Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:38

Tadbirkor: Uch yil avval buzdirilgan do‘konlarimizga na tovon puli, na o‘rniga yer berildi


To‘ytepa markazidagi buzilib ketgan do‘konlar
To‘ytepa markazidagi buzilib ketgan do‘konlar

Toshkent viloyati Nurafshon shahridan “OzodMikrofon”ga qo‘ng‘iroq qilgan tadbirkor Orif Xodjayevning arz qilishicha, 2017 - yilda boshlangan Nurafshon shahrini viloyat markaziga aylantirish ishlari ortidan unga va onasiga tegishli bo‘lgan bir nechta savdo do‘koni buzib tashlangan, lekin o‘rniga va’da qilingan yer shu paytgacha berilmagan.

“Nurafshon shahar X.Mirzayev ko‘chasida joylashgan savdo do‘konlarimiz 2018 - yilda shahar xokimining qaroriga ko‘ra buzilishga tushdi. O‘sha paytdagi shahar hokimi Birlik MFY hududidan o‘ringa-o‘rin yer beramiz, tovon puli evaziga qo‘shimcha yer beriladi, deb qaror chiqargan edi. U hokim keyin Olmaliqqa hokim bo‘lib ketdi. Bugungi kunga kelib buzilgan savdo do‘konim uchun yer ham ajratib berilmadi, yetkazilgan zarar ham qoplanmadi. Buning natijasida mening mulk huquqimga jiddiy zarar yetkazildi.

Murojaat qilmagan joyimiz qolmadi. Bir men emas, do‘konlari buzilgan o‘nlab tadbirkorning ham holi shu. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevdan uning chiqargan qarorlariga amal qilmaydigan, tadbirkorlarni zor qaqshatadigan amaldorlarining bunday g‘ayriinsoniy xatti-harakatlariga qonuniy chora ko‘rishlarini so‘rayman”.

Тадбиркор: Уч йил аввал буздирилган дўконларимга на товон пули, на ўрнига ер берди!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:43 0:00
Бевосита линк

Ozodlik 2017 - yilning 14 - aprelida To‘ytepa shahri markazidagi avtomobil ehtiyot qismlari, oziq-ovqat va xalq xo‘jaligi mollari bilan savdo qiladigan tadbirkorlarning do‘konlari buzilishi boshlangani haqida xabar bergan edi.

Тўйтепа шаҳри марказидаги тадбиркорлар дўконлари мажбуран буздирилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:43 0:00

Toshkent viloyati Arxitektura va qurilish boshqarmasining To‘ytepa tumanidagi vakili Ramazon Shomurodov o‘shanda Ozodlik bilan suhbatda tadbirkorlar rozi qilinishiga va’da bergan edi.

“Biz tadbirkorlarning hamma muammosini operativniy hal qilib beryapmiz. Ularga aytdik, qurilish materiallaringni buzib olib ketinglar, qurilish firmasini taklif qilganmiz, shartnoma qilasizlar qurib beradi, dedik. Tovon pulining o‘rniga yangi joydan ikki baravar qilib beramiz”, deb aytgan mulozim.

Ammo oradan uch yil o‘tayotgan bo‘lsa-da, tadbirkorlar hozirgacha buzilgan do‘konlari uchun hatto yer berilmaganidan shikoyat qilishmoqda.

XS
SM
MD
LG