Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 09:52

“Delovoy” yuz yillik ariqni ko‘mib, ustiga choyxona qurdi, minglab xonadonning tomorqasi qurib qoldi”


Farg‘ona viloyat, Marg‘ilon shahar, Tog‘liq MFYdan OzodMikrofonga arz qilgan 67 yashar Abdulla Ahmedovning aytishicha, uchta mahallaning tomorqasi va chorvasi suv ichadigan yuz yillik ariqni mahalliy tadbirkorlardan biri (ism-familiyasi Ozodlikka ma’lum) ko‘mdirib, choyxona qurgan:

Choyxonasining to‘rtta xonasi uchun o‘n besh mingdan ortiq aholi suvga zor.

“2017 yilda Farg‘ona shahar, Surx-tepa MFY hududidagi eski yopilib ketgan qabristonni obod qilish jarayonida 3 ta choyxona devori yo‘lni biroz kengaytirish uchun orqaroqqa surildi. Devor orqasidagi ariq ko‘milib qoldi va oqibatda ariqdan foydalanadigan uchta mahalla suvdan mahrum bo‘ldi. Biz arzu shikoyat qildik. Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev komissiya bilan kelib, aholining arig‘ini ochib beringlar, devor bo‘lmasin deb ketgan edi. Lekin u choyxonachi “delovoy” ariqni ochmay, uning ustiga choyxona uchun xonalar qurdi. Mana uch yildirki, tomorqaga bir narsa ekolmaymiz, daraxtlarimiz qurib bormoqda. Sudga murojaat qilsak u ham, o‘sha vallomat foydasiga qaror chiqarib berdi. Prokuraturaga murojaat qildik, xayriyat u sud qaroriga protest keltirdi. Lekin ijro qiluvchi odam yo‘q. Choyxonasining to‘rtta xonasi uchun o‘n besh mingdan ortiq aholi suvga zor. Nahotki, xalqning tirikligiga yaragan yuz yillik arig‘ini ochib berishga viloyat hokimligining ham kuchi yetmasa?"

“Деловой” юз йиллик ариқни кўмиб чойхона қурди, минглаб хонадоннинг томорқаси қуриб қолди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:46 0:00
Бевосита линк

Abdulla Ahmedov prokuratura protestining nusxasini ham Ozodlikka taqdim etdi.

Prokuratura protesti
Prokuratura protesti

--------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG