Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:40

Buxorolik filolog: Buxoro jumhuriyati 100 yilligini xotirlash Karimov poyiga gul qo‘yishdan muhimroq edi!


Buxorolik filolog, ayni paytda tadbirkor Xurshidjon Tursunov
Buxorolik filolog, ayni paytda tadbirkor Xurshidjon Tursunov

Buxorolik filolog, ayni paytda tadbirkor Xurshidjon Tursunov, 100 yil avval bo‘lib o‘tgan hodisa - Buxoro xalq respublikasining tuzilishini xotirlash bugungi O‘zbekiston uchun juda muhimdir, degan fikrni bildirdi.

Shu yilning 2 sentabrida Yevropa mamlakatlari¸Turkiya, O‘zbekiston va Qozog‘istondan 20 nafar olim ishtirokida “Buxoro jumhuriyatining 100 yilligi” mavzuida xalqaro onlayn simpozium bo‘lib o‘tdi.

2 sentabr kungi tadbir - Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Turkiya turizm vazirligi hamda Samarqanddagi xalqaro turizm universiteti tomonidan tashkil qilindi.

Ana shu tadbir haqida Ozodlikda chiqqan maqolaga munosabat bildirgan buxorolik filolog X. Tursunov O‘zbekiston hukumati aslida bu voqeani davlat ahamiyati darajasidagi sana sifatida har yili xotirlashi lozim, degan fikrni bildirdi.

OzodMikrofon rukni bilan suhbatda filolog, 100 yil avval Buxoroda ta’sis etilgan Buxoro xalq jumhuriyati aslida O‘zbekistonda zamonaviy davlatchilik uchun tashlangan ilk va o‘ta jiddiy qadam edi, degan fikrda:

- Mana, 2 sentabr kuni Buxoro Xalq respublikasi tuzilganining 100 yilligi o‘tib ketdi. Ko‘pchilik bu tarixiy hodisa haqida hatto bilmadi ham, afsuski! Aslida, Buxoro Xalq respublikasi mamlakatdagi ziyolilar va faol arboblar harakati bilan qurilgan - zamonaviy ko‘rinishdagi davlatchilikning boshlanishi edi. Buni bugungi avlod albatta bilishi zarur. Bizda esa 2 sentabr kuni aholi Islom Karimov poyiga gul qo‘yish bilan ovora bo‘ldi. Menimcha, bu hodisani xotirlash Karimovni xotirlashdan ancha muhim. Chunki, yoshlar ota-bobosini bilishi uchun, o‘sha kezdagi Chor Rossiyasi olib borgan istilochilik harakatini bilishi uchun muhim. Mana hozir ham ko‘pchilik bizni Rossiya qutqaradi, deb yuribdi, - deydi Xurshidjon Tursunov.​

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:42 0:00
Бевосита линк

Buxoro xalq jumhuriyati - 1920 yilning 28 avgustidan 2 sentabriga qadar davom etgan inqilob ortidan, Buxoroda amirlik tuzumi ag‘darib tashlangach, yuzaga kelgan respublika edi.

Bu jumhuriyat 1924 yilning 19 sentabrida Buxoro sotsialistik sovet respublikasiga aylantirilgan. Oktabr oyiga kelib esa, O‘rta Osiyo respublikalarini milliy-hududiy chegaralarini belgilash jarayoni ortidan, bu respublikaning hududi yangi tuzilgan O‘zbekiston SSR, Turkmaniston SSR hamda Tojikiston ASSR (1929-yildan Tojikiston SSR) tarkibiga kiritilgan.

Joriy yilning 2 sentabr kuni Yevropa mamlakatlari¸Turkiya, O‘zbekiston va Qozog‘istondan 20 nafar olim ishtirokida “Buxoro jumhuriyatining 100 yilligi” mavzuida xalqaro onlayn simpozium bo‘ldi. Unda o‘sha respublikaning ilk etakchilari, shu jumladan, Buxoro Respublikasi prezidenti Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jayev (1878 -1968) xotirlandi.

Simpozium ishtirokchisi, Samarqand davlat universiteti rektori¸ senator professor Rustam Xolmurodov Usmon Xo‘ja yashagan uyda “Jadidlar muzeyi” tashkil qilish yangi O‘zbekiston rahbariyati olib borayotgan siyosat ruhiga uyg‘unligini ta’kidladi.

Simpozimumda qatnashgan Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jayevning o‘g‘li¸ AQShdagi Michigan universiteti professori Temur Xo‘ja agar muzey tashkil qilinsa¸ o‘z shaxsiy kutubxonasidagi jami kitoblarni muzeyga qo‘yish uchun uchun O‘zbekiston Madaniyat vazirligiga hadya qilishga tayyorligini bildirdi.

XS
SM
MD
LG