Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 23:25

Qirg‘iz rasmiylari: Chegaradan o‘tayotgan o‘zbekistonliklardan koronavirusga test topshirishni Toshkent talab qilmoqda


Analiz natijasi Qirg‘iziston hududida 72 soatgacha yaroqli bo‘lib hisoblanadi.
Analiz natijasi Qirg‘iziston hududida 72 soatgacha yaroqli bo‘lib hisoblanadi.

Qirg‘iziston O‘zbekistondan o‘tayotgan fuqarolardan koronavirus PZR testi natijalarini talab qila boshlagani ortidan so‘nggi 4 kunda chegaradan o‘tuvchilar soni 15 mingdan 5 ming kishiga ozaydi. Bu haqda “Do‘stlik” qirg‘iz-o‘zbek chegarasining Qirg‘iziston tomonida jurnalistlar uchun tashkil etilgan press tur chog‘ida chegara bekati rahbari Supatay Ismanaliyev ma’lum qildi.

Sanitariya va epidemiologiya nazorati davlat departamentining O‘sh viloyati va shahri bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisining o‘rinbosari O‘murzaq Mamarasulovga ko‘ra, chegaradan o‘tishning bunday yangi tartibi amal qila boshlaganiga 1 - oktabrda 5 kun bo‘ldi.

Sanitariya va epidemiologiya nazorati davlat departamentining O‘sh viloyati va shahri bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi o‘rinbosari O‘murzaq Mamarasulovga ko‘ra, Qirg‘izistonda va qo‘shni davlatlarda koronavirusga chalinish holatlari yana ko‘payib borayotgani ortidan Qirg‘izistonga o‘tayotgan o‘zbekistonliklardan PSR analizi natijasi talab qilina boshlandi.

- Algoritm tartibiga muvofiq “Do‘stlik” chegara bekati orqali O‘zbekiston yoki boshqa chet davlatlar fuqarolari Qirg‘izistonga o‘tayotganida qo‘lida PZR analizi natijasi salbiy bo‘lishi kerak. Analiz natijasi Qirg‘iziston hududida 72 soatgacha yaroqli bo‘lib hisoblanadi. Agarda test natijasining yaroqlilik muddati o‘tib ketgan bo‘lsa, bu shaxs ortga qaytariladi. O‘zbekiston yoki boshqa chet davlatlardan mamlakatga kelayotgan Qirg‘iziston fuqarolari chegarada tashkil etilgan sanitar-karantin postida ekspress-test topshirib tekshiruvdan o‘tadi. Agarda ekspress-test natijasida karonavirus aniqlansa, chegara bekatidagi sanitar-epidemiologiya stansiyasida izolyatsiyaga olinib, tez yordam xizmati chaqiriladi, - dedi O‘murzaq Mamarasulov.

Unga ko‘ra, koronavirusga chalinish hollar ko‘proq O‘sh viloyatining O‘zgan, Aravon va Qorasuv tumanlarida kuzatilmoqda.

O‘murzaq Mamarasulovning aytishicha, chegaradan o‘tayotgan o‘zbekistonliklardan koronavirusga test topshirishni Toshkent talab qilmoqda.

Chegara xizmati rasmiylariga ko‘ra, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi “Do‘stlik” avtoyo‘l chegara posti bugungi kunda odatdagi tartibda ish olib bormoqda. Biroq koronavirus testi talab qilina boshlanganidan beri chegaradan o‘tuvchilar soni keskin ozaydi.

- Chet el fuqarolarini qabul qilish va ularni davlat chegarasidan o‘tkazish kelishim va hukumatning 84-buyrug‘i asosida olib borilmoqda. Yangi algoritm bo‘yicha chegara xizmatida, hujjat tekshiruvlarda o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Avvalgi talablar bilan tekshiriladi. Bizgacha bo‘lgan post, karantin postida fuqarolarning tana harorati termometr bilan o‘lchanadi. Agarda tana harorati yuqori bo‘lmasa davlat chegarasidan o‘tishga ruxsat beriladi. So‘nggi 4 kunda chegaradan o‘tgan fuqarolar soni keskin ozaydi. Masalan, bungacha 15 mingdan 18 mingacha odam har ikki tarafga o‘tib turgan bo‘lsa, hozirgi kunda 5 minggacha ozaydi. Bunga fuqarolarning COVID-19 virusiga qarshi analizlar topshirib, uning natijasini kutishiga vaqt ketishi sabab bo‘lsa kerak, deb o‘ylaymiz,- dedi chegara posti rahbari Supatay Ismanaliyev.

Do‘stlik chegara posti oldida chegaradan o‘tuvchilardan mazkur test bilan bog‘liq muammolar haqida ham so‘radik. Namanganlik Nargiza Solievaning aytishicha, u avvaliga Qirg‘izistonga 28 - sentabr kuni chegaradan o‘tmoqchi bo‘lgan:

- “COVID-19 testining analiz javoblari bo‘lishi kerak”, deb Qirg‘izistonga kiritmadi. Qirg‘izistonga o‘tgani besh-olti yuz student kelayotgan ekan, hammasi qaytib ketdi. Keyin borib o‘sha kuni analiz topshirdik, yaxshi chiqdi, kecha yana chegaraga keldik. Hujjat bilan o‘tishda qiynalmadik. Hujjatsiz o‘tkizmayapti-da, bu ham 3 sutkaga ekan holos. 72 soatdan keyin pul to‘lab yana olar ekansiz-da. Bu ham yana sarf harajat, xalq qiynaladi.

Suhbatdoshning aytishicha, u testni Namangan viloyat sanitar osoyishtalik bo‘limida bepul topshirgan. Unga natijani 6 soatdan keyin olib ketishi mumkinligi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sababli o‘zbek - qirg‘iz chegarasida 16 - martdan joriy qilingan cheklov 2 - sentabrdan olib tashlangan.

XS
SM
MD
LG