Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 12:35

“Erim Afg‘onistonda avtohalokatga uchradi, uning oldiga borgani qo‘yishmayapti"


Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi Manguzar mahallasida yashovchi 20 yashar Lima Saidakbar karantin sabab Afg‘onistonda avtohalokatga uchrab, og‘ir ahvolda yotgan erining oldiga bora olmayotganini aytib¸ Toshkent mutasaddilaridan yordam so‘radi.

“O‘zim asli afg‘onistonlikman. Dadam Termizda ishlagani uchun shu yerda katta bo‘ldim, O‘zbekistonda fuqaroligi yo‘q shaxsman. Termizdagi pedkollejda tahsil olayotgan edim. 2019 yilda Afg‘onistondagi bir qarindoshimizga turmushga chiqdim va kelin bo‘lib ketdim. Virus tarqalmasdan oldin qolgan bir yil o‘qishimni tiklash uchun kelgan edim. Lekin karantin bo‘lib, yo‘llar yopilib qolib ketdim. Kecha erimning avtohalokatga uchraganini eshitib, uning oldiga bormoqchi bo‘lsam, chegaralar yopiq ekan. Bunday og‘ir vaziyatda men erimning yonida bo‘lishim kerak. Yuragim siqilib ketyapti, ikki oylik homilam bor. Unga zarar yetmasa deb qo‘rqyapman. Elchixonaga murojaat qilsam, sizga hech qanday yordam berolmaymiz deb aytishdi. Iltimos, meni o‘lim bilan olishib yotgan erimning oldiga o‘tkazib yuboringlar!”

“Эрим Афғонистонда автоҳалокатга учради, унинг олдига боролмаяпман”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:26 0:00
Бевосита линк

--------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG