Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 22:59

Amurdagi gaz zavodida sodir bo‘lgan isyonda ishtirok etganlikda ayblanayotgan 11 o‘zbekistonlik hibsga olindi


O‘zbek ishchilarini hibsga olishga OMON, Rosgvardiya va FSB maxsus kuchlari tashlandi
O‘zbek ishchilarini hibsga olishga OMON, Rosgvardiya va FSB maxsus kuchlari tashlandi

Rossiya Tergov qo‘mitasining Amur viloyati bo‘yicha boshqarmasi mahalliy gazni qayta ishlash zavodi qurilishida isyon ko‘targan o‘zbekistonlik ishchilardan 11 nafarini qo‘lga olganini xabar qildi.

Hibsga olinganlar ommaviy tartibsizlikda ishtirok etishda va korxonaga moddiy zarar keltirganlikda ayblanmoqda.

Tarmoqda paydo bo‘layotgan xabarlarda tartibsizliklarga pudratchining patent to‘lovlari evaziga ish haqi ushlab qolingani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Amur viloyat prokuraturasiga ko‘ra, ishchilardan 14 million rubl noqonuniy ushlab qolingan.

Tergov qo‘mitasi: "Tartibsizlikda ayblanib 11 kishi ushlandi"

Amur viloyat Tergov boshqarmasi Svobodniy tumanidagi Renaissance Heavy Industries shirkatining vaqtinchalik vaxta shaharchasida 13 iyul kuni ko‘tarilgan ommaviy tartibsizliklarni uyushtirganlikda ayblab 11 o‘zbek muhojirini qo‘lga olganini rasman e’lon qildi.

Tergov qo‘mitasi saytida 20 iyul kuni paydo bo‘lgan xabardan ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik ishchilar Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 212- moddasi, 2-qismi bo‘yicha (“Ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish”) ayblanmoqda.

2020 yilning 13 iyulida Amur gazni qayta ishlash kompleksining Svobodniy shaharchasidagi qurilish maydonchasidagi ofis binolari, do‘konlar va aloqa vositalari salonlarini vayron qilishda eng faol qatnashgan 11 shaxs hibs etildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ishchilarga o‘z vaqtida ish haqini bermaslik fakti aniqlanmagan, tartibsizliklarga O‘zbekiston Respublikasi grajdanlari va pudratchi tashkilot rahbariyati o‘rtasida ishchi patentlar uchun harajatlarni qoplash masalasida kelib chiqqan mojaro sabab bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Amur viloyat prokuraturasi: "Ishchilardan 14 million rubl noqonuniy ushlab qolingan"

Mazkur holat yuzasidan Amur viloyat prokuraturasi ham Jinoyat kodeksi 213-moddasi 2-qismi ("Bezorilik") asosida ish ochgani aytilmoqda.

Ammo, o‘zbek ishchilari so‘zlaricha, ommaviy tartibsizliklar patentga to‘langan pulni qaytarib olish bo‘yicha ishchilar va pudratchi tashkilot rahbariyati orasidagi ziddiyat asosida kelib chiqqan.

14 iyul kuni Amur viloyat prokuraturasi Renaissance Heavy Industries shirkati “Gazprom”ning xorijlik vaxta ishchilaridan jami hisobda 14 million rubl noqonuniy tarzda ushlab qolinganini tasdiqladi. Pudratchi prokurorlarga bu pullar muhojirlarning patent to‘lovi hisobiga ushlab qolinganini tushuntirgan.

"Vaholanki, shartnoma asosida u bunday qilishga haqqi bo‘lmagan. Renaissance Heavy Industriesga nisban ikkita ma’muriy ish ochildi. Ishchilar oldidagi qarz 15 iyulgacha to‘lanishiga va’da berildi", deya xabar qildi viloyat prokuraturasi.

Zavod ishchilari:"Patent to‘lovlari deb oyliklarimiz ushlab qolingan"

Baza Telegram-kanali esa o‘z manbalariga tayanib, aksar ishchilarga turli bahonalar bilan 3 oy davomida ish haqi to‘lanmasdan kelganini xabar qildi.

Ozodlik bilan anonim tarzda suhbatlashgan zavod ishchilaridan biri to‘polon patent to‘lovlariga ushlab qolingan ish haqi masalasida kelib chiqqanini tasdiqladi. U hozirda boshlanib ketgan tergov-surishtiruv davomida ko‘plab o‘zbek ishchilari bu masalada izoh berishdan tiyilib turganini aytdi. Suhbatdosh zavodda 17 ming migrant ishlayotgani va ularning aksari O‘zbekistondan kelganini ham qo‘shimcha qildi.

Ozodlik oldinroq xabar qilganidek, 13 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda maxsus kiyim-boshdagi o‘nlab kishi tosh otayotgani va ofislardagi jihozlarni sindirayotgani tasvirlan videoyozuvlarda tarqatildi. Yozuvlardan birida OMON kelib, yig‘ilganlarni tarqatib yuborgani aks etgan. Boshqa bir yozuvda esa Rosgvardiya vakillari junbushga kelgan muhojirlardan qochayotganini ko‘rish mumkin.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasining Vladivostokdagi Bosh konsuli Rustam Ismoilov ham hodisani o‘rganish va o‘zbekistonliklar huquqini himoya qilishni ta’minlash uchun Amur viloyatiga yo‘l olgani aytilgan edi. Rustam Ismoilov Amur viloyat gubernatori Vasiliy Orlov , zavodda ishlayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar bilan uchrashgani ma’lum qilindi.

Amur Gazni qayta ishlash zavodi Amur viloyatining Svobodniy shaharchasi yaqinida Gazprom shirkati tomonidan qurilmoqda.

Gazprom “Sila Sibiri-1” gaz quvuri orqali Sibirdan tashiyotgan gazni bu zavodda qayta ishlashga mo‘ljallayotgani ma’lum. Putin ma’muriyatining ko‘z-ko‘z qilgan “Sharqiy gaz dasturi” (ShGD) asosida amalga oshirilayotgan bu loyiha 2025 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Amur GQZsi loiyhasiga ko‘ra, zavodda yiliga 42 mlrd m3 tabbiy gaz, geliy, metan, etan, propan, butan, pentan fraksiyalari ishlab chiqariladi.

XS
SM
MD
LG