Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:36

Nogiron: Hokimlik uyimni almashtirib beraman deb uysiz qoldirdi


Ikkinchi guruh nogironi Ruslan Bomurodov
Ikkinchi guruh nogironi Ruslan Bomurodov

Qashqadaryo viloyat, Koson tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan ikkinchi guruh nogironi Ruslan Bomurodovning arz qilishicha, Qarshi shahar hokimligi uning beshinchi qavatdagi uch xonali uyini birinchi qavatdagi shunday uyga almashtirib beramiz deb va’da berib, uni uydan chiqartirgan. Oqibatda esa nogiron er xotini va to‘rt farzandi bilan ko‘chada qolgan.

Ногирон: Ҳокимлик бешинчи қаватдаги уйимни биринчи қаватга алмаштириб бераман деб умуман уйсиз қолдирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:29:59 0:00
Бевосита линк

“Yoshim 43da, bolalikdan ikkinchi guruh nogironiman, o‘ng tomonim yaxshi ishlamaydi. Harakatim zaif. Universitetni bitirganman, maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. 2017 - yilda Qarshi shahrida ro‘yxatga turib, kam ta’minlanganlar uchun ajratilgan uch xonali uy olgandim. Olti oy yashadim. Uy beshinchi qavatda ekan, nogironligim uchun tushib-chiqishga juda qiynaldim. 2017 - yilda insult ham o‘tkazganman, qon bosimim juda yuqori. Qarshi shahar hokimligiga beshinchi qavatni birinchiga almashtirib beringlar deb murojaat qildim. Uy xotinim nomida edi, unga almashtirib beramiz deb oq qog‘ozga qo‘l qo‘ydirib olishibdi-da, keyin “o‘z ixtiyorim bilan uydan voz kechaman” deb o‘zlari yozishibdi. To‘rt norasida bolam bilan ko‘chaga chiqarib qo‘yishdi. 2018 - yildan beri goh akamnikida, goh ukamnikida darbadar bo‘lib yashab kelyapmiz. O‘zlari qalbaki hujjatlar qilib, propiskadan ham chiqarib tashlashgan. Murojaat qilmagan joyim qolmadi. Hech kim nogironning dardini eshitmayapti”

Qarshi shahar hokimining uy berilishi haqidagi maktubi
Qarshi shahar hokimining uy berilishi haqidagi maktubi

Ruslan Bomurodov hokimlik xotinidan oq varaqqa imzo qo‘ydirib olinganini iddao qiladi
Ruslan Bomurodov hokimlik xotinidan oq varaqqa imzo qo‘ydirib olinganini iddao qiladi

-------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG