Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:42

Koronavirus yuqtirgan zarafshonlik ayol: Hech kim xolimizdan xabar ham olmaydi...


Zarafshonlik Bobonorova Dilrabo 3 iyul kuni unda koronavirus aniqlanganini aytadi.
Zarafshonlik Bobonorova Dilrabo 3 iyul kuni unda koronavirus aniqlanganini aytadi.

Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan zarafshonlik 33 yoshli Dilrabo Bobonorova shifoxonaga murojaat qilgani, lekin qabul qilishmayotganini aytdi.

Bobonorovaning Ozodlikka aytishicha, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining Zarafshon tumani mutaxassislari unda koronavirus borligini aniqlashgan, olingan analiz natijalari pozitiv chiqqani haqida 3 iyul kuni unga ma’lum qilishgan.

Коронавирус юқтирган зарафшонлик аёл: холимиздан ҳеч ким хабар олмаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:30 0:00

Navoiy kon metallurgiya kombinatining Zarafshon markaziy kon boshqarmasi texnologi bo‘lgan Bobonorova o‘zida kasallikning ilk belgilari paydo bo‘lganida shifokorlar unga shamollash tashxisini qo‘yishgani, oqibatda kasallikni o‘g‘liga ham yuqtirganini aytadi.

- Seshanba kuni ishda mazam bo‘lmay qoldi. Uyga javob berishdi. Zarafshondagi markaziy kon boshqarmasiga qarashli poliklinikaga bordim. U yerda shamollash, deb uyga qo‘yib yuborishdi. Senda shamollash, gripp, uch kunda tuzalasan dedi. Chorshanba kuni koronavirus bo‘lsa kerak, deb o‘ylab o‘zim analiz topshirdim. Kecha koronavirusga pozitiv deb aytishdi. O‘g‘limda ham pozitiv chiqdi. Ahvolim kundan kun yomonlashyapti, o‘g‘limni ham ahvoli og‘irlashyapti. Zarafshon Tibbiyot birlashmasiga bordik, kasalga to‘lib ketgan. Ellikta odam navbatda turibdi. Hammasida isitma, yo‘tal. Hech kim holimizdan xabar ham olmaydi, - deydi Bobonorova.

Bobonorova o‘zi ishlaydigan korxonada kasallikni hamkasblari ham yuqtirgan bo‘lishini taxmin qiladi.

- Ishga har kuni avtobusda ellik kishi birga boramiz, birga kelamiz. 40 minutlik yo‘l. Men uch yuz odam bilan bir joyda ishlayman. Kombinatda boshqalarga ham yuqqan bo‘lishi mumkin, - deydi Bobonorova.

Navoiyda infeksiyaning eng katta o‘chog‘i bo‘lib qolayotgan Zarafshon shahar sanitariya xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, shu kunda isitma va yo‘tal bilan murojaat qiluvchilar soni ortgan, barcha istovchilardan tahlil olish uchun test tizimlari yetishmayotir.

Shahardagi sanitariya-epidemiologik xizmatlaridan birining o‘zini tanishtirmagan xodimidan olingan ma’lumotga ko‘ra, hozir barcha resurslar kasallik alomatlari kuchli ko‘ringan va virusni yuqtirib olish ehtimoli katta bo‘lganlarga qaratilgan.

“Test tizimlarimiz pulga sotib olingan, birinchi galda isitmasi baland bo‘lganlarga ishlatilyapti. Alomatlari bo‘lmaganlar, agar o‘zida koronavirus bor, deb gumon qilsa virusga qarshi va immunitetni kuchaytiradigan dorilarni ichib, 14 kun uyda o‘tirishi mumkin. Hozir Zarafshondagi ahvolni ko‘rib turibsiz, virusga chalinganlar ko‘p, shifokorlar ham yetishmayapti hozir”, deya ochiq tan oldi sanitariya xizmatining o‘zini tanishtirmagan xodimi, mijoz tariqasida bog‘langan muxbirga.

Zarafshon shahri joriy yilning 12 mayidan buyon qizil hudud bo‘lib qolmoqda. 29 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi bu shaharga Toshkentdan mutaxassis va shifokorlar guruhi yo‘llanganini xabar qilgan.

XS
SM
MD
LG