Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 04:37

Kriminal avtoritet "Lotu Guli" Antaliyada otib o‘ldirildi, turk politsiyasi o‘zbekistonlik "Ravshan Zolotoy"ni so‘roq qilgan


48 yashar Nadir Salifov  sobiq Sovet Ittifoqi respublikalari hududidagi eng yirik kriminal avtoritet, deb ko‘rilgan.
48 yashar Nadir Salifov  sobiq Sovet Ittifoqi respublikalari hududidagi eng yirik kriminal avtoritet, deb ko‘rilgan.

Turkiyaning Antaliya shahrida "Lotu Guli"laqabi bilan tanilgan postsovet hududidagi yirik kriminal avtoritetlardan biri Nadir Salifov otib o‘ldirildi.

Turkiya matbuoti xabarlariga ko‘ra, 19 avgust kuni Antaliyaning Bo‘g‘ozkent mavzesidagi restoranlardan birida Lotu Guli bilan ovqatlangan erkak to‘pponchasi bilan unga qarata to‘rt marta o‘q uzgan va voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan.

Turkiyaning "Sabah" nashriga ko‘ra, politsiya ko‘p o‘tmay, Lotu Guli bilan yaqin aloqada bo‘lgan Xan Axmedlinskiy ismli ozarbayjonlik yana bir avtoritetni Antaliya-Denizli yo‘lida qo‘lga olgan.

Turk politsiyasi Axmedlinskiyni Lotu Gulining qotili sifatida gumonlamoqda.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, yana to‘rt nafar shaxs Lotu Guli o‘limiga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olingan.

So‘roq qilinganlardan biri “Ravshan Zolotoy” laqabli o‘zbekistonlik avtoritet Ravshan Muxiddinovdir.

Turkiya politsiyasi Muxiddinovni 20 avgust yarim tunda Istanbulning “Belek Duzu” dahasidagi villasidan olib ketgan.

Politsiya bo‘limida 7 soat ushlab turilgach Ravshan Muxiddinov qo‘yib yuborilgan.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, Ravshan Muxiddinovning qo‘lga olinishiga qotillikdan bir necha soat avval Xan Axmedlinskiy tarafidan unga telefonda yo‘llangan video sababchi bo‘lgan.

Лоту Гули ўлимидан бир неча соат олдин Анталиядаги меҳмонхонада
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:17 0:00

Mehmonxonada Nadir Salifov orqasidan olingan bu video uning qo‘riqchisi tarafidan buyuritmachi qotil uchun olingani tahmin qilinmoqda.

Ravshan Muxiddinov (Ravshan Zolotoy) G‘afur Rahimovning jiyanidir. Rahimov o‘zi ham AQSh hukumati tomonidan "uyushgan jinoyat olami yetakchilaridan biri" sifatida kӯriladi.

Joriy yilning mart oyida Ozodlik G‘afur Rahimov va Ravshan Zolotoy o‘rtasida kelib chiqqan ziddiyatlar haqida xabar bergan edi.

So‘nggi yillarda u Turkiyada yashab keladi.

Ravshan Muxiddinov (Ravshan Zolotoy) Nadir Salifov (Lotu Guli) bilan.
Ravshan Muxiddinov (Ravshan Zolotoy) Nadir Salifov (Lotu Guli) bilan.

Tergov davomida Xan Axmedlinskiy qotillikdan ikki kun oldin Istanbulda yana bir o‘zbekistonlik avtoritet Axtam Samarqandskiy laqabli Axtam Yoqubov va uning odamlari bilan ko‘rishgani ham o‘rtaga chiqqan.

Ikki yil avval Ozodlik Istanbuldagi Fotih mavzesidagi Oqsaroyda Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari jinoiy avtoritetlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani, unga “Lotu Guli” laqabli Nadir Salifov raislik qilgani haqda xabar bergandi.

O‘sha “Qonundagi o‘g‘rilar” yig‘ilishida Markaziy Osiyo jinoyat olami avtoritetlaridan biri o‘zbekistonlik Axtam Samarkandskiy laqabli Axtam Yoqubovga "vor v zakone" "unvoni berilgandi.

Jinoyat olami avtoritetlarining o‘sha majlisidan bir kun o‘tib Istanbul politsiyasining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari Nadir Salifovni hibsga olgandi.

Salifov “qotillikka urinish”, “giyohvand moddalar kontrabandasi” va “firibgarlik” kabi jinoyatlarni uyushtirish gumoni bilan qo‘lga olingani haqda Turkiyadagi "Hurriyet" nashri ham xabar bergandi.

48 yashar Nadir Salifov sobiq Sovet Ittifoqi respublikalari hududidagi eng yirik kriminal avtoritet, deb ko‘rilgan.

Kelib chiqishi ozariy bo‘lgan Salifov 1972 yilda Gruziyada tug‘ilgan. Yoshligidan jinoiy to‘dalarga aralashib qolgan Nadir o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillari boshida 27 yilga qamalgan, shundan 22 yilini o‘tab chiqqan.

2014 yilda ozodlikka chiqqach Salifov Moskvadagi uchta yirik bozorni hamda post Sovet hududidagi sabzavot savdosini nazorat qilib kelgan.

Talonchilik va uyushgan jinoyatchilik ayblovlari ortidan Nadir 2017 yilda Turkiyaga qochgan.

2018 yilda turk politsiyasi uni mamlakatdan deportatsiya qildi. Ammo, u ko‘p o‘tmay yana Turkiyaga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelgan.

Salifov Rossiya va Ozarbayjonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG