Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 12:43

Bolalari "Mehribonlik uyi"ga yuborilgan yolg‘iz ona farzandlari o‘ziga qaytarilishini so‘ramoqda


Qashqadaryo viloyat, Qamashi tumanida tug‘ilgan 31 yashar yolg‘iz ona Xurshida Tursunova OzodMikrofonga bog‘lanib¸ Chiroqchi tumani hokimligi o‘z pasporti va bolalarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarini olib qo‘yib, ikki yildan buyon qaytarib bermayotganini bildirdi.

“Ikki yildan buyon hujjatsiz, uysiz, joysiz yashab yuribman. Qashqadaryo viloyat va Chiroqchi tuman hokimliklari hujjatlarimni olib qo‘yib, qaytarib berishmayapti. Ikki nafar farzandimni Kitobdagi bolalar uyiga vaqtincha joylashtirib, uy-joy va ish bilan ta’minlashni va’da qilishgan edi. Yotoqxonadan joy berib, tikuvchilik sexiga ishga joylashtirib qo‘yishdi. Ikki oy ishladim, maosh berishmadi, keyin majbur Toshkentga ishlagani ketdim. Kelib yana murojaat qilganimda pasportimni olib qo‘yishdi, endi na pasportim bor, na bolalarning guvohnomasi. Bolalarim qariyb uch yildan buyon "Mehribonlik uyi"da. Har safar Toshkentdan topganimni yo‘lkira qilib kelib, 3-4 kun bolalarim bilan ijarada yashab ketaman. Xotin – qizlar qo‘mitasi na uy qilib berdi, na ish topib berdi. Bir yildan buyon o‘zim ham pasportsiz yuribman. Men ham inson singari bolalarimni bag‘rimga bosib yashagim keladi. Lekin ular ham men ham azobda qoldik!”.

“Менинг ҳам болаларимни бағримга босиб яшагим келади”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:23 0:00
Бевосита линк

--------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG