Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:25

“O‘zekspomarkaz”da joylar 4 martaga ko‘paytirildi. Og‘ir xastalarga vrachlar yetishmayapti (VIDEO)


"Tez yordam"ga murojaat qilayotgan bemorlarni yig‘ib-tarqatayotgan “O‘zekspomarkaz” binosi, 28 iyul, 2020
"Tez yordam"ga murojaat qilayotgan bemorlarni yig‘ib-tarqatayotgan “O‘zekspomarkaz” binosi, 28 iyul, 2020

Toshkent shahrida "Tez yordam"ga murojaat qilayotgan bemorlarni yig‘ib-tarqatayotgan “O‘zekspomarkaz” binosida ahvoli og‘irlarga ilk malakali yordamni ko‘rsata oladigan mutaxassislar yetishmayotir.

Ushbu markazdagi bemor va shifokorlardan olingan ma’lumotga ko‘ra, ayrim bemorlar 60 – 70 foizgacha o‘pka yallig‘lanishi bilan kelmoqda.

Markaz mas’ullari, yig‘ib-taqsimlash uchun ochilgan markaz shifoxonaga aylanib ulgurgani va hozir 300 bemorga reanimatsion muolaja ko‘rsatadigan bo‘lim ham ishga tushganini bildirdi.

  • Mas’ullardan biri, poytaxt va Toshkent viloyatida ahvoli haqiqatda og‘irlar: isitmasi 38 darajadan baland, o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilayotgan, ammo “Tez yordam” xizmatiga yetolmayotgan bemorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shu markazga olib kelish mumkinligini alohida eslatdi.

Ushbu markazda 4 kundan buyon davolanayotganini aytgan 36 yashar toshkentlik bemorga ko‘ra, kundan-kunga xastalar soni ortmoqda va o‘lim hollari ham uchramoqda.

Toshkentda turli mahalliy va xalqaro ko‘rgazma, yarmarka hamda boshqa tadbirlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan “O‘zekspomarkaz” binosi 23 iyuldan COVID-19 kasalligiga chalingani gumon qilinganlarga aniq tashxis qo‘yish va zarur birinchi yordamni ko‘rsatishga mo‘ljallangan markaz sifatida ish boshlagan.

Ismini sir saqlagan toshkentlik o‘pkaning 10 foiz yallig‘lanishi bilan 4 kun avval bu yerga keltirilgani va hozir ahvoli yaxshilanganini aytdi:

- Isitma chiqishni boshladi, yo‘tal. Rentgen qildirdim – o‘pka yallig‘lanishi boshlangan, 10 foiz, deyishdi. Shu bilan “103”ga telefon qildim. Oldiniga bizga mumkinmas, deyishdi. Keyin yana telefon qilib, qattiq turib oldim: “Shunaqa “O‘zekspomarkaz” ochilibdi, hech bo‘lmasa o‘sha yerga olib boringlar”, deb. Olib borishdi. Bu yerda shifokorlar ko‘rib, dorilarni yozib berishdi, kislorodga ulashdi. Hozir mana 4 kun bo‘ldi, ancha yaxshiman, dedi ismini oshkor qilmasligimizni so‘ragan bemor.

Тошкентдаги беморларни йиғиб-тақсимлаётган "Ўзэкспомарказ" ичидаги манзара
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:50 0:00

Uning aytishicha, bu yerga o‘pkaning 50-60 foiz qismi yallig‘lanib bo‘lgan og‘ir ahvoldagi bemorlar ham keltirilmoqda va uning ko‘z o‘ngida bir nechasi vafot etgan:

- Ustini yopib, 4-5 tasini karavotda olib chiqib ketishayotganini o‘zim ko‘rdim. Nazarimda bu yerdagilar og‘ir ahvoldagi bemorlarga yordam ko‘rsata olmayapti. Pulmonolog mutaxassislar yetishmayapti. Chunki, bu yerda ko‘pi tor mutaxassis, yana ko‘pchiligi uyida o‘tirganlar, ukol qilish ham esidan chiqib qolgan. Anavi yerda nafas yetmay, jon talashib turganlarga, ayniqsa kechasi xodimlar yordam berolmay shoshib qolyapti, baqir-chaqir bo‘lib ketyapti. Bu yerga ko‘proq pulmonologlarni olib kelish kerak, dedi toshkentlik bemor.

Quyida bu bemor bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:05 0:00
Бевосита линк

Ayni markazda kichik tibbiy xodim – sanitarka bo‘lib, 4 kun muqaddam ish boshlaganini aytgan toshkentlik ayol ham, avvaliga bemorlarni yig‘ib-taqsimlashi nazarda tutilgan markaz, hozir haqiqiy shifoxonaga aylanib ulgurganini aytdi.

"Tez yordam"ga murojaat qilayotgan bemorlarni yig‘ib-tarqatayotgan “O‘zekspomarkaz” binosi, 28 iyulь, 2020
"Tez yordam"ga murojaat qilayotgan bemorlarni yig‘ib-tarqatayotgan “O‘zekspomarkaz” binosi, 28 iyulь, 2020

Ilk rasmiy bayonotda bu markaz 500 bemorga mo‘ljallangani aytilgandi.

Ozodlik gaplashgan kichik tibbiy xodimga ko‘ra, markazda hozir 1000 dan ortiq bemor bor:

“Oldin bitta kabinaga 1 tadan karovat qo‘yishgandi, menam televizorda ko‘rgandim, hozir 2 tadan karavot. Odamlarni ahvoliga qarab yotqizishyapti. Tinimsiz keldi-ketdi. Bemor rosa ko‘paygan. Tunu kun ishlab yotibmiz. Og‘ir ahvoldagi bemorlar kelib qoladi, vrachlarimiz shoshib qolyapti. Ko‘pi ORVI (o‘tkir respirator virusli infeksiyalar – tahr.) bo‘yicha ishlamaganda, unaqa professional vrachlar kasalxonalarda hozir.

"Tez yordam"ga murojaat qilayotgan bemorlarni yig‘ib-tarqatayotgan “O‘zekspomarkaz” binosi, 28 iyulь, 2020
"Tez yordam"ga murojaat qilayotgan bemorlarni yig‘ib-tarqatayotgan “O‘zekspomarkaz” binosi, 28 iyulь, 2020

Bu yerdagilarning orasida feldsheram bor, xirurgam bor, travmatologam bor – uyida samolecheniue qilib, o‘pkasini 60 foizi ketib qolgan qariyalarni bular lecheniye qilolmaydida. Ularga apparaturayam yetarlimas. Hozir 4-blokda reanimatsionniyga o‘xshagan otdel qilishdi. Endi ancha yaxshi bo‘lib qolar. Lekin, o‘limlar haqida men hech narsa bilmayman, uzr”, dedi ismini oshkor qilmayotganimiz kichik tibbiy xodim.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu markazga “Tez yordam” xizmatlari olib borgan va u yerda yetarli tibbiy yordamni ololmay, vafot etgan bemorlarning yaqinlari murojaatlari ko‘zga tashlanmoqda.

Bu murojaatlarda o‘tkir nafas yetishmovchiligi va kuchli isitma bilan kelgan bemorlar, ayniqsa keksa yoshdagi xastalarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmaganidan shikoyat qilinmoqda.

Kuni kecha, Toshkentning Chilonzor tumanida yashashini aytgan bir erkakning videomurojaati tarmoqlarda tarqaldi.

Bu erkak, onasini shifoxonalar va oilaviy poliklinika qabul qilmagani, uni “O‘zekspomarkaz”ga markazga olib borgani, u yerda tegishli malakali yordamni vaqtida ololmagani, u yerdan maxsus shifoxonaga yo‘llangan kezda “Tez yordam” mashinasida o‘lganini da’vo qiladi.

“O‘zekspomarkaz”ga bemorlarni joylashtirish ishlariga mas’ul bo‘lgan tibbiyot xodimi haqiqatda ham ahvoli juda og‘ir xastalarga malakali tibbiy yordam berish imkoni bo‘lmayotganini tasdiqladi.

Ismini oshkor qilmayotganimiz bu mas’ulga ko‘ra, buning ikkita sababi bor:

“Birinchidan, kech keltirilyapti ko‘p bemorlar. Uyida bir nechta vrach har xil yo‘l bilan davolagan, o‘pkani 60-70 foizi yallig‘lanib bo‘lgan keksalarimiz kelyapti. Bunaqa bemorlarni to‘liq jihozlangan pulmonologiyada ham saqlab qolish qiyin masala. Ikkinchidan, hozir tibbiyot xodimlarini e’lon bilan chaqirib, joyida suhbatlashib, ishga yollayapmiz. Hozir xodimlar yetishmayapti, bilasiz. Vaziyat shunaqa. Shuning uchun ishga olingan xodimlarning darajasi har xil, tajribasi har xil. Ko‘pi voobshche sohadan uzoqlashib ketgan”.

Ayni paytda, bu mulozim ushbu markazda o‘layotgan bemorlar haqidagi savollarimizga javob berolmasligini aytdi. Ammo u markazdagi muammolar hal qilib borilayotganini ta’kidladi.

Bu mulozimning tasdiqlashicha, haqiqatda ham 300 bemorga mo‘ljallangan reanimatsiya bo‘limi tashkil qilingan va zarur jihozlar bilan ta’minlangan:

“Og‘ir bemor kelgan, deylik. Shifoxonalar to‘la – qaytarib yuborolmaymizku?! Shunaqa og‘irlarni davolaydigan bo‘lim ochdik hozir. Chunki, og‘ir kasallar ko‘paygan. “Tez yordam” kelmayapti, bemorga nafas yetmayapti, nima qilaylik?” deganlarga: “Taksi oling, hoziroq to‘g‘ri olib keling!” deyapmiz. Vaziyat shunaqa”.

Bu mulozimdan olingan ma’lumotga ko‘ra, boshida 500 o‘rinlik deyilgan markazda hozir koykalar soni 2000 mingtaga yetkazilgan.

Mulozim buncha o‘rin ham yetmasligi mumkinligini tan oldi va Toshkentda, avval e’lon qilingan 3 ta markazga qo‘shimcha, yana ikkita - “O‘zekspomarkaz” binosiga qo‘shni - Respublika Gimnastika federatsiyasi binosi va Sergeli tumanidagi yana bitta binoda bemorlarni yig‘ib-taqsimlaydigan markaz tayyorlanayotganini aytdi.

XS
SM
MD
LG