchi avtomatlashgan axborot tizimini ishga tushirish kerak. Pochta sohasidagi eng asosiy vazifa odamlarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilishdir", degan prezident.

“O‘zbekiston pochtasi” tizimida 2 mingdan ziyod bo‘linma bo‘lib, unda 7 mingdan ziyod xodim ishlaydi.

Rasmiy raqamlarga ko‘ra, o‘tgan yili xorijdan kelgan 6 ming tonna jo‘natmalarning atigi 10 foizi, kuryerlik xizmatlarining 30 foizi milliy pochta hissasiga to‘g‘ri kelgan, qolganini xorij pochta xizmatlari bajargan.

XS
SM
MD
LG